Ota onalarda ota onalik identifikatsiyasi xususiyatlari

Ota onalarda ota onalik identifikatsiyasi xususiyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ota onalarda ota onalik identifikatsiyasi xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Ota onalarda ota onalik identifikatsiyasi xususiyatlari Reja: Reproduktiv xulq psixologiyasi. Perinatal psixologiya. Onalik psixologiyasi. Otalik psixologiyasi. Onalik xulq-atvorining shakllanishi Bola tomonidan ota-onalarning va ota-onalikning idrok etilishi. Reproduktiv xulq psixologiyasi. Oilada farzand tug'ilishi, uning soni va tarbiya berish imkoniyatlari masalasi har doim ham dolzarb bo'lgan. Reproduktiv xulq - bu oilada farzand tug'ilishi bilan bog'liq xulqdir. U oila a'zolarini o'z davrining fuqarosi sifatida ijtimoiy kelib chiqishi, yoshi, salomatligi darajasi, madaniyatiga bevosita bog'liq bo'lgan xatti-harakatidir. Bu harakatlarning asl motivi avvalo insondagi o'zidan nasl qoldirish, oilada yer-xotinlik burchini ado etishga bo'lgan ishtiyoq va layoqatga borib taqaladi. Rossiyalik ayollar o'rtasida o'tkazilgan so'rovlarga ko'ra, ular xohlagan bola soni (2,8) real bolalar sonidan ancha ortiq. Shundan A.Antonov, ayni davrda odamlar o'z reproduktiv vazifalarini ado etmayaptilar, deb xulosa qiladi. Ko'pincha, reproduktiv xulqning motivlari odamning boshqa turdagi faoliyat motivlari ta'sirida so'nib bormoqda, avvalo bu harakat oilada sodir bo'lsa-da, u ayol kishining shaxsiy ishiday tasavvur etiladi va ayolning bola tug'ib berish orqali o'zini namoyon etishi, yerining munosabatlarini keskin o'zgartirish, unga ta'sir (tazyiq) ko'rsatish, ustidan hukmron bo'lish, kimnidir sevish va unga g'amxo'rlik qilish ehtiyojini qondirishga borib taqaladi. A.Antonov o'tkazgan tadqiqotlar asosida reproduktiv ota-onalik ko'rsatkichlari keltirilgan. Unga ko'ra, turmush qurish, reproduktiv funksiyalarning yomon bajarilishi, ya'ni ushbu davrning qisqarib borayotganligi, onalik davrining ham kamligi, erta yoki o'ta kech ona bo'lish holatlarining kuzatilayotganligi ayon bo'ldi. Demak, reproduktiv xulqning asosiy parametrlarida jiddiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Bu kabi muammolar O'zbekiston uchun ham xosdir. Lekin bizda xotinqizlarning reproduktiv madaniyati va ustanovkalari Yevropamamlakatlaridagidan farq qiladi. Mamlakatimiz aholisining reproduktiv ustanovkalarini o'rganish bo'yicha olingan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, ayni paytdagi farzandlar soni - real bola soni so'raluvchilarda shahar bilan qishloqda o'ziga xoslikka ega (7.2-jadval). Masalan, 2002 yilda shaharlik respondentlarning 34,9 foizi 2 ta farzandga, salkam 30 foizi 3 ta farzandga ega bo'lsa, bu raqamlar 2004 yilda mos ravishda 33,6 va 25,2 ni tashkil etdi. Qishloq oilasidagi real reproduktiv ustanovka 2002 yilda 37,7 foizi 2 ta, 24,0 foizi 3 ta, 19,2 foizi 1 ta bolali bo'lgan bo'lsa, 2004 yilda 2 va 3 nafar farzandlilar kamaygan, negadir ko'pbolalilar oshgan, bu raqamlarni yana bir takror tekshirish kerak. Chunki 2003 yilda Farg'ona vodiysi, Samarqandda o'tkazilgan tadqiqotlarida ko'p bolali oilalar soni keskin kamaygan. Nechta farzandingiz bor? savoliga berilgan javoblar Ideal ustanovkalar 2002 yilga nisbatan 2004 yilda 2 ta farzandli oila hisobiga o'zgargan: masalan, Ijtimoiy fikr ma'lumotlarida ham 2002 yilgi 31,6 foiz, 2004 yilda 35,6%ga ko'tarilgan. Oila markazining ma'lumotlarida ham 15,6 foiz 26,5 foizga o'zgargan. 4 nafar va undan ortiq bolali oilalar Oila markazi hisobotlarida kamaygan: 42,4 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 50.26 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 50.26 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga