Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning nutq xususiyatlari Reja: 1.Nutq haqida tushuncha. Nutq turlari Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar nutq xususiyatlarining o'ziga xosligi Tafakkur va nutqning uzviy bog'liqligi Nutq haqida tushuncha. Nutq turlari Insonning eng muhim fazilatlaridan biri uning so'zlash qobiliyatiga ega bo'lib, nutq vositasida o'zaro aloqa bog'lay olish, fikrlasha bilishidir. Turli tovushlarning malum tartibda birgalashib, payvasta bo'lib qo'shilishidan yuzaga kelgan manoli nutq muayyan organizmlarning faoliyati natijasida paydo bo'ladi. Nutq murakkab funksional jarayondir. Uning asosida muloqot jarayonidagi til birliklarini o'rinli qo'llanish yotadi. Tilning murakkab sistemasi uzoq muddatli ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli bo'lib, u bola tomonidan nisbatan qisqa muddatlarda o'zlashtirib olinadi. Nutq rivojlanishi jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, tafakkur qobiliyatlari shakllanadi. So'zning ahamiyati o'z-o'zidan umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat bilan o'zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon qiladi. Ular aynan o'xshash emas va malum darajada bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda paydo bo'ladi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanish jarayonida murakkab, sifati jihatidan yangi birlik nutqiy tafakkur, nutqiy fikrlash faoliyati paydo bo'ladi. Kishilarning tili vositasida o'zaro munosabatda bo'lish jarayoni nutq deb ataladi. Nutq birgalikda mehnat qilish jarayonida kishilarda bir-biriga nimadir aytish ehtiyoji tug'ilgan vaqtda yuzaga keladi. Kishilar nutq yordamida o'z zamondashlariga muayyan vaqtda nimalar yuz berayotganini xabar qilibgina qolmaydilar, balki insoniyat to'plagan bilimlarning avloddan-avlodga yetkazib beradilar. Bola nutqni egallab olganidan keyin o'zi tug'ilgan jamiyat hayotida kishilar bilan munosabatda bo'ladi. Agar bola biror sababga ko'ra nutqni eslab qolmasa, uning aqliy kamoloti past darajaga tushib qolishi mumkin. Fikrlash bolaning nutqi va tafakkurini o'sishida muhim vositadir. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib, yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil, farq tovush chiqariladi yoki yozib bayon etiladi, ichki nutqda nutq organlarining harakati tovushsiz yuzaga keladi. Fikrni ifodalash usuliga ko'ra nutq og'zaki va yozma bo'ladi. Og'zaki nutq yozma nutqdan quyidagilar bilan farqlanadi: og'zaki nutq, tovush nutq, yozma nutq esa grafik nutqdir. Og'zaki nutqda intonatsiya, mimika, imo-ishora jestikulyatsiyadan keng foydalanib, eshitish sezgisi asosiy ro'l o'ynaydi. Tafakkur va nutq bir-biri bilan uzviy ravishda bog'liqdir. Shaxs o'ylayotganda, odatda, fikrlarni so'zlar, jumlalar tarzda, ichki nutq deb ataladigan nutq tarzida ifoda etiadi. Biroq shunday hollar ham bo'ladiki, shaxs fikrini so'zlar bilan ifoda eta olmay qoladi. Bu holda odam ichki nutqdan tashqi ifodaga o'tishda o'z fikrini boshqa kishilarga tushunadigan qilib bayon etishda qiynaladi. Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o'z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqida o'ylab oladilar. O'ylagan paytida ovoz chiqarmasdan ichki nutqdan foydalanadilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.15 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.15 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:56 ]
Arxiv ichida: doc