O'zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi Qonun Reja: 1. O'zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi Qonunni mazmun-mohiyati. 2. Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi qonunni tarkibi. Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi Qonun. Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma'qullangan. Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi Qonun rasmiy e'lon qilingan 2019-yil 16-dekabr kunidan e'tiboran olti oy o'tgach kuchga kirdi. Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi qonuni 11 bob va 58 moddadan iborat. O'RQ-595-sonli qonunini maqsadi - maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 1-bob. Umumiy qoidalar 2-bob.Maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasini tartibga solish 3-bob. Maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining turlari 4-bob. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish 5-bob.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish 6-bob.Maktabgacha bo'lgan yosh davrlari.Bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qabul qilish va ulardan chiqarish 7-bob.Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari 8-bob. Maktabgacha bo'lgan yoshdagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish 9-bob.Maktabgacha ta'lim tashkilotini boshqarish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi 10-bob. Maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta'minoti. Maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta'minlash vazifalari 11-bob. Yakunlovchi qoidalar 3-modda. Asosiy tushunchalar alohida ta'lim olish ehtiyojlari bo'lgan bolalar - nogironligi bo'lganidan yoki bo'lmasligidan qat'i nazar, oila, pedagoglar, mutaxassislar, jamiyat va davlatning alohida e'tiboriga muhtoj bo'lgan individual ehtiyojlarga ega bolalar; davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti - davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq maktabgacha ta'lim va tarbiya xizmatlari ko'rsatuvchi tashkilot; inklyuziv ta'lim va tarbiya - bolalarning alohida ta'lim olishga bo'lgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta'lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni ta'minlaydigan jarayon; maktabgacha bo'lgan yosh - bolalarning tug'ilgan paytidan yetti yoshgacha, to ularga umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ta'lim berish boshlangan paytga qadar bo'lgan yoshi; maktabgacha ta'lim va tarbiya - bolalarga ta'lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta'lim turi; maktabgacha ta'lim va tarbiya davlat standarti - ta'lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta'lim tashkilotini qurish va jihozlashga, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarning sog'lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy talablar majmui; maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat ta'lim dasturi - bola tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan asosiy bilimlarning, mahorat va ko'nikmalarning hajmini hamda mazmunini belgilovchi, shuningdek ta'lim va tarbiya mazmunining o'ziga xosligini, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi hujjat; maktabgacha ta'lim tashkiloti - maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasida ta'lim va tarbiya xizmatlari ko'rsatuvchi davlat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
78.59 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:39
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
78.59 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:39 ]
Arxiv ichida: pptx