Rivojlangan mamlakatlarda maktabgacha ta'lim tizimi Reja: 1.Rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimi taraqqiyotining ayrim masalalari. 2.Koreya, Yaponiya, Germaniya davlatlarida maktabgacha ta'lim tizimi. Rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimi taraqqiyotining ayrim masalalari Rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimida so'nggi yillarda bir qator atamalar keng ishlatilmoqda. Bularga tyutor, edvayzer, fasilitator va moderator tushunchalari kiradi. Tyutor- ( Tutorem-lotincha) ustoz, murabbiy vazifasini bajaradi. Ba'zi hollarda ma'ruzasi bilan tinglovchi orasidagi bog'lovchi rolini ham bajaradi. Bunda ma'ruzachi tomonidan berilgan bilimlarni keng egallashda maslahatchi va ustoz rolini bajaradi. EDVAYZER (advisor)-fransuzchaavisen―o'ylamoq) tinglovchilarning individual holda bitiruv malakaviy ishi, kurs loyihalarini bajarishda maslahatchi rolini bajaradi. Fasilitator - (ingliz tilida facilitator, lotincha facilis-yengil, qulay)- guruhlardagi faoliyat natijasini samarali holash, muammoning ilmiy yechimini topishga yo'naltirish, guruhdagi komunikatsiyani rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi. Moderator - qabul qilingan qoidalarga amal qilishni tekshiradi, tinglovchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarni rivojlantirish, bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Ma'lumotni, seminarni, treninglar va davra suhbatlarini boshqaradi, fikrlarni umumlashtiradi. Bizning ta'limda ushbu faoliyatlarning hammasini pedagog bajaradi va pedagog deb yuritiladi. Insoniyat jamiyatining hozirgi zamon rivojlanish darajasi mustaqil Respublikamiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlarda o'z aksini topmoqda. Bunday o'zgarishlar shak-shubhasiz, barkamol shaxsni tarkib toptirish bilan chambarchas bog'liq. Aynan ana shu masala Ta'lim to'g'risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o'z aksini topgan. Bugungi kunda insoniyat jamiyati, shuningdek, mustaqil Respublikamiz xalqi oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy, g'oyaviy-siyosiy, ta'limiy-tarbiyaviy muammolarning yechimini topish tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlarni o'zaro aloqadorligi va o'zaro munosabatlariga bog'liq. Chunki, ularning barchasi mohiyati, mazmuni, tabiati, shakli va ko'lamiga ko'ra tizimlilik xarakteriga ega bo'lib, ularga aynan mos yondashuv yordamida tadqiq etilib, yechimi topiladi. Bu o'z navbatida ta'lim-tarbiya ishida ham tizimli yondashuvdan foydalanishni ko'zda tutadi. Ko'p sonli manbalar, xususan pedagogik amaliyot sohalarining tahlili ta'lim-tarbiya jarayonining rivojlanishiga to'siq bo'layotgan muammolar mavjudligidan guvohlik beradi. Bular asosan, bizning fikrimizcha, o'rganilayotgan obyektlarning ba'zi bir jihat va xususiyatlarini lavhalar (fragment) shaklida o'rganish natijasida yuzaga kelib, mantiqan bog'lanmagan va tizimlashmaganligidadir. Amaliyotdagi bunday holatlarni bartaraf etishda integrativ yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Fanda Integratsiya tushunchasi XVII asrdayoq G.Spenser tomonidan qo'llanilishiga qaramay, unga davr taqozosiga ko'ra yaqin paytlargacha yetarli ahamiyat berilgan emas. Ilmiylik nuqtai nazaridan olib qaraganda integratsiyaning asosini olamning yaxlitligi va uni tashkil etuvchi qism (element)larning o'zaro aloqadorligi, munosabatlari tashkil etadi. Taniqli rus psixologik olimi G.S. Kostyukning fikricha: Tabaqalanish differensiatsiya - ruhiy jarayonlar va holat (xususiyat)larni ko'payishiga olib kelsa, integratsiya - tartibga keltirish, subordinatsiya va uning natijalarini ma'lum ketma-ketlikda joylashtirishga olib keladi. Integratsiyalash yo'li bilan yangi psixologik jarayon, yangi faoliyat tuzilmasi hosil bo'ladi. Bu yangi tuzilma ilgari alohida-alohida bo'lgan elementlardan sintezlash yo'li bilan hosil qilinadi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.29 MB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.29 MB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:55 ]
Arxiv ichida: docx