ta'lim muassasalarida huquqiy tartibotni ta'minlash Reja: ta'lim muassasalarida huquqiy tartibotni ta'minlash, ta'lim muassasalarida sodir etiladigan huquqbuzarliklar uchun intizomiy javobgarlik va uni qo'llash tartibi, ma'muriy javobgarlik va uning turlari. O'zbekiston Respublikasining «Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi Qonuni. Korruptsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari. Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari. Mashg'ulot «Har kim har kimga o'rgatadi» metodi yordamida tashkil qilinadi. Magistrlarga ularga berilgan nazariy material yoki o'zlari izlab topgan materiallar asosida mavzuni o'rganib chiqadilar. Undan so'ng amaliy mashg'ulot qatnashchilarga o'qib o'zlashtirganlarini boshqa ishtirokchilarga ham yetkazish vazifasi beriladi. Amaliy mashg'ulotga doir nazariy material. Davlat boshqaruvini tashkil etish va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig'indisi - ma'muriy huquq tarmog'ini tashkil etadi. ma'muriy huquq - huquq tizimining yirik, murakkab va rivojlangan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu, uning tartibga solinuvchi predmetining o'ziga xos xususiyatlaridan, munosabatlarning keng qamrovliligidan kelib chiqadi. Ijro hokimiyati, boshqaruv faoliyati va boshqaruvning o'zi davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olganligi sababli, ma'muriy huquq - huquq tizimida markaziy o'rinni egallaydi hamda boshqa huquq tarmoqlariga ta'sir ko'rsatadi yoki, aksincha, ularning ta'siriga uchraydi. ma'muriy huquq - davlat huquqi normalarini yanada aniqlashtirib va to'ldirib, fuqarolarning ko'pgina huquq va majburiyatlarini, ularning boshqaruv organlari orqali amalga oshirish mexanizmini hamda ushbu huquqlarni har qanday buzilishlardan himoya qilishni belgilaydi. ma'muriy huquq - davlat organlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini, uning vazifa va maqsadlarini, vakolatlari hamda huquqiy maqomining boshqa tomonlarini, tuzilishi va faoliyat jarayonini belgilab beradi. ma'muriy huquq - boshqariluvchi obyektlarnng aloqalarini tartibga solib turadi. Ushbu normalar rejalashtirish tartibini, moddiy resurslarni taksimlashni, ish haqini belgilashni ham mustahkamlaydi. ma'muriy huquq - jamoat tashkilotlari va jamoat organlarining huquqiy maqomini o'rnatishda katta ahamiyatga egadir. ma'muriy huquqning asosiy manbai - bu 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan kuchga kiritilgan O'zbekiston Respublikasining ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksidir Ushbu kodeksga binoan ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari inson va jamiyat farovonligi yo'lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta'minlashni, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarning o'z vaqtida va obyektiv ko'rib chiqilishini, shuningdek, bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o'z oldiga vazifa qilib qo'yadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks - qanday harakat yoki harakatsizlik ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma'muriy jazo qo'llanilishi va ijro etilishini belgilaydi. MJTK 2-modda. ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.42 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.42 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:04 ]
Arxiv ichida: doc