O'qitishning bosqichlari dastlabki so'z shakllari Reja: O'qitishning ikkinchi bosqichi - dastlabki so'z shakllari O'qitishning uchinchi bosqichi - ikki tarkibli gap O'qitishning to'rtinchi bosqichi - bir nechta so'zlardan iborat gaplar O'qitishning ikkinchi bosqichi - dastlabki so'z shakllari Logopedik ta'sir ko'rsatishning asosiy vazifalari 1. Bolalarni quyidagi turdagi ikki so'zli gaplarni to'g'ri tuzishga o'rgatish: murojaat + buyruq (buyruq maylidagi fe'l bilan ifodalangan), buyruq+predmet nomi (tushum kelishigidagi ot) 2. Ayrim kundalik so'z birikmalarini yodlatish. 3.So'zning urg'uli bo'g'inini talaffuz qilish. 4.O'zgalar nutqini tushunish hajmini kengaytirish. Bu bosqich bayon qilishda (gapda) ikki-uchta, ba'zan to'rtta amorf so'zlarni hech bir grammatik bog'lovchilarsiz bog'lash imkoniyati mavjud bolalar bilan logopeik ish olib borishga mo'ljallangan. Bolalarning amorf so'zlari bir-ikki, kamdan-kam uch bo'g'indan, shuningdek so'z tovush taqlididan iborat bo'ladi. So'z boyligi miqdori va amorf gaplar hajmi tarli xil bo'lishi mumkin, ammo ushbu davrning xarakterli belgisi - so'z o'zgartirish qobiliyatining butunlay yo'qligidan iborat. Bolalar o'z nutqlarida atrofdagilar nutqidan o'zlashtirilgan, «asoslangan» shakldagi so'zlarni qo'llaydilar. Masalan, barcha kelishik shakllari o'rnida bosh kelishik, birlikdagi shakl qo'llaniladi. Birmuncha nutqi rivojlangan bolalarda gohida aynan bir so'zning ikki shaklini uchratamiz. Masalan: mashinani «dit» deb nomlaydi, ammo nimada ketyapmiz? Savoliga «ditta» deb javob beradi. Bu davrda nutq holati sintaktik konstruksiyalarining butunlay yo'qligi bilan xarakterlanadi. Darak gaplarni tuzishda harakat nomlari yo butunlay bo'lmaydi yoki infinitiv-imperativ shakllarda va uning fragmentlari bilan ifodalanadi yoki «tugallanmagan» aniqlik fe'lida aks ettiriladi. Bola nutqida so'zlar - harakat nomlari qanchalik ko'p bo'lsa, uning rivojlanishi darajasi shunchalik yuqori bo'ladi. Ayrim hollarda, so'z o'zgartirishning to'la shakllanmaganligi holatida ham grmmatik jihatdan to'g'ri tuzilgan so'z birikmalari uchrashi mumkin. Ayrim bolalar ko'proq bir so'zdan yoki ikki so'zdan iborat gaplardan foydalanishni davom ettiradilar, boshqalari esa to'rt va undan ortiq so'zli gaplar hajmini va lug'at boyligini kengaytiradilar. Eslatib o'tamizki, normada 3 va undan ortiq so'zlardan tuzilgan gaplar grammatik jihatdan to'ldirilmay qolishi mumkin emas Agar nutqning normal rivojlanishi uchun ohangni juda erta va nihoyatda aniq amalga oshirish xarakterli xususiyat hisoblansa (bu holatda so'zdagi urg'u o'rnini juda erta o'zlashtirish mumkin), u holda rivojlanmagan bolalar nutqi bo'g'in eliziyasi deb nomlanuvchi, so'zlardagi bo'g'inlar miqdorini qisqartirish bilan to'lib toshadi. Nutq tuzilishi ritmikligini idrok qila olmaslik bolani so'zning ritmik-ohang tomonini qiyinchilik bilan o'zlashtirishiga olib keladi. Buning natijasida so'z uzoq vaqtga qadar o'zining bo'g'inma-bo'g'in ifodasini topa olmaydi. Keyinchalik ayrim bolalar she'rlarni qiyinchilik bilan yodlaydilar, chunki ular she'riy shaklning ritm va qofiyasini payqay olmaydilar. Ko'pdan buyon ma'lumki, o'rganilayotgan nutqiy rivojlanish darajasidagi bolalarning turli bo'g'in tuzilmasiga ega so'zlarni talaffuz qilish qobiliyati, so'zlarni gapga birlashtirish imkoniyati bilan uzviy bog'likdir. Ikki, so'ngra uch so'zni jumla ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
55.47 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
55.47 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:30 ]
Arxiv ichida: docx