Oiladagi inqirozlar va ularning oqibatlari Reja: Hayotiy qiyin vaziyatlardagi oila. Oilaviy stress va koping tushunchalari. Oiladagi inqirozlar va ularning oqibatlari. Oilaviy munosabatlar buzilishi va ularning sabablari. Oilaviy ziddiyatlarning yer-xotin va farzandlar taqdiriga ta'siri. Hayotiy qiyin vaziyatlardagi oila. Hayotiy qiyin vaziyatlar, tadqir taqozosi bilan ayrim oilalarda nizolar kelib chiqadi va uning oqibati sifatida nikoh barbod bo'ladi. Olimlar nikohning barbod bo'lishini o'rganib, uning sabablari turlicha bo'lishi mumkinligi to'g'risida o'z nazariy qarashlarini bayon etganlar. Masalan, ayrim psixologlar ajrimlarni turtki konsepsiyasi orqali tushuntirishga urinadilar. YA'ni, yaxshi tinch-totuv yashayotgan oilada birdan shunday holat yuz beradiki, masalan, xiyonat, o'lim, hastalik, rashk va shunga o'xshash voqealar turki bo'ldiyu, oila ustuni qulaydi. Aslida hayotda qo'qqisdan shunday bir silkinish yoki turtki bilan oila birdan buzilib ketishi kam uchraydi. Yana bir holat olimlar fikricha, orqaga ketish deb nomlanadi. Bu shunday holatki, unga ko'ra, yer va xotinni yaxshi, iliq munosabatlar bog'lab turgan, lekin aynan muhabbat birdan sovib, yer-xotin bir-birini ko'rsa g'ashi keladigan, gaplari yoqmaydigan, nizokash bo'lib qoladi. Bunday voqealar hayotda tez-tez uchraydi. Sababi - birdan yongan olov, ya'ni, muhabbat, ma'lum vaqt o'tgach o'chishi, so'nib qolishi mumkin. Shu kabi holatlar va undan boshqa sabablar tufayli oila ajrimlarining sodir bo'lishi barcha zamonlar va davrlarda ham kuzatilgan. Faqat nikohning barbod bo'lishi shakllari va sabablarida har bir davrda o'ziga xos asoslar bo'lgan deyish mumkin. Masalan, Sharq mamlakatlarida qadimdan nikohning barbod bo'lishi eng kam uchraydi, deb hisoblab kelingan. Chunki oila institutining poydevori mustahkam bo'lishiga ajdodlarimiz qayg'urganlar. Yetti pushtini surishtirish, sovchilik instituti orqali bir-biriga mos keladigan yoshlarning taqdirini bog'lash, hattoki, uzoq qarindoshlar o'rtasidagi nikohlar, ya'ni, oldindan birbirlarini bilgan odamlarning o'zaro kelishuvi, mehr va muhabbat rishtalari orqali oila qurish o'zbekchilikka xos odatlar sifatida qadrlangan va ta'kidlab o'tilgan nikoh motivlarining barchasida oqilona fikr yuritish, yoshlar va ular ota-onalarining yetti o'lchab bir kesishi oilaning mustahkam bo'lishi uchun zamin hisoblangan. Nikoh ajrimlariga kelsak, bunday holat Sharq xalqlarida ham, bizda ham sodir bo'lgan. Eski manbalarda nikoh ajrimiga sabab bo'lgan omillar sifatida avvalo, yer yoki xotinda to'ydan keyin aniqlangan nasliy hastaliklar, ko'p holatlarda erkak kishining, ayrim holatlarda ayolning boshqa inson bilan til topishib ketishi, boobro' va mansabdor shaxsning kelinchakni yoqtirib qolishi va zo'rlik bilan eski oilani buzishga majbur qilishlar, farzandsizlik, ayolning bepushtligi sabab erkakning xotinni taloq qilishi, iqtisodiy nochor yosh oilaning o'z ro'zg'orini yurita olmaganligidan ayolning boshqa odamga turmushga chiqishga majbur bo'lib qolishi kabi sabablar qayd etilgan. Muhimi shunki, nikohning barbod bo'lishidagi tashabbus asosan erkak kishining qo'lida bo'lgan. Agar u xohlasagina nikoh barbod bo'lgan. Agar mabodo ayol tashabbus ko'rsatsa, u qattiq jazolangan, jamoatchilik ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.69 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.69 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:41 ]
Arxiv ichida: doc