Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning faoliyat xususiyatlari Reja: Maktabgachagacha yoshdagi rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning mehnat faoliyatining o'ziga xosligi Maktabgachagacha yoshdagi rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning ta'lim faoliyatining o'ziga xosligi O'yin faoliyati- maktabgachagacha yoshdagi Aqli zaif bolalarni rivojlanishida asosiy faoliyat sifatida Maktabgachagacha yoshdagi rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning mehnat faoliyatining o'ziga xosligi Inson faoliyatining asosiy turi mehnatdir. Mehnat faoliyatni individual rivojlanishida boshqa faoliyat turlari tasniflanadi: predmetli, o'yin va ta'lim faoliyat. Hayotining 1 yilida bola qo'l harakatlarni anglaydilar, predmetlar bilan takroriy harakat bajaradilar. me'yorda rivojlanayotgan bolaning ruhiy jarayonlarini shakllantirish, uni shaxsini rivojlantirish predmetli faoliyat asosida amalga oshadi, bunda nutqni rivojlantirish muhim o'rin tutadi. Predmetlar bilan harakat kattalar boshchiligida, ular nazorati bilan amalga oshadi. Bu dastlabki kichik miqdordagi harakatlar bo'ladi. Mehnat malum ijtimoiy foydali moddiy yoki ma'naviy mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iboratdir. Mehnat faoliyati odamning asosiy, yetakchi faoliyatidir. Kishilarning mehnat faoliyati o'z mohiyati jihatidan ijtimoiydir. Jamiyat ehtiyojlari mehnat faoliyatini tarkib toptiradi, uni aniqlaydi, yo'naltiradi, uni aniqlaydi va boshqaradi. Mehnat taqsimoti tufayli, bironta kishi ham o'ziga kerakli narsalarni o'zi to'liq, oxirigacha ishlab chiqarmaydi. Odam jamiyat uchun kerakli, jamiyat talab qilgan (ehtiyojga ko'ra) narsalarni ishlab chiqaradi. O'zi uchun kerakli narsalarni esa o'z mehnati evaziga jamiyatdan oladi. Shaxsning ehtiyojlarining qondirilish mexanizmi va shakllari jamiyatda xukmron bo'lgan ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Shunday ekan, odamning mehnatda bajaradigan ish-harakatlari biologik ehtiyojlar bilan belgilanmaydi, balki ko'zlangan ishlab chiqarish maqsadi hamda bu maqsadni amalga oshirishda uning boshqa kishilarga munosabatlari bilan belgilanadi. Mehnat jarayonining bunday xususiyatlari inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakatlar orasida katta tafovut borligini ko'rsatib turibdi. Mehnat faoliyati vazifalari- mehnat rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar internati tarbiya ishi umumiy tizimida salmoqli o'rin tutadi. mehnat faoliyati bolalarda mehnatga munosabat, uning ijtimoiy jamoat qadr-qimmatini tushunishini tarbiyalaydi, jamoada ishlashni o'rgatadi. Aqli zaif bolalar maxsus ta'limida asosiy vazifalari bo'lib tegishli lug'atni shakillantirish va faollantirish mehnat faoliyati jarayonida so'zlashuv nutqini rivojlantirish, maxsus bilimlarni shakllantirish, har qanday ishni mustaqil bajarishga o'rgatish, faoliyatning har xil turlarida fikrlashni rivojlantirish, mehnat operatsiyalarini ketma-ketligini rejalashtirish bo'yicha, bilimlarni oshirish hisoblanadi. Maxsus ta'limda tarbiyalanuvchilarning mehnat faoliyati turli shakllarda amalga oshiriladi. O'z kiyimlariga qarash va navbatchilikning har xil turlari murakkab bo'lmagan bilimlarini egallash xona o'simliklariga qarash. Bajariladigan har bir ish alohida harakatni ko'rsatib berish asosida olib boriladi. Zarur mehnat operatsiyalarini bosqichma-bosqich o'rganishda yoshi va qobilyatiga ko'ra mehnat vazifalarini asta-sekin murakkablashtirgan holda korreksion ishlar amalga oshiriladi. Bundan tashqari tarbiyalanuvchilar o'rtasida og'zaki so'zlashishni o'rgatish uchun mehnat faoliyatidan foydalanish, musobaqalar tashkil etish mumkin. Mehnat vazifalari foydali bo'lishi kerak, ularni bajarishni topshirish esa, tarbiyachining ishonchidan guvoxlik beradi. Mehnatdan jazolash vositasi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.02 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.02 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:56 ]
Arxiv ichida: doc