Psixodiagnostika metodlari va ulardan foydalanish

Psixodiagnostika metodlari va ulardan foydalanish

O'quvchilarga / Pedagogika
Psixodiagnostika metodlari va ulardan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Psixodiagnostika metodlari va ulardan foydalanish (Amaliy mashg'ulot) Reja: Bola shaxsini o'rganishda psixodiagnostika metodlarining ahamiyati. Bola psixologik rivojlanishi ko'rsatkichlarini aniqlashda psixodiagnostika metodlari, ularning turlari, qo'llanishi. Bola psixik jarayonlari va xususiyatlarini tekshirish metodikalarini o'tkazish. Bola shaxsini o'rganishda psixodiagnostika metodlarining ahamiyati. ta'lim-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish bola rivojlanishi va tarbiyasining shaxsga yo'nalganlik modeliga asoslanadi. Psixologik tadqiqotlardan malumki, bugungi kun maktabgacha ta'lim -tarbiya jarayonini shaxsga yo'naltirilgan dasturini ishlab chiqish va uni amalda qo'llash, avvalambor maktabgacha yoshdagi bolalarning o'z-o'zini baholashi, bolada ilk shaxsni shakllanishi, bolani olamga ishonchini shakllantirishni ifodalovchi shaxsning faoliyati yondashuvi, bola individualligining rivojlanish konsepsiyalariga asoslanishi shubhasiz. Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining psixik rivojlanishi barcha individual hodisalarning yaxlit namoyon bo'lishi natijasi sifatida qarash mumkin. Bu esa bola shaxsining optimal rivojlanishini ta'minlashda maktabgacha yoshdagilar shaxs xususiyatlarini o'z vaqtida diagnostika qilib borish kerakligini ko'rsatadi. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagilarning xususiyatlariga mos keluvchi diagnostik vositalarni tanlash va ulvrdan foydalanish kerakligi birinchi galdagi vazifa sanaladi. Respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimining bir bo'g'ini hisoblanmish maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan amaliyotchi psixologlar faoliyatidagi eng muammoli tomoni tarbiyalanuvchilarning psixodiagnostikasiga doir instrumentariyga ega emaasligida bo'lsa kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini psixodiagnostika qilish oiladagi va maktabgacha ta'lim muassasadagi ta'lim-tarbiya jarayonini hamda bolaning kelajakda uzluksiz ta'lim tizimidagi rivojlanishi borasida to'g'ri yo'lyo'nalish berishga imkoniyat tug'diradi. Agar maktabgacha yoshdagilarni psixologik jihatdan diagnostikasiga nazar tashlasak, uning ko'p qirrali ekanligini guvohi bo'lish mumkin, yani bolaning bilish jarayonlari (predmetlar bilan ishlashi, diqqati, xotirasi, tafakkuri, nutqi va xayoli) shaxslararo munosabatlarga kirishimliligi (MTMdagi bolalar guruhiga moslashishi, guruh a'zolari bilan munosabati va boshqalar), emotsional-irodaviy sohasi (bolaning predmetlar bilan o'ynash davomidagi faoliyati, mashg'ulotlarda ishtirok etishi) va boshqalar. Bundan ko'rinadiki, maktabgacha yoshdagilar diagnostikasining har bir jabhasi uchun mahalliy sharoitga mos, psixometrik talablarga javob bera oladigan metodikalar lozim ekanligidan dalolat beradi.Ammo bu borada hamdo'stlik va xorijiy mamlakatlarda etarlicha tajribalar mavjud. Ularning tajribalaridan oqilona va mavjud bo'lgan metodikalarni mahalliy sharoitimizga moslashtirgan holda foydalanish o'rinlidir. Chunki psixodiagnostik metodikalar yaratish yuqori kasbiy tayyorgarlik. Vaqt va ilmiy izlanishlarni taqozo etadi. BU darajadagi tadbirlar Respublikamizda yaqin yillar ichida keng ko'lamda amalga oshirilishi tabiiy. Bugungi kun psixodiagnostik amaliyotda bir qator metodikalar mavjud (lug'at testi, qo'l harakatlarini aniqlash, diqqat va xotirani o'rganish, test, fonematik eshitish, Maktab rasmi testi, Intilish darajasini aniqlash, testi, Ikki uycha, Mavjud bo'lmagan hayvon, Nejnovaning standartlashtirilgan suhbat va boshqalar). Ulardan foydalanish va natijalarini to'g'ri tahlil etish maktabgacha tarbiya muassasalar psixologlarining zimmasiga tushadi. Ularning kasbiy mahorati muammoni yechishning eng muhim omili sanaladi. Maktabgacha yoshdagilar diagnostikasini amalga oshirish uchun maktabgacha tarbiya muassasasidagilarning barchasida ham etarlicha kasbi yoki psixologik tayyorgarligi bor deb bo'lmaydi. Chunki ta'lim muassasalarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 86.91 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:53 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 86.91 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga