Sensor alaliya

Sensor alaliya

O'quvchilarga / Pedagogika
Sensor alaliya - rasmi

Material tavsifi

Sensor alaliya Reja: Sensor alaliya Sensor alaliyada korreksion ta'sir tizimi Sensor alaliya Sensor alaliyaning asosiy belgisi bosh miyaning chap yarim yuqori doirasining jarohatlanishi bilan bog'liq, nutq-eshituv analizatori ishining natijasi bo'lgan nutqni tushunishidagi kamchiliklar hisoblanadi. Bu esa nutq qo'zg'atuvchilarni tahlil va tarkibiy buzilishga, predmet va tovushli obraz o'rtasidagi bog'liqligining shakllanmasligiga olib keladi. Bola o'ziga qaratilgan nutqni eshitadi, ammo tushunmaydi. Jarangli so'z ta'siri ostida yuzaga keluvchi qo'zg'alish, miya to'qimalarining rivojlanmaganligi sababli boshqa analizatorlarga tarqalmaydi va barcha so'z bilan bog'liq murakkab dinamik strukturaga qo'zg'almaydi. Sensor alaliyada birlamchi nutqiy tovush tahlilini amalga oshiruvchi nutq eshituv analizatorining ildizi (GEShel halqasi) faoliyatini og'ir analitik-sintetik buzilishlari kuzatiladi. Bunday bolalarda fonematik idrok shakllanmaydi, fonemalar differensiallashmaydi va so'z yaxlit idrok eshitilmaydi, akustik, gnostik jarayonlar rivojlanmaydi va nutqiy tovushlarni idrok etish qobiliyati pasaygan bo'ladi. Sensor alaliya motor alaliyaga nisbatan kam o'rganilgan. Bu holat ma'lum ma'noda sensor alaliyani amaliyotda juda kam o'rganish bilan bog'liq. Sensor alaliyani mustaqil nutq buzilishi sifatida ko'rinishi haqida hozirgi kunda ham ayrim mualliflar aniq bir fikr ayta olmaydilar. Nutqiy tushunishning yetishmasligi yoki yo'qligida, eng avvalo, odamning eshitish holati haqida savol tug'iladi. Bir necha marotaba o'tkazilgan maxsus tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ko'pgina hollarda sensor alaliyali bolalarda tonal (jismoniy) eshituvning sezilarsiz pasayishi mavjud, biroq u nutqiy tushunishning rivojlanishini tormozlashi uchun unchalik jiddiy emas. N.N. Traugotning ma'lumotlariga ko'ra, ma'lum bolalar 6 m uzoqlikda (bu normal eshitishda o'rtacha balandlikda nutqni idrok etishning me'yoriy darajasi) o'zlariga qaratilgan nutqni tushunadilar, lekin eshitganlarini ma'nosini tushunmaydilar, bu bolalarda aqliy zaiflik belgilari kuzatilmaydi. Tadqiqotchilar fikriga ko'ra, sensor alaliyada nutq pasayishining kuzatilishi mumkin, lekin bu nutqiy rivojlanmaganlikda asosiy rol o'ynamaydi. Y.A. Florenskayaning ko'rsatishicha sensor alaliyada (sensor-akustik sindromida) akustik ta'sirlanmaslikning alohida holati va eshituv funksiyasining toliqishi mavjud. Bu eshituv reaksiyalarining turg'un emasligiga, eshituv differensatsiyalarining hosil bo'lishidagi qiyinchiliklarga, eshituv analizi va sintezining sifatsizligiga olib keladi. Sensor alaliyada bolalarni eshitish qobiliyatini tekshirish juda murakkabdir. Maxsus elektroakustik apparatida tekshirilganida, eshituvning turg'un emasligi aniqlangan: bir xil chastotali va balandlikdagi signallar goh idrok qilinadi, goh qilinmaydi. Sensor alaliyada eshituv diqqati va idrokining o'ziga xos xususiyatlari, ularning sekinlashgani turg'un emasligi eshitish holatini to'g'ri baholashga to'sqinlik qiladi. Ixtiyoriy eshituv diqqatida ham kamchiliklar kuzatiladi: bolalar eshitmaydilar, tez charchaydilar, chalg'iydilar, tovush ohangiga qiziqishni tez yo'qotadilar va h.k. Audiometrik tekshiruv, qachonki uni bir necha marotaba o'tkazilsa va bola vaziyatga ko'nikib, vazifalarni to'g'ri tushuna boshlasagina birmuncha asosli bo'ladi. Bolaning eshitish qobiliyati haqida yakuniy xulosalar, faqatgina 8 - 10 tekshirishlardan olingan ma'lumotlar, audiogrammalarni taqqoslash natijasida keltiriladi. Eshituv analizatori tovush o'tkazish funksiyasining saqlangan holatida bolalarda fazoda tovushni o'rnini bilish qobiliyatining yo'qligi aniqlanadi, eshituv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 49.9 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 49.9 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga