Tabiat bilan tanishtirish metodikasining fan sifatida shakllanishi

Tabiat bilan tanishtirish metodikasining fan sifatida shakllanishi

O'quvchilarga / Pedagogika
Tabiat bilan tanishtirish metodikasining fan sifatida shakllanishi - rasmi

Material tavsifi

Tabiat bilan tanishtirish metodikasining fan sifatida shakllanishi (1-Amaliy mashg'ulot) Reja: 1.Avesto tabiatni muhofaza qilishga oid ilk yozma manba. 2.Markaziy Osiyo mutafakkirlarining tabiatshunoslik fani sohasidagi ilmiy meroslari. 3.Fanning metodika sifatida yaratilishida pedagog asoschilarning qo'shgan hissalari. Avesto tabiatni muhofaza qilishga oid ilk yozma manba. O'rta Osiyo xalqlari, jumladan o'zbek xalqi qadimdan ekologik madaniyat merosiga ega. Eng mo'tabar, qadimgi qo'lyozmamiz Avesto xalqimizning bebaho mulki sanaladi. Bu nodir kitob bundan o'ttiz asr muqaddam shu zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma'naviy tarixiy merosidir. Avesto, ayni zamonda, bu qadim o'lkada buyuk davlat, yuksak ma'naviyat va madaniyat bo'lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdir. Avesto tabiat, jamiyat va inson o'rtasidagi munosabatlarini ma'naviy, ruhiy va axloqiy mezonlar orqali uyg'unlashtiruvchi, kishini qurshab olgan olamni o'rganishga chorlaguvchi falsafadir. Avestoda noyob dorivor giyohlar haqida qimmatli ma'lumotlar mavjud. Bundan tashqari, uy-joy, atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish, uni asrash to'g'risida tavsiyalar berilgan. Avestoda yer, suv, xona, inson tana a'zolari, kiyim-kechaklarni toza tutish haqida yozilgan. Atrof-muhit, ko'chalarni, butazorlaru o'tloqlarni, yerni iflos qilgan kishilar jazolanganlar. Shuningdek. muhit tozaligini saqlash va kasalliklarni oldini olish maqsadida axlatlarni, ifloslangan joylarni tosh, tuproq, qum bilan ko'mib tashlash buyurilgan. Asarda kasallik tarqatuvchi hasharotlarni yo'qotish, shuningdek, uy hayvonlarini to'g'ri parvarish qilish yo'llari ham ko'rsatilgan. O'rta asrlarda O'rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,Al-Farg'oniiy va boshqalar tabiatshunoslik fanining rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o'simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Buyuk alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) risolalaridan birida bunday deb yozadi: Bilingki, daryoning ko'zlari yoshlansa, uning boshiga g'am, kulfat tushgan bo'ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig' tutmanglar! Daryoning yoshli ko'zlari deganda Muhammad Muso al-Xorazmiy nimalarni ko'zda tutgan ekan? Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo'lishini nazarda tutgandir? Vaholanki, buyuk bobomiz eng avvalo daryo bilan odamlarning bir-birlarini tushunishlari, o'zaro mehr-muhabbat qo'yishlarini nazarda tutgan. 847-yilda Muhammad al-Xorazmiy Kitob surat al-arz nomli asarini yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi qit'alar, qutblar, ekvatorlar, cho'llar, tog'lar, daryo va dengizlar, ko'llar va o'rmonlar, ulardagi o'simlik, hayvonot dunyosi, shuningdek, yerning asosiy boyliklari hamda boshqa tabiiy resurslar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Ushbu risolada matematika, geologiya, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, shuningdek dunyo xalqlarining tabiiy ko'nikmalari va tarixiy-huquqiy bilimlari umumlashtirilgan. Abu Nasr Forobiy. O'rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrlarining eng yirik va mashxur vakillaridan biri Abu Nasr Forobiyning (873-950 y.y.) ilmiy-falsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlari hozirgacha to'liq aniqlanmagan. Nemis olimi M.K.Brokkelmanning ro'yxatida Forobiyning turli sohalarga oid 180 ta asarining nomi keltirilgan. Forobiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 47.58 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 47.58 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga