Ota onalik ustanovkalarining ko'rinishlari

Ota onalik ustanovkalarining ko'rinishlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ota onalik ustanovkalarining ko'rinishlari - rasmi

Material tavsifi

Ota onalik ustanovkalarining ko'rinishlari Reja: Ota-onalik ustanovkalari. Oilaviy tarbiya shakllari. Oila, maktabgacha ta'lim muassasasi, pedagog hamkorligi. Ota-onalik ustanovkalari. Shaxsning rivojlanib tarkib topishda asosan uchta omil ahamiyatga molikdir: Biologik omil Ijtimoiy shart-sharoit. Muhit va tarbiya Zotan insonning haqiqiy komil inson darajasida o'sib yetishishda mazkur uchta omilning roli birdek ahamiyat kasb etadi. Muayyan sababga ko'ra bu omillardan birontasi marom darajasida bo'lmay shaxs faoliyatida turli miqyosda amal qilinmasligi salbiy ko'rinishlarni keltirib chiqaradi. Shaxs ma'naviy qiyofasida chekinishi yuz beradi - uning tarbiyasi buzila boshlaydi. Ma'lumki, ijtimoiy tarbiyaning dastlabki o'chog'i oila bo'lib, aynan ota va ona dastlabki ijtimoiy ko'nikmalarni bola ongiga singdiruvchi, uning irodasini charhlovchi insonlardir. Oilaviy munosabatlar bolani naqaqat shaxs sifatida o'zligini anglash, balki o'zini u yoyeki bu jins vakili sifatida idrok etish va shaxsiy fazilatlarini takomillashtirishga ham yordam beradi. Bizning kuzatishlarimiz shuni isbotladiki, oilaning to'liq bo'lishi, ya'ni, unda ham ota, ham onaning tinchlik-totuvlikda yashashlari va unda normal insoniy munosabatlar, sog'lom ma'naviy muhitning mavjudligi bolaning har tomonlama yaxshi rivojlanishi, sog'lom, aqlli, kuchli iroda sohibi bo'lib yetishiga imkon beradi. Bolaga ham otaning ham onaning bo'lishining zarurati shu bilan izohlanadiki, masalan, qiz bola onasi va uning oilada o'zini tutishiga qarab, o'zini ayollar jinsiga taalluqli ekanligini anglashdan tashqari, kelajakda qanday ona bo'lishini tasavvur qilsa, otasiga, uning onasiga bo'lgan munosabatiga qarab, o'zini kelajakda oila qurganda qanday oila sohibasi bo'lishi lozimligini anglab boradi. Xuddi shunday, o'g'il bola onasining fazilatlari, oiladagi tutimi va otasiga munosabatini idrok qilib borar ekan, kelajakda qanday qiz bilan turmush qurish mumkinligi, tanlaydigan qizi qanday sifatlar sohibasi bo'lishi lozimligini bilib borsa, otasi va uning oilada mavqeiga qarab, o'zini erkak sifatida kelajakda tasavvur qilish bilan birgalikda turmush o'rtog'iga qanday munosabatda bo'lish lozimligi to'g'risida bilim va tasavvurlarini orttirib boradi. Bu psixologik qonuniyat bo'lib, shaxsning oiladagi shaxsiy va jinsiy sotsializatsiyasining yetakchi tamoyili hisoblanadi. Shu bois ham bolaning tom ma'noda yaxshi tarbiya olib, jamiyatda va oilaviy munosabatlarda munosib mavqega ega bo'lishi uchun oila muhiti sog'lom, barqaror, yer va xotin bir-birlariga g'amxo'r, mehrli v asadoqatli bo'lishlari o'ta muhimdir. Oila, undagi shaxslararo munosabatlar, yer-xotin va ota-ona hamda bolalar munosabatlari ko'plab tadqiqotlarning obyekti va predmeti bo'lgan. Bu borada O'zbekiston olimlarining ishlari ham diqqatga molik. Lekin bu haqda mahalliy matbuotda, Respublika Oila ilmiy-amaliy markazi tomonidan chop etilgan qator risola va qo'llanmalarda batafsil bayon etilganligi sababli, bu borada jahon adabiyotida keltirilgan ilmiy izlanishlarning qonuniyatlarini bayon etishga qaror qildik. Xususan, ota-onalik ustanovkalari va ularning farzand tarbiyalash uslublari muammosi rossiyalik qator izlanuvchilarning asarlarida qayd etilgan (A.YE. Lichko, 1979; A.A. Bodalev, A.A. Stolin, 1989; E.G. Eydemiller, V.V. Yustitskiy, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 40.74 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 40.74 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga