ruhiy rivojlanishida sustlashgan bolalar bilish jarayonlarini o'ziga xosligi Reja: Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning psixologik muammosi va xususiyatlari Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning xotira jarayonlarining o'ziga xos tomonlari. ruhiy rivojlanishida sustlashgan bolalar bilish jarayonlarini o'ziga xosligi M.S.Pevzner ruhiy rivojlanishi sustlashning kelib chiqishida bosh miya pesxona qismining o'z vaqtida pishib etilmaganligidan deb biladi. Bu fikrni I.F.Markovskaya ham o'z izlanishlarida tasdiqlaydi. Bu bolalar aqliy, hissiy jihatdan orqada qolish bilan birga jismoniy jihatdan ham orqada qolishi kuzatiladi. Bu esa skelet, muskullar rivojlanishida, bolaning vaznida, bo'yida o'z aksini topadi. Ular ko'pincha oshqazon, ichak va nafas olish a'zolari kasalliklariga moyil bo'ladilar. Bu bolalar erta yoshligidan normal bolalarga nisbatan kechroq rivojlana boshlaydilar. Chaqaloqlikning ilk davrida boshini tuta bilishi, tik turishi, yurishi, ilk so'zlari, nutqning shakllanishi kechikadi. Turli shamollash va yuqumli kasalliklarga moyil bo'ladilar. Jumladan, RRS bolalarning 60%ida oshqazon ichak kasalliklari, 50 % ida yurak qon-tomir kasalliklari, 61 % ida surunkali infeksiyalar, 33 % ida gijja kasalliklari aniqlangan. RRS da esa intellektual jarayonlar oligofrenlardagedek chuchqur zararlanmasdan, birmuncha yuzaki zararalangan bo'lib, tiklanish xarakteriga ega. RRS da ruhiy rivojlanish tezligi, surati sekinlashgan bo'ladi. Yuqoridagilar bilan birga, RRSda intellektual tomonlarga nisbatan, ko'proq, hissiyot buzilishlari yetakchi o'rinda turadi. Bu buzilishlar ruhiy yoki jismoniy infantilizm ko'rinishlarida namoyon bo'ladi. Infaktilizm-tom manodagi bolalikdir. Bolaning umumiy qiliqlari, qiziqishlari o'z yoshiga mos bo'lmay, balki bir muncha yosh bolalarni eslatsa, biz bunday bolalarga nisbatan, psixo-fizik infantilizm iborasini qo'llaymiz. Masalan, bola 7 yoshga kirib, maktabga borish muddati kelgan bo'lsada, bola o'zini 5 yoshli boladek tutadi. Unda jonli, o'zidan yosh bolalardagidek qiziqishlar bo'ladi. Agar bola yana biror yil taraqqiy etsa, o'z tengdoshlariga o'xshab ketishi mumkin. Bolalarda ham ruhiy, ham jismoniy rivojlanish birgalikda orqada qolsa, ularga nisbatan garmonik psixofizik infantilizm iborasi ishlatiladi. Faqatgina ruhiy rivojlanishi orqada qolsa, ularni psixik infantilizm deb yuritamiz. T.A.Vlasova va M.S.Pevzner RRSning ikki xil shaklini ko'rsatadilar. Bularning asosida turli xil RRS ning shakllanish mexanizmalari yotadi. Hissiyot - iroda sohasining rivojlanganligi. Bunda bazan bilish jarayonlarining buzilishi bo'lmasligi mumkin. Bunday bilish jarayonlarining buzilishi bo'lmasligi mumkin. Bunday xatolarni tibbiyot hodimlari qoldiqli va qoldiqsiz pixofizik infantilizm deb nomlaydilar. Neyrodinamik buzilishlar, turg'un astenik va tserebrastenik holatlar (turg'un psixik va nerv bo'shashishlari). Infantalizmning yuzaga kelish sababaliriga ilk bolalik davridagi yuqumli va modda almashinuvining buzilish kasalliklari ham kirishi mumkin. Ruhiy rivojlanmaslikning bir ko'rinishiga, bosh miya pesxona qismlarining sekin pishib etilishini ko'rsatishimiz mumkin. Tserebrastenik holatlarning kelib chiqish sababaliriga: turli jarohatlar, asfiksiya, ilk go'daklik davridagi ichki kasalliklar kirishi mumkin. Bularning natijasida bola nerv sistemasida funksional yetishmovchiliklar yuzaga keladi. Bular o'z navbatida, aqliy ish qobiliyatlarining buzilishiga olib keladi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.16 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.16 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:56 ]
Arxiv ichida: doc