O'zbekistonda «bioekosan» va «ekosan» jamg'armalari faoliyati reja: 1. Bioekosan» jamg'armalari faoliyati 2. «Ekosan» jamg'armalari faoliyati 3. «Qizil kitob» haqida tushuncha 4. Kasb hunar kollejlarida bolalarni tabiat bilan tanishtirish Bioekosan jamg'armalari faoliyati «Bioekosan» O'zbekiston Xalg' ta'limi vazirligining qaysi buyrug'iga asosan nechinchi yil, qaysi oyda ekologiya va tabiatshunoslik markazining qoshida tashkil etilgan. «Bioekosan» O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligining 178son buyrug'iga asosan 1995 yil 28avgustda ekologiya va tabiatshunoslik markazining qoshida tashkil etilgan. Uning maqsadi Respublika miqyosida ekologik ta'lim va tarbiya bo'yicha dasturlar, metodik qo'llanmalar, tavsiyalar yaratishdan va o'quvchi yoshlar hamda kattalar uchun turli xil mavzularda anjumanlar tashkil etish va o'tkazishdan iborat. Oliy ta'lim Respublika tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi birlashgan kengashida tasdiqlagan, uzluksiz ekologik ta'lim konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ekologiyadan davlat ta'limi standarti yaratildi. Ekologiyadan dasturlar to'plami bir qancha metodik qo'llanmalar tayyorlandi, shuningdek, ekologiyadan test savollari ishlab chiqildi. 1993, 1997 yillarda Respublikada uzluksiz ekologik ta'lim muammolari va ularning yechishga bag'ishlangan anjumanlar o'tkazildi. 1993 yildan boshlab «Tabiat kecha, bugun va ertaga» degan shior ostida o'quvchilar anjumani o'tkazib kelinmoqda. «Ekosan» jamg'armalari faoliyati «EKOSAN» ekologiya va salomatlik xalqaro jamg'armasi 1992yili Ta'sischilar konferensiyasida tashkil qilingan bo'lib, u notijorat, nodavlat (nohukumat) tashkilot hisoblanadi. Jamg'arma faoliyatidagi konsepsual asoslar: -ekologiya va salomatlik, fan, madaniyat, tibbiyotga ishlab chiqarish faoliyatining asosiy mezoni sifatida qarash; -O'rta Osiyoda mintaqaviy biosferaning yaxlitligi tamoyili asosida iqtisodiyekologik tizimni shakllantirish; -ekologiya va salomatlik muammolari - xalqaro hamkorlikning bosh ustuvor yo'nalishidir. Muhim ekologik muammolarni har taraflama o'rganish, ilmiy konsepsiya ishlab chiqish vffl ularni o'rganishning ustuvor yo'nalishlarini aniqlash maqsadida davlat va nodavlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, olimlar hamda mutaxassislarning kuchlarini birlashtirishga ko'maklashish; -O'rta Osiyoda ilmiy asoslangan ekologik siyosatning shakllannishida ishtirok etish; -ekologik yovnalishdagi jamoatchilik fikrlarini tashkil qilishda faol ishtirok etish;. -ekologik tafakkur va madaniyatni tarbiyalash. Faoliyat yo'nalishlari; Atrofmuhitni muhofaza qilish masalalari, sogiom turmush tarzi, ekologiya, sanitariyagigiyena bilimlari va kasallikning oldini olishni targ'ib qilish; -ekologik ta'limtarbiya va aholini atrofmuhit holati haqida xabardor qilish; -ekologik haloqat mintaqasida yashovchi aholiga tibbiy maslahatlar berish, davolash, kasallikning oldini olish borasida insonparvarlik yordamlari ko'rsatish; -ekologiya va aholi salomatligini saqlashning dolzarb muammolari bo'yicha xalqaro anjumanlar, uchrashuvlar, seminarlar, simpoziumlar o'tkazish; -ekologik inqirozga uchragan mintaqalardagi ijtimoiyekologik holatni o'rganish va uni yaxshilash bo'yicha hamkorlik choralarini ko'rish maqsadida xalqaro missiya tashkil qilish; -gumanitar hamkorlik masalalari bo'yicha xalg'aro tashkilotlar, moliya institutlari, xorijiy kompaniyalar bilan aloqa o'rnatish. -tabiatni muhofaza qilish faoliyati va biznesni ekologiyalashtirishda boshqarishning iqtisodiy uslubini joriy etish; -ekoturizmni rivojlantirish. .Amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlar: «Ekologiya va salomatlik kunlari» (aholining keng qatlami ishtirokida ko'kalamzorlashtirish, obodonlashtirish, atrofmuhitni muhofaza qilish, sanitariyagigiyena va targ'ibottashviqotga oid tadbirlarni bosqichmabosqich amalga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.58 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.58 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:39 ]
Arxiv ichida: docx