Pedagogik qobiliyatlar psixologiyasi

Pedagogik qobiliyatlar psixologiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik qobiliyatlar psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik qobiliyatlar psixologiyasi Reja: Didaktik qobiliyatlar. Akademik qobiliyatlar tashkilotchilik qobiliyati Pedagogik faoliyatdagi muhim jihatlardan biri bu pedagogik qobiliyatdir. Pedagogik qobiliyat - bu qobiliyat turlaridan biri bo'lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug'ullana olishini aniqlab beradi. Uzoq yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko'pqirrali psixologik bilimlardan iboratligini ko'rsatib berdi. Ana shu tadqiqot ma'lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o'rin egallaydigan qator komponentlarni ajratib ko'rsatish mumkin: Didaktik qobiliyatlar. Bu bolaga o'quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg'otib, ularda mustaqil faol fikrlashni rivojlantira oladigan qobiliyatdir. Didaktik qobiliyatga ega bo'lgan o'qituvchi zarurat tug'ilganda qiyin o'quv materialini osonroq, murakkabrog'ini soddaroq, tushunish qiyin bo'lganini tushunarliroq qilib, bolalarga moslashtirib yetkazib bera oladi. Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N.Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko'ra bilish xarakteridagi matnda o'qituvchining fikri bo'yicha ayrim sinf bolalari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni alohida ko'rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib berish, shundan so'ng esa matnni bolalarga yengil va ularning o'zlashtirishlari uchun qulay qilib qayta tuzish tavsiya etiladi. Qobiliyatli pedagog shu bilan bir qatorda materialni o'zlashtirish, bolalarni diqqat e'tiborini jalb qilishni ham nazarda tutadi. Bunday pedagog zarur sharoit yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars bolalarda himoya qiluvchi tormozlanishni vujudga keltirib, miya faoliyatini tormozlaydi va o'qituvchining so'zlari yetarlicha idrok qilinmaydi. Akademik qobiliyatlar - pedagogning boshqa fanlar sohasiga xos bo'lgan chuqur va keng bilimlarga ega bo'lish qobiliyatidir. Akademik qobiliyatli pedagog faqat o'z sohasi doirasidagina emas, balki atroflicha keng, chuqur bilimlarga ega bo'lib, bu sohalar da erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib, ulardan dars jarayonida o'quv materiali sifatida qo'llay oladi, hamda kichik tadqiqot ishlarini olib boradi. Ko'pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, pedagog o'z sohasi bo'yicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishishi, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirishi, bolalarda katta qiziqish uyg'ota olishi uchun yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli keng dunyoqarashli odam bo'lmog'i lozim. Perseptiv qobiliyatlar - bu psixologik kuzatuvchanlik, bola shaxsining individual psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashish, bolaning vaqtinchalik psixik holatlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir. Nutq qobiliyati - pedagogning o'z tuyg'u-hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu pedagoglik kasbidagi muhim xislatlardan biri hisoblanadi. Chunki pedagogdan bolalarga uzatiladigan axborot asosan ikkinchi signal tizimi - nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. Pedagog nutqi, uning talaffuzi aniq-ravshan, oddiy va bolalar uchun tushunarli bo'lishi kerak. Beriladigan axborotlar shunday tuzilishi kerakki, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 177.63 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 177.63 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga