Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar mnestik faoliyatining xususiyatlari

Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar mnestik faoliyatining xususiyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar mnestik faoliyatining xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar mnestik faoliyatining xususiyatlari Reja: 1.Xotira haqida umumiy tushuncha. 2.Nutq buzilishlarida xotira xususiyatlari. 3.Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalarning xotirasini o'rganish uslubiyatlari. Xotira haqida umumiy tushuncha Xotira - bu individ orqali tajribasining eslab qolinishini saqlanishi va kelgusida qayta tiklanishi. Xotiraga, shuningdek, unutish ham kiradi. Bu jarayonlar faoliyatda shakllanadi. Materialni eslab qolish, hayot faoliyati jarayonida individual tajribaning to'planishi bilan bog'liq. Eslab qolinganni kelgusida qo'llash uchun qayta tiklashi zarurdir. Xotirada materialni saqlash, uning shaxs sifatida ishtirok qilishiga bog'liq. Faoliyatdan malum bir materialni tushib qolishi uni unutishga olib keladi. Muayyan belgilariga ko'ra, birlashadigan ko'pgina xotira turlari mavjud: 1. Yetakchi analizatorlarga ko'ra: ko'rish; eshitish; sezish; hid bilish; tam bilish. 2. Predmet, faoliyat materialiga ko'ra: harakatlantiruvchi; hissiy; tasavvurli; og'zaki. 3. Eslab qolish davomiyligiga ko'ra: qisqa muddatli; - uzoq muddatli; - tezkor. Ruhiy faollik shakliga ko'ra: ixtiyoriy; ixtiyorsiz; ixtiyoriydan so'nggi. Shunday qilib, xotira - shaxs ruhiy hayoti birligi va butunligini taminlovchi muhim tavsiflardan biridir. Uning o'tmishdagi tajribasi saqlanib qolinishi deb hisoblash mumkin emas. Xotiraning individual farqlari uning jarayonlari xususiyatida namoyon bo'ladi, yani turli xil insonlarda eslab qolish va qayta tiklash qanday qilib amalga oshirilishida va aynan nima eslab qolinishida namoyon bo'ladi. Bu belgilar turli xil jihatdan har bir inson xotirasi unumdorligini tavsiflaydi. Individual bo'lib eslab qolish tezligi, aniqligi mustahkamligi va qayta tiklashga tayyorgarlik hisoblanadi. Bu tavsiflar, shuningdek, yuqori nerv faoliyati turlari xususiyati, qo'zg'alishi va tormozlanish jarayonlari harakatchanligi bilan bog'liq. Turli xil xotira turlari mavjud: ko'rgazmali - tasavvurli, so'zli - mavhum va oraliq. Bu turlar inson yuqori nerv faoliyati signal tizimlarining birinchi va ikkinchi turlari o'zaro nisbatiga bog'liq. Xotira u yoki bu turining ustunligi, xususan, inson hayoti va faoliyati shart - sharoitlariga bog'liq. Masalan: ko'rgazmali - tasavvurli xotira turi ko'pincha rassomlarda uchraydi. Ko'rgazmali - tasavvurli xotira turi turli xil taassurotlarni eslab qolishda qanday analizator unumdorli bo'lishiga qarab farqlanadi. Shunga muvofiq harakatlantiruvchi, ko'rish va eshitish xotirasini farqlaydilar. Bu turlar alohida juda kam uchraydi. Ko'p holda aralash turini uchratish mumkin: ko'rish - harakatlantiruvchi, ko'rish - eshitish, eshitish - harakatlantiruvchi. Xotira tuzilishining tartibsizligi hukmron turga bog'liq. Shunday qilib, xotira hajmining buzilshi bosh miya yarim sharining disfunksiyasiga, taqdim etilgan ma'lumotlarni tiklash tartibidagi qiyinchiliklar esa - o'ng yarim sharning disfunksiyasi bilan bog'liq. Inson o'z xotirasining muvofiq xususiyatlarini, uning unumdorligini oshirish uchun ishlatadi. Nutq buzilishlarida xotira xususiyatlari NTR bolalar xotirasi tadqiqotlari bilan G.S.Gumennaya, M.I.Belyajova, Yu.F.Garkusha, O.N.Usanova va boshqa olimlar shug'ullanganlar. Aniqlanishicha, bunday bolalar ko'rish xotirasi ko'lami deyarli me'yordagidan farqlanmaydi. NTR bolalarda mnestik funksiyalarni (xotirani) tadqiq qilishda malum bo'lishicha, ularning ko'rish xotirasi me'yordan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.07 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.07 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga