Tarbiyachi va unga qo'yilgan hozirgi zamon talablari Reja: Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o'rni. Tarbiyachi va uning shaxsiga qo'yiladigan talablar. Maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini tayyorlash tizimi. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o'rni Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli va ish bilan birga masulyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o'z mas'uliyatini anglashga, ta'lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o'z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o'rtoqlaryni o'sishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo'lishi, o'zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiatning qonunyatlarini tushunishi, ijtimoiy faol bo'lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan Respublikamiz rahbariyati o'qituvchilar va tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh avlodni komil inson qilib, kamolot sari etaklashdagi erishgan yutuqlari uchun o'qituvchi va tarbiyachilar, metodist o'qituvchi, katta o'qituvchi, metodist tarbiyachi va boshqa shunga o'xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga Respublika miqyosidagy unvonlar beriladi. Xalq ta'limi xodimlari orasidan Respublika, viloyat, tuman kengashlariga deputatlar saylanish, ularga bo'lgan chuqur hurmat va ehtiromni bildiradi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda bog'chada, akademik litsey va kasb- hunar kollej hamda oliy o'quv yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me'yorlari va qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini, kasb-hunar malaka va ko'nikmalarini har tomonlama puxta egallab borishini talab qiladi. Buning uchun o'sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma'naviyatimizni tiklash jahon madaniyati, milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog'lom ma'naviy yetuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo'yildi. Davlat ahamiyatiga molik bunday vazifani amalga oshirishda umumta'lim maktablari bilan bir qatorda xalq ta'limining boshlang'ich bo'limi bo'lgan bolalar bog'chalari muhim rol o'ynaydi. Tarbiyachi va uning shaxsiga qo'yiladigan talablar. ta'lim tizimi rivojlanishi maktabgacha ta'lim tizimida ham ulkan islohotlarni olib kirilishiga sabab bo'lmoqda. Bu islohotlarga esa maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilarini oldiga bir qancha vazifa va talablar qo'yilmoqda. Bu jarayonda endi har bir tarbiyachi o'zini ustida ishlashi va mahoratini oshirib borishi davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qo'ygan talablarni amalga oshirishning garovidir. Maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilariga qo'yiladigan talablarga quyidagilar kiradi: Bolaning sog'lig'ini saqlash va mustaqkamlash. Aqliy qobiliyatini o'stirish. Milliy qadryatimiz va ma'naviyatimizning g'oyaviy-aqliy tamoyillariga mos keluvchi e'tiqod va qarashlarini tarkib toptirish. Ona vatanga muhabbatini, ijtimoiy faollikni shakllantirish. Yosh avlodda o'rtoqlik, do'stlik hissini halollik va mehnatsevarlikni tarkib toptirish. Demak, yuqorida keltirilgan sifatlarni tarkib toptirish o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash vazifasining hamma tomonlarini qamrab ololmaydi. Lekin ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.38 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.38 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:14 ]
Arxiv ichida: doc