Nutqni grammatik jihatdan shakllantirish uslubiyoti Reja: 1. Nutqni grammatik jihatdan shakllantirish- ning vazifalari va mazmuni 2. Bolalar nutqida uchraydigan morfologik va sintaktik xatolar va ularning sabablari 3. Bolalar nutqidagi grammatik xatolarni tuzatish yo'llari 4. Bolalarning kundalik nutqidagi grammatik xatolarni tuzatish uslubiyoti 1. Nutqni grammatik jihatdan shakllantirish- ning vazifalari va mazmuni ,,Gramniatika termini tilshunoslikda ikki ma'noda ishlati- ladi: birinchidan, u tilning grammatik qurilishini belgilaydi ikkinchidan, u fan sifatida tushunilib, so'z shaklining o'zgarishi va ularning gapda moslashuvi to'g'risidagi qoidalarni tushuntirib beradi. Grammatika tilshunoslikning so'z shaklining o'zgarishi, so'z birikmalarining turlari va gapning tiplarini o'rganuvchi qismi. Grammatika: 1) so'z birikmalari va gaplarni; 2) so'zlar orasidagi leksik-semantik aloqalarni tekshiradi. Grammatika so'z turkumlari va gap tuzilishini, ya'ni tilning grammatik tuzilishini o'rganadi. Grammatik qurilish esa tilning asoslaridan biri: tilning negizi uning grammatik qurilishi bilan leksikasidir. Grammatika ikki qismdan - morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiya so'zlarning tuzilishi va o'zgarishini, so'zlarning nutqda o'zaro birikishiga xizmat qiladigan struktura o'zgarishlarini, so'zlarning tuzilishi, ularning turkumlarga ajralishi va bundagi qonuniyatlarni o'rganadi. Sintaksis esa so'z birikmasida va gapda so'zlarning biri- kisli yo'llarini, gapning strukturasini, tiplarini, gap bo'laklarini tekshiradi. Bolalar tilning grammatik tuzilishini kattalar bilan muloqotda bo'lish va taqlid qilish asosida asta-sekin o'zlashtirib boradilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar atrofdagi kishilardan taqlid qilish yo'li bilan turli grammatik shakllardagi so'zlarni o'zlashtirib oladilar va ulardan asta-sckin mustaqii ravishda foydalana boshlaydilar. Biroq nutqning grammatik tuzilishini o'zlashtirish murakkab va uzoq davom etadigan jarayondir. Bolalarni ntaktab ta'limiga tayyorlashda, ya'ni ularning nutq malakalarini takomillashtirishda og'zaki nutqning grammatik qurilishini shakllantirishga alohida ahamiyat beriladi. Maktabda bola har doim o'qituvchining talablari bilan to'qnash keladi, qo'yilgan savollarga mustaqii javob beradi, nimanidir hikoya qiladi, tushuntiradi, isbotlaydi. Bularning hammasi boladan tilning leksik va grammatik jihatlarini, uning frazeologik boyligini, adabiy til qoidalarini chuqur egallashlarini talab etadi. Bola maktabda nutqini grammatik jihatdan shakllantirishda grammatika qoidalarini o'rganishga asoslanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar esa nazariy bilimlarga tayanmay, balki atrofdagilar bilan o'zaro muloqotga asoslanadilar. Bog'cha yoshidagi bolalar grammatik qoidalarni tushunib, yodlarida saqlab qolmaydilar. Ular ot, fe'l, sifat, olmosh, kelishik kabi grammatik kategoriyalarning borligini ham, nima ekanligini ham bilmaydilar. Shuning uchun ular grammatikani og'zaki nutq orqali amaliy ravishda o'zlashtirib boradilar. Bolalar bog'chasida egallangan grammatik malakalar, boshlang'ich sinfda nutqning grammatik tuzilishini nazariy jihatdan egallashlariga asos bo'lib xizmat qiladi. Yilning boshida tarbiyachilar bolalar nutqidagi grammatik xatolarni mashg'ulotlarda va mashg'ulotdan tashqari vaqtlarda aniqlab oladilar. Bu tarbiyachilar uchun bajariladigan ish mazmunini belgilashda yordam beradi. Nutqni grammatik jihatdan shakllantirish ishlari ikkinchi kichik guruhdan boshlanadi. Ushbu guruhda 'Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturi'1 ning 'Nutq 'O'stirish bo'liniida nutqni grammatik jihatdan shakllantirish bo'yicha ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.9 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.9 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:29 ]
Arxiv ichida: docx