Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni logopedik tekshirish

Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni logopedik tekshirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni logopedik tekshirish - rasmi

Material tavsifi

Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni logopedik tekshirish Reja: 1. Og'zaki nutqini tekshirish 2. Bog'langan nutqini baholash 3. So'z boyligini baholashning mezonlari 4. Nutqning grammatik qurilishini baholash 5. Duduqlanuvchi bolalar nutqini tekshirish 6. Dizartrik bolalar nutqini tekshirish Og'zaki nutqini tekshirish Logopediyada nutqdagi nuqsonlarni tahlil qilish uchun asosiy metodika bo'lib R.Ye.Levina, L.R.Mo'minova tomonidan ishlab chiqilgan metodika hisoblanadi. Ushbu tahlilning asosida murakkab, ko'p bosqichli hisoblangan nutqdan foydalanishiga zamonaviy qarash yotadi. Bolada nutqi rivojlanishida ishtirok etadigan komponetlardan biri shakllanmagan bo'lsa, natijasida o'zining orqasidan ikkinchi, uchinchi va h.q. komponetlarning o'zgarishini keltiradi. Shuning uchun, logopedik tadqiqot nutq tizimining komponetlarini o'rganishni o'z ichiga oladi: mustaqil, bog'langan nutq; so'z (leksika) boyligi; nutqni grammatik qurilishi; nutqning talaffuz tomoni (tovushlarni talaffuz qilish, so'zning bo'g'inlari bo'yicha tuzilishi, fonematik idrok etish). Logopedik tadqiqot davomida aniq maqsadlar qo'yiladi: bolaning nutqiy ko'nikmalarining hajmini aniqlash; ko'nikmalarini yoshiga qarab hamda psixik rivojlanishiga qarab solishtirish, nuqsonlar, nutqiy faollik va psixik faoliyatning boshqa ko'rinishlarini solishtirish. Dastlab bosqichda logopedik tadqiqot maxsus hujjatlarni o'rganish va ota-ona bilan suhbatlashish bilan boshlanadi. Mazkur bosqichning vazifasi - anamnestik ma'lumotlarni bolani nutqi rivojlanishining davom etishi to'g'risidagi natijalar bilan to'ldirish. Nutq rivojlanishining quyidagi asosiy bosqichlari ajratiladi: gugulashning boshlanishi, noaniq g'uvur-g'uvur, birinchi so'z, gap tuzish vaqti; nutqning rivojlanishi to'xtab qolmaganligi (agar to'xtab qolgan bo'lsa, nima sabab bo'lgan va qachon qayta tiklangan); atrofdagilarning so'zlashuvi xarakteri (yaqinlarining so'zlashuvini o'ziga xos xususiyatlari, ikki tillilik, kattalar tomonidan bolaning nutqiga qo'yilgan talablar); bolaning nutqidagi nuqsoniga bo'lgan munosabat; - logopedik yordam ko'rsatilganligi va uning natijalari. Nutqdagi nuqsonlar bazilarida eshitish qobiliyati past bo'lishi sababli paydo bo'lishi mumkin bo'lganligi uchun, tekshirilayotgan bolada ushbu qobiliyat yaxshi saqlanganligi haqida ma'lumot bo'lishi lozim. Eshitishni tekshirishda ovoz chiqaradigan o'yinchoqlardan (nog'ora, childirmacha, mushuk, qushcha) hamda maxsus tanlangan rasmlardan foydalanish tavsiya etiladi. Pichirlab gapirilgan va suhbat qurilgan nutqni bola tomonidan eshita olishini tekshirish lozim. Bola logoped qarshisiga orqasi bilan 6-8 metr masofada turadi. Logoped nafasni to'liq chiqaradi va pichirlab so'zlarni aytadi, bola ularni takrorlashi kerak, masalan, maktab, choynak, mashina, chemodan va h.q. Bola tomonidan bu vaziyatni idrok etish qiyin bo'lsa, logoped o'sha so'zlarni 4 metr, keyin esa 3 metr masofada takrorlaydi. Xulosa qilib bola qaysi masofada pichirlangan gapni eshita olishi ko'rsatiladi. Eshitish qobiliyati me'yorda bo'lsa bola 6 metr masofada shivirlab gapirilgan so'z va iboralarni eshitishi va takrorlashi kerak. Eshitish qobiliyati tekshirilayotganda ko'rish qobiliyatini ishga solish kerak emas. Shivirlangan so'zlarni bola 3 metr masofada eshitolgan bo'lsa, u holatda eshitish qobiliyatini aniqlab olish maqsadida maxsus maslahatga muhtojlik borligi haqida ko'rsatma beriladi. Umuman gapira olmaydigan yoki gapirishni endi boshlayotgan bolalarda eshitish qobiliyatini tekshirish anchagina ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.41 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.41 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga