Oila psixologiyasi fanining predmeti vazifalari

Oila psixologiyasi fanining predmeti vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Oila psixologiyasi fanining predmeti vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Oila psixologiyasi fanining predmeti vazifalari Reja: Oila psixologiyasining tarixi. Oila psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari. Oila va uning zamonaviy modellari. Oila kichik guruh sifatida. Oila psixologiyasining tarixi. Oila - ijtimoiy institutlarning eng qadimgisidir. Insoniyat boshidan kechirgan tarixiy davrlarning qanchalik turfa va murakkab bo'lishiga qaramay, ayniqsa, XIX va XX asrlarda ro'y bergan buyuk o'zgarishlar va islohotlarga dosh bera olgan ushbu maskan o'z tizimi, tarkibi va jamiyat oldida turgan majburiyatlarini bajarishi nuqtai nazaridan sog' omon saqlanib qolgan tuzilmadir. Oilani insonlar tashkil etgani va undagi hayot-mamotni ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlar tashkil qilishini hisobga oladigan bo'lsak, uni sof psixologik jarayonlar maskani ham deb atash mumkin. Oila psixologiyasi bo'yicha chet el psixologlari tomonidan juda katta izlanishlar qilingan. Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham ko'plab ibratli, kuzatish va tajribalar asosida chiqarilgan xulosa va tavsiyalar mavjud. Shunga qaramasdan ushbu fan yetarli darajada tan olinmagan va metodik tomondan ta'minlanganligi ham kam darajada bo'lgan. Hatto fanning ushbu tarmog'iga kelajagi yo'q va mustaqil fan emas degan nopisandlik bilan qarashlar ham bo'lgan. Buni quyidagicha izohlash mumkin: oilani o'rganish bo'yicha eksperimental metodikalarni qo'llanalishi qiyin kechishi, shaxsiy tajribalar isxonarli emasligi, so'rovnoma metodlarini ishonchliligi kamli va hoka'zolar. Psixologik bilimlar fundamental fanga asoslangan holda ya'ni, shaxs, faoliyat, guruhlar, psixik rivojlanish qonuniyatlariga tayanadi. Oila psixologiyasiga esa jiddiy qaralmagan. Faqat 1960 yillarning oxiri va 1970 yillarni boshlaridan boshlab nikoh va oila ko'pgina fanlarda tadqiqot predmeti bo'la boshladi, shu jumladan psixologiyani ham.Oila muammolariga e'tibor eng avvalo psixik va asab kasalliklarini profilaktikasi va oiladagi tarbiya muammolari tufayli olimlarni diqqatini tortdi. Keyingi yillarda oila maslahatxonalarida oilaviy hayot muammolari va ota-ona va bola munosabatlari korreksiyasi rivojlanib bormoqda. Zamonaviy oilalarni rivojlanish dinamikasi obyektiv va subyektiv qiyinchiliklar bilan bog'liq bo'lgan bir holatda, mavjud oilalarga psixologik yordam ko'rsatish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda qonuniyatlarni izlash maqsadida nikoh va oilani o'rganish shaxs va ijtimoiy psixologiyada nihoyatda dolzarb ehtiyojga aylandi. Oilani o'rganish maqsadi, avvalombor, oilaviy tashxis qo'yish ma'lum bir oila hayotidagi uning bir yoki bir necha a'zolarida asab yoki ruhiy kasalliklar keltirib chiqaruvchi holatlar (nosozliklar)ni aniqlash, va ikkinchidan, shu kasalliklar oldini olishda qo'l keluvchi oila a'zolari fazilatlarini o'rganishdir. Oilaviy munosabatlarga qiziqish qadim zamonlarda xalq og'zaki ijodining ertak, doston va qo'shiq singari barcha namunalarida, Qur'oni Karim va hadislarda, Abu Nosir Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy asarlarida, shuningdek, Kaykovusning Qobusnoma, Alisher Navoiyning Mahbub-ul qulub kabi mumtoz asarlarida yetarlicha keng ifoda qilingan. Yusu Xos Hojib o'z asarlarida oilaviy baxt shaxs muvaffaqiyatining garovi deb hisoblaydi. Uning Qutadg'u bilig asarida oila baxtli bo'lishi uchun yigit uylanmasdan oldin kelinning kimligi, kelib chiqishi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 168.33 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 168.33 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga