Qonunlar va qonunosti hujjatlari Reja: 1. Sog'lom va bilimli yosh avlod tarbiyasi - davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida. 2. Me'yoriy-huquqiy hujjatlar tushunchasi va turlari. Sog'lom va bilimli yosh avlod tarbiyasi - davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida. Sog'lom va bilimli yosh avlod tarbiyasi - davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida belgilanganligini ta'lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, o'sib kelayotgan yosh avlodning barkamol shaxs bo'lib yetishishlarini ta'minlovchi qonunchilik bazasining takomillashtirilayotganligida ko'rishimiz mumkin. Sog'lom va bilimli yosh avlod mamlakat boyligi, millat ravnaqini ta'minlaydigan mustahkam poydevordir. Shu bois yosh avlod kelajagi yo'lida alohida va doimiy g'amxo'rlik ko'rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida belgilangan. Mamlakatimizda yoshlarning sifatli ta'lim olishi va salomatligini mustahkamlash uchun har tomonlama qulay shart-sharoit yaratishga katta e'tibor qaratilmoqda. Darhaqiqat, aholisining uchdan ikki qismini yoshlar tashkil etadigan mamlakatda bolalar manfaatini hisobga olmaslikning aslo iloji yo'q. Shuning uchun ham Oila yili (1998), Ayollar yili (199), Mustahkam oila yili (2012), Obod turmush yili (2013), Sog'lom bola yili (2014), Sog'lom ona va bola yili (2016) kabi Davlat dasturlarida aynan, bolalar sog'ligi va ularning tarbiyasi uchun to'laqonli sharoitlar yaratish masalalariga katta e'tibor qaratilgan. Jumladan, Obod mahalla yili (2003), Mehr va muruvvat yili (2004), Ijtimoiy himoya yili (2007), Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili (2009), Kichik biznes va tadbirkorlik yili (2010), Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili (2017) Davlat dasturlarida ham yoshlar, jumladan, bolalar manfaatlari, ularni ma'nan yetuk, ma'rifatli va jismonan barkamol qilib voyaga yetkazish, ularning salomatligini mustahkamlash bilan bog'liq muammolar yechimi ko'zda tutilgani barchamizga ma'lum. Aynan mana shu jihatlari bilan o'tgan yillarga bag'ishlangan bir nechta Davlat dasturlari alohida ajralib turadi: ular 200 yil - Sog'lom avlod yili, 2001 yil - Onalar va bolalar yili, 2008 yil - Yoshlar yili, 2010 yil - Barkamol avlod yili, 2016 yil - Sog'lom ona va sog'lom bola yili, 2017 yil - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yiliga bag'ishlangan Davlat dasturlaridir. Mamlakatimizda yoshlar siyosati masalasida olib borilayotgan yuqoridagi Davlat dasturlaridan ham ko'rinib turibdiki, sog'lom bola masalasi avval-boshdanoq mustaqil O'zbekistonimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib kelmoqda. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida ijtimoiy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo'naltirilgan davlat xarajatlari bir necha barobar ko'paydi, xalqimiz turmush darajasi sezilarli ravishda oshdi. Buning natijasida onalar o'limi 2 barobardan ko'proq, bolalar o'limi 3 barobar kamaydi. Xususan, yaqinda Bolalarni asraylik xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida O'zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasidagi katta g'amxo'rlik ko'rsatayotgan eng ilg'or yetakchi o'n mamlakat qatoridan joy oldi. Bu yutuqlarning barchasi mamlakatimizda bolalar huquqi himoyasi borasida mustahkam huquqiy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.71 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.71 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:55 ]
Arxiv ichida: doc