Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalarning tavsifnomasi

Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalarning tavsifnomasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalarning tavsifnomasi - rasmi

Material tavsifi

Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalarning tavsifnomasi Reja: 1. Nutq buzilishining klassifikatsiyasi. Nutqning lingvistik tavsifi. Nutqning klinik tavsifi. Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar guruhining pedagogik tavsifi. Nutq buzilishining klassifikatsiyasi Nutq, faqatgina insonga xos noyob istedod bo'lib, u yoki bu til orqali ong jarayonlari bilan bog'liq muloqotni ta'minlaydi. Nutq funksiyasining miyadagi uyushishi XIX asrning o'rtalaridan boshlab klinitsistlarning, neyrofiziologlarning va psixologlarning har tomonlama o'rganadigan fani bo'lib qoldi. Nutq mexanizmi to'g'risidagi birinchi ma'lumotlar P.Brok, K.Vernikening ishlarida paydo bo'ldi. Nutq faoliyatini taminlovchi po'stloq zonasining turli qismlarini bundan keyingi o'rganishlar (Brok markazining) bosh miya chap yarim sharining (o'ng tomon uchun) orqa qismidagi pesxonaning burma-burma bo'lib turgan joylarining motor funksiyalarini oldi olindi (lokalizatsiya qilindi), sensor tarafi esa (Vernike markazi) chakka chap qismining burma-burma bo'lib turgan joylarining oldi olinishi (lokalizatsiya qilinishi) mumkin. A.R.Luriyaning neyropsixologiya asoslarida nutqni tashkil etish funksiyalari har tomonlama yoritilgan. Eshitish, ko'rish, harakat qilish analizatorlarining ustki va markaziy bo'limlarini shikastlanishi nutq patologiyasining oqibati hisoblanadi. Eshitish analizatorining ustki bo'limi jarohatlanganida og'zaki nutqning idroki zarar ko'radi, chunki eshitish fonematikasi buzilishi oqibatida sensor afaziyasi (yoki alaliya) paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Ko'rish analizatorining turli bo'limlarini shikastlanishi yozma nutq idrokining buzilishida kuzatiladi. Harakat qilish analizatoridagi motor zonasining buzilishi talaffuzdagi kamchiliklarga olib keladi, chunki harakatlanuvchi (til, lab, yumshoq tanglay) artikulyatsiya a'zolari va qimirlamaydigan (qattiq tanglay) hamda tovush yasovchi va nafas oluvchi (tovush pardalari, hiqildoq, o'pka, bronx, traxeya, difragma) a'zolari zarar ko'radi. Adabiyotlarda sanab o'tilgan nutqni harakatlantiruvchi analizatorning ustki bo'limi sifatida ko'rsatilgan. Nutqning lingvistik tavsifi Nutq turli ko'rinish va turlardagi murakkab psixik faoliyatdan iborat. U ekspressiv va impressiv nutqqa ajratiladi. Ekspressiv (eslash) nutq - bu til yordamida o'z fikrini bayon qilish tashqariga yo'naltirilgan va bir qancha bosqichlardan o'tuvchi: g'oya - ichki nutq - tashqi o'z fikrini aytish. Imressiv (idrok qilish) nutq - bu atrofdagilar nutqini tushunish (og'zaki yoki yozma) jarayon, hamda bir qancha bosqichlardan o'tadi: nutqiy xabarni idrok qilish axborot lahzalarini ajratish - idrok qilingan umumiy manodagi sxemada ichki nutqni shakllantirish. Nutq faoliyati mustaqil umumiy to'rtta turga ajratiladi, ulardan eksperssiv nutqga og'zaki va yozma nutq (xat kabi), impressiv nutqqa esa - og'zaki nutqni tushunish va yozma nutqni tushunish (o'qish) kiradi. Og'zaki nutq - murakkab, ko'pqirrali jarayonni o'ziga qamrab oladi: nutqning fonetik tomoni (nutqdan tovushni manoli ajralishi); leksik-grammatik (so'zlar, iboralar, ma'lumotlar); kuy-intonatsiyali (intonatsiya, ovoz); temp-ritmik (nutq tempi va ritmi). Dialogik va monologik nutq bo'lishi mumkin. Mustaqil yoki aytib turib yozilgan va o'qish bo'lishi mumkin bo'lgan, og'zaki nutq asosida yozma nutq quriladi va rivojlanadi. U yoki bu nutq komponentlariga ko'ra quyidagi lingvistik buzilishlarga bo'linadi: Fonetik buzilishlar - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.07 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.07 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga