Ota ona va farzand munosabatlarining o'ziga xosligi Reja: Oila ichidagi o'zaro munosabatlar psixologiyasi. Ota-ona - bola munosabatlari tizimi. Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalari. Ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolar. Oila- o'ziga xos ijtimoiy birlik bo'lib, uning asosida yer-xotin ittifoqi, qarindoshlik munosabatlari, maishiy hayot birligi, axloqiy va huquqiy mas'uliyat hamda jamiyat tomonidan o'rnatilgan ota-onalarning bolalarini tarbiyalashi bo'yicha va farzandlarning o'z ota-onalari uchun muayyan majburiyatlari turadi. Oila hayoti shaklining davrlari-oilaning shakllanishidan boshlab parchalanishigacha o'zgarishlari dinamikasini tavsiflovchi kategoriya. Oila funksiyalari-oila va uning a'zolari yashashi va faoliyatini namoyon qilish usuli, oila funksiyalari tarixidir va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan chambarchas bog'liq. Oilaning hissiy-emotsional muloqot funksiyasi - bu uning o'z a'zolari o'rtasida muayyan iliq munosabatlarni saqlash, ular o'rtasida mehroqibat, o'zaro g'amxo'rlik, bir-birini qo'llab-quvvatlash, sevish, sevilish kabi qobiliyatini namoyon etishidir. Oilaning tarbiyaviy funksiyasi - madaniy, ma'naviy merosni avloddan-avlodga uzatish, yosh avlodni tarbiyalash, jamiyatni madaniy merosini ta'minlab turishdan iborat. Jismoniy quvvatni ta'minlash funksiyasi - oila a'zolarining jismonan sog', tetik va o'zini yaxshi his qilishlarini ta'minlashga bog'liq bo'lgan sharoitlarni nazarda tutad. Ma'naviy muloqotni ta'minlash funksiyasi - odamning o'z naslnasabi, ma'naviy-madaniy an'analari bo'lishiga intilishidan kelib chiqadi. Reproduktiv funksiya - bu oilaning nafaqat avlodlar, vorislarni yaratishga aloqador vazifasi, balki, shu orqali ota va ona bo'lishdek baxtga muyassar bo'lish, davlatning esa tub aholi sonini muayyan miqdorda ushlab turishiga ham xizmat qiladi. Baxt va tinchlik-xotirjamlikni barqarorlashtirish funksiyasi ham o'ta muhim bo'lib, aynan oila har bir a'zosining muammolarini yechish, uni tashqi turli ta'sirotlardan himoyalash, kerak bo'lsa, unda himoya immunitetini shakllantirishga yordam beradi. Iqtisodiy xo'jalik funksiyasi - uy xo'jaligini yuritish, oila a'zolarining moddiy, ma'naviy ehtiyojlarini qondirish. yer-xotin orasidagi emotsional munosabatlardan biri bo'lgan erxotinning bir-biriga bo'lgan muhabbat teng ko'rinishda bo'ladi. Lekin otaona va bola orasidagi munosabatlarda ota-ona va bola muhabbati har xil ko'rinishda bo'ladi. Ota-ona tomonidan emotsional aloqa ota-ona (roditelskoy lyubvi) muhabbati, ya'ni onalik muhabbati mehri, otalik muhabbati ko'rinishida, bola tomonidan esa avval bog'lanish ko'rinishda, so'ng o'g'il yoki qiz (farzandlik) muhabbati ko'rinishida namoyon bo'ladi. Ota-onaning bolaga bo'lgan muhabbati o'zini tarixiga ega. XVII asrgacha roditelskaya lyubov alohida xislat sifatida ko'rilmagan. Ota-ona munosabatlari jamiyat tomonidan o'rnatilgan ijtimoiy-madaniy talablar ko'rinishida bu tarbiya, bolani ruhiy va jismoniy sog'lomligi, bolani nazorat qilish va jazolash ko'rinishida namoyon bo'lgan. Buning sababi tug'ilish va bolalarni o'limining yuqori bo'lmaganligidadir. O'rta asrlarda 5 yoshgacha bo'lgan bola orasidagi o'lim 30%ni tashkil etgan Yevropada. Bolalar ko'p bo'lganligi uchun ota-onalar har bitta bolaga alohida mehr bera olishmagan faqat XVII asrdan boshlab Yevropada onalik mehri majburiy xislat deb tan olingan. Ota-onaning bolaga bo'lgan emotsional munosabati quyidagi variantlarga bo'linadi: Shartsiz emotsional ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
51.4 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
51.4 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:43 ]
Arxiv ichida: docx