Ota ona va farzandlar munosabatlarini diagnostika qilish

Ota ona va farzandlar munosabatlarini diagnostika qilish

O'quvchilarga / Pedagogika
Ota ona va farzandlar munosabatlarini diagnostika qilish - rasmi

Material tavsifi

Ota ona va farzandlar munosabatlarini diagnostika qilish Reja: Oilaviy munosabatlarini o'rganish muammolari. Ota-ona va farzandlar munosabatlarini diagnostika qilish usullari. Oilaviy munosabatlarini o'rganish muammolari. Oila va nikoh masalalarini, jumladan, oilaviy munosabatlarni, o'rganish bir tomondan oson, jo'nga o'xshasa, ikkinchi tomondan, o'ta murakkab va nozikdir. Bu holat oila psixologiyasi bo'yicha o'tkaziladigan tadqiqotlarning o'ziga xos metodologik jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Avvalo, bu o'rinda oila va nikoh tushunchalarining o'ziga ilmiy ta'rif berish lozim. Eski falsafiy lug'atlarda Oila - bu jamiyatning yacheykasi (kichik ijtimoiy guruh), yer-xotinlik hamda ota-onalik munosabatlarini tiklash orqali shaxsiy turmush tarzini tashkil etishning muayyan ko'rinishi, yani, bir yerda umumiy ho'jalik yuritadigan yer va xotin, ota-onalar va farzandlar, aka-ukalar va opa-singillar hamda boshqa qarindoshlarning birgalikda yashashini ifodalovchi muhim bo'g'in deb ta'rif berilgan. Bu kabi ta'riflardan oilaning 4 ta muhim tavsifi kelib chiqadi: Oila - jamiyatning bo'g'ini (kichik ijtimoiy guruh); Oila - shaxsiy yashash tarzini tashkil etish shakli; Oila - yer-xotinlarning birlashuvi; Oila - yer-xotinlarning boshqa yaqin qarindosh: ota-onalari, akaukalari, opa-singillari, momolar va bobolar, farzandlar va ularning farzandlari bilan ko'pqirrali munosabatlar o'rnatish imkoniyati. Tadqiqotlarda eng muhim metodologik tamoyil shundan iborat bo'ladiki, oilani o'rganayotgan shaxs uni oddiy oila a'zolari yig'indisi sifatida emas, balki barcha oila a'zolari o'rtasida murakkab va serqirra munosabatlar tizimi mavjudligini, ular har bir azoning berajak javoblarida aks etishini unutmaslik kerak. Yani, oila va undagi munosabatlar hamisha tashqi psixologik ta'siri komida bo'ladi. Unga kichik ijtimoiy guruh sifatida qarash esa, kichik guruhga xos bo'lgan deyarli barcha ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarning borligi va ular har bir oila azosining maqomini belgilashini inobatga olishni taqozo etadi. Aslida umuman jamiyat miqyosida olib qaralganda, oila, ayrim olimlar (G.M.Andreeva, A.I.zaharov, V.S.Toroxtiy, N.Ya.Soloveva va boshqalar) ning haqli etirof etishlari bo'yicha, bu - birlamchi guruhdir. Yani, birlamchi guruhga xos bo'lgan emotsionallilik, munosabatlarda rasmiylik va norasmiylikning uyg'unlashuvi, ijtimoiy-psixologik muhitning insoniy munosabatlarga bog'liqligi va h-zolar oilaviy munosabatlarga ham xosdir. Shu bois ham oila yo'nalishida o'tkaziladigan tadqiqotlarda uning ijtimoiy guruh sifatida o'zigagina xos bo'lgan sifatlari, xususiyatlari borligini unutmaslik lozim. Bular quyidagilar: bir emas, bir necha umumiy maqsadlarning bo'lishi; yani, agar mehnat jamoasida a'zolarni birlashtiruvchi yagona maqsad tan olinsa, oilada bunday maqsadlar bir nechta ham bo'lishi mumkin va ular oilaviy hayot mobaynida o'zgarib ham turadi. Masalan, yaxshi niyat bilan birgalikda yashash maqsadiga keyinchalik sog'lom farzand ko'rish, o'g'il bola bo'lsa, sunnat to'yi qilish, farzandni maktab ta'limiga tayyorlash, to'y qilish, uylantirish kabi qator yirik maqsadlar va orzu-havaslar paydo bo'laveradi, oilaviy hayotning mazmuni va uning jozibasi ham ana shu kabi maqsadlar va ularni amalga oshirishda yer-xotin inoqligi, hamfikrligi bilan belgilanadi; oila a'zolari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.94 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.94 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga