Stress muammosi Reja: Stress tavsifi. Stressning uch ko'rinishi. Individual stress omillari. Psixogigiyenada stress bilan ishlashning asosiy bosqichlari. Stress tavsifi Butun jahon sog'liqni saqlash tashkiloti o'tkazgan tadqiqotlardan malum bo'lishicha, ishlab chiqarish rivojlangan davlatlarda 10 % aholi jiddiy asab kasalliklariga chalinganlar. Ko'pchilik tadqiqotchilar yurak qon-tomirlari kasalliklari va asab kasalliklari orasida bog'lanishni takidlaydilar. M.Pflandning takidlashicha, gipertonik kasallar (qon bosimi ortishi) dastlab shifokorga o'zlarining asabiy bo'lib qolganlaridan shikoyat qiladilar, faqat tekshiruv natijasida ularda qon bosimi balandligi malum bo'ladi. Rus olimi K.D.Sudakov o'tkazgan tadqiqotlari natijasida yurak-qon tomir kasalliklarining sababini yurak-qon tomir tizimidan emas, balki miyada kechadigan har xil jarayonlardan izlash kerak, degan xulosaga birinchi bo'lib keladi. Hozirda markaziy nerv sistemasidagi jarayonlarga bog'liq kasalliklar ko'paymoqda, nevrotik ko'rinishlar organizmning funksional tizimidagi boshqa buzilishlarga olib keladi. Odatda tibbiyotda nevrozlar va psixosomatik kasalliklar bir-biridan ajratilgan holda alohida davolanadi. I.P.Pavlov hal bo'lmaydigan nizolar bo'yicha tajriba o'tkazib, nevrozni birinchi bo'lib aniqlagan. Uning tajribalarida nerv sistemasi kuchli hayvonlarga qaraganda, kuchsiz tipdagi hayvonlar bunday nizolarga chidamsiz bo'lgan, ularda bu og'irroq kechgan. I.P.Pavlov nevrozni organizm va muhit orasidagi muvozanatning buzilishi oqibatida vujudga keladigan oliy nerv faoliyatining buzilishi sifatida tushungan. Keyinchalik I.P.Pavlov hayvonlarda olingan natijalarni tanqidiy ravishda insonga o'tkazgan. Nevroz organizm va muhit orasidagi dinamikaning barqaror buzilishi oqibatida paydo bo'ladigan kasallik bo'lib, ma'lumotlarni qayta ishlash, hissiyot, boshqarish bilan bog'liq miyadagi jarayonlarning o'zgarishiga olib keladi. Bu o'zgarishlar motor va sensor funksiyalarni jalb qiladi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Organizm va muhit orasidagi dinamika yoki muhitning anormal sharoitlari yoki organizmning anormal holatidan buzilishi mumkin. Masalan, muhitdan keluvchi bir qo'zo'atuvchining o'zi bir odamga undovchi ta'sir ko'rsatsa, boshqa birida og'riq reaksiyasini vujudga keltirishi mumkin. Boshqacha so'zlar bilan aytganda, jismoniy va ruhiy mashq qilgan, kelajakka ishonch bilan qarovchi inson sog'lig'iga ziyon keltirmasdan ishlashi mumkin. Kelajakka ishonmaydigan inson esa normal mehnat sharoitlarida ham o'zini yomon his qiladi. Tashqi muhit sharoitlariga bog'liq nerv psixik kasalliklarining vujudga kelishi va taraqqiyotida stresslarning ta'siriga katta ahamiyat beriladi, ayniqsa, bu yurak-qon tomir kasalliklariga tegishlidir. Shu bilan birga stressga ijobiy ta'sir, yani ish qobiliyatini oshirish xislati xos. Shuning uchun ham stressni hayot tuzi deb atashadi. Tuzdan foydalanishda me'yor rol o'ynaganidek, stressning ham me'yori mehnat unumdorligini oshirishi mumkin yoki me'yordan ortishi sog'liq uchun zararli bo'lishi mumkin. Inson aqlli mavjudot sifatida, agarda u bilimlar, tartib, irodaviy xislatlar va faollikka ega bo'lsa stressning to'g'ri dozasini o'zi uchun aniqlashi mumkin. Stress bu atrof-muhitning uzoq vaqt ta'siri bo'lib, individ uchun hissiy organizmning boshqariluvchi tizimida va markaziy nerv sistemasida unga mos reaksiyalarni vujudga keltiradi. Atrof-muhitning stress ta'sirlari har xil bo'lib, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.06 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.06 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:01 ]
Arxiv ichida: doc