Shaxs shakllanishiga sibling maqomi ta'siri Reja: Sibling maqomi tushunchasi. To'ng'ich, o'rtancha, kenja va yolg'iz farzandning sibling maqomi. Opa-singil, aka-inilik munosabatlariga asoslangan oila modeli Sibling maqomi tushunchasi Xalqimiz uzoq o'tmishdan ota-ona va farzand munosabatlaridan keyingi o'rinda, aka-ukalik va opa-singillik munosabatlariga alohida e'tibor bilan qaragan. Oilada farzandlar o'rtasida iliq munosabatlar bo'lishi va saqlanib qolinishi, oiladagi farzandlar mavqeiga munsabat halq og'zaki ijodi namunalarida o'z aksini topgan. Bunga Uch og'a-botirlar, Kenja botir, Birlashgan o'zar kabi ertaklarni, Shirin va Shakar kabi dostonlarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Oila bolaning ilk ijtimoiy munosabatlarga kirishadigan maskani bo'lib, unda bolaning ota-onasi, aka-uka, opa-singillari bilan bo'ladigan muloqati ijtimoiylashuv jarayoniga kuchli ta'sir qiluvchi omil hisoblanadi. Individual psixologiya asoschisi A.Adler bola shaxsining shakllanishi va rivojlanishi uning jinsiga, oilada nechanchi farzand ekanligiga, oilasida aka-ukalar va opa-singillari borligiga, ya'ni uning sibling maqomiga bog'liqligi g'oyasini ilgari surgan olim sanaladi. Psixologik adabiyotda sibling maqomi aslida (inglizcha sibling, sibs -bir oiladagi akalar va opalar ma'nosini bildiradi) - muayyan insonning muayyan oilada tug'ilishi, jinsi va tug'ruqlar orasidagi rasmiy farqni ifodalovchi tushunchani bildiradi. Bolaning sibling maqomi va uning shaxsiy ko'rsatkichlar bilan bog'liqligi masalasiga xali aniqlik kiritilmagan, ya'ni aniq ilmiy dalillar yetarli emas. Shunga qaramay, ko'pgina tadqiqotchilar (Richardson R., 1994; Driskoll R., Iksteyn D., 2003; Brazington R., 2003 va boshqalar) shaxsning sibling maqomi uning shaxsiga, yer-xotinlik va ota-onalik maqomlariga, do'stlar bilan muomalasiga, ishda rahbariyat va hamkasblar bilan o'rnatadigan muloqotlarining xarakteriga ta'sir etishini o'rganishgan. Empirik ma'lumotlar bunday bog'liqliklarning to'rt turi mavjudligini ta'kidlaydi. To'ng'ich bola, oiladagi farzandlarning kattasi, odatda otaonasining umidi bo'lib, ota-onalar undan ko'p narsalarni kutadi va odatda u bu umidlarni oqlaydi ham. Undagi muvaffaqiyatlarga bo'lgan intilish, o'qish va kasb-hunar egallash yo'nalishidagi yutuqlari va unga erishish imkoniyatlari ham odatda yuqori bo'ladi. Uning muvaffaqiyatlari nafaqat ota-onaning kutishlariga bog'liq, balki ma'lum vaqt erkalatilgan bolaning, keyinchalik taxtdan tushishi, mavqening birdan o'zgarishi va kutishlar tizimining ham shunga yarasha boshqacha bo'lib qolishi bilan bog'liqdir. Buni Adler iborasi bilan aytganda, detronizatsiya, ya'ni taxtdan ayrilishi deb atash mumkin. Chunki ukasi yoki singlisi paydo bo'lgandan so'ng, otaonasining e'tibori birdan boshqa bolaga qaratilib, unga munosabat o'zgarib qolganligini bola o'ziga xos qayg'urish bilan his qiladi. Lekin ota-onaning e'tibori va mehriga qaytadan erishish maqsadida u harakat qila boshlaydi. Agar to'ng'ich farzandning uka ko'rgandan so'ng paydo bo'ladigan deprivatsiyasi kuchli bo'lsa-da, o'zini ko'rsatish uchun ichki imkoniyatlari, layoqati yetarli bo'lmasa (ba'zan to'ng'ich farzand nimjonroq bo'ladi), unda bolaning xulqida keskin salbiy o'zgarishlar ro'y bera boshlaydi, masalan, ukasini yomon ko'rib, unga ziyon yetkazishga harakat qiladi, injiqligi bilan ota-onasini xafa qiladi, ovqat yemaydigan, o'zi mustaqil ravishda uxlamaydigan, hatto, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.19 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:58
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.19 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:58 ]
Arxiv ichida: docx