Tarbiyachining nutqi - bolalar nutqini rivojlantirishning asosiy manbayi Reja: 1. Tarbiyachi nutqining bolalar nutqini to'g'ri rivojlantirish uchun namuna sifatidagi ahamiyati 2. Tarbiyachi nutqiga qo'yiladigan pedagogik talablar 3. Tarbiyachining o'z nutqini takomillashtirish ustida ishlashining zarurligi 1- . Tarbiyachi nutqining bolalar nutqini to'g'ri rivojlantirish uchun namuna sifatidagi ahamiyati Tilshunoslik bolalar nutqni kattalarga taqlid qilish yo'li bilan egallab olishlarini isbotlab berdi. Tarbiyachining nutqi ona tilini endigina o'rganayotgan bolalar uchun namuna va ularga ta'sir etish vositasidir. Bolalar hali tajribalari yo'qligi, nutqlari yaxshi rivojlanmaganligi sababli kattalar nutqidagi yaxshi jihatlarga ham, yomon tomonlarga ham bir xilda taqlid qilaveradilar. Har bir yosh guruhidagi bolalar, o'z tarbiyachilari bilan maishiyxo'jalik, mehnat, o'yin faoliyatida muloqotda bo'ladilar. Tarbiyachi bolalar o'yinini tashkil etadi, badiiy asarlarni o'qib beradi yoki hikoya qiladi. Mana shu jarayonda tarbiyachi nutqining yaxshi tomonlari ham, nuqsonlari ham yaqqol namoyon bo'ladi va bu xususiyatlar tarbiyalanuvchilar nutqida o'z aksini topadi. Demak, bolalar bog'chasi tarbiyalanuvchilarining nutq xusu- siyatlari to'laligicha tarbiyachi nutqiga bog'liq. Doimo bolalarning diqqat markazida bo'lgan tarbiyachining nutqi bolalar uchun madaniy nutq namunasi hisoblanadi. Tarbiyachi har doim o'z nutqiga tanqidiy nuqtayi nazardan qarashi, agar nutqida biror kamchilikni sezsa, uni darhol bartaraf etishga harakat qilishi lozim. Biroq u har doim ham o'z nutqidagi kamchilikni aniqlashga muvafFaq bo'lmaydi, chunki uning diq- qati nutqining shakliga emas, balki mazmuniga qaratilgan bo'ladi. Bundan tashqari, uzoq vaqtgacha o'z nutqiga ehtiyotsizlik, e'tiborsizlik bilan qaraganligi tufayli, ayrim kamchiliklar nutqiga mustahkam o'rnashib qolishi va bu nuqson o'ziga mutlaqo sezilmasligi mumkin. Buning uchun tarbiyachi hamkasblarining ko'rsatmalariga amal qilishi va bu kamchilikni bartaraf etishga harakat qilishi kerak. 2- . Tarbiyachi nutqiga qo'yiladigan pedagogik talablar Tarbiyachi uchun namunali nutqni egallash -bu uning o'z kasbkoriga tayyorligini belgilovchi ko'rsatkich hisoblanadi. Taniqli pedagog, bolalarni ona tiliga o'rgatish uslub va uslubiyotlarini ishlab chiqqan uslubiyotchi, maktabgacha tarbiya bo'yicha mashhur mutaxassis, professor Y.l.Tixeyeva tarbiyachi nutqiga yuksak baho berib, shunday degan edi: 'Bog'chada bolalar beixtiyor taqlid qiladigan namuna tarbiyachi (bog'bon)ning tilidir, tarbiyachining tili bolalar tiliga g'oyat samarali va nihoyatda kuchli ta'sir ko'rsatadigan hamma narsalarni o'zida birlashtira- digan bo'lishi kerak. Bog'bonning tili bekam-u ko'st, adabiy talaffuzning har qanday nuqsonlaridan xoli bo'lishi lozim. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, har bir tarbiyachi o'z nutqidagi nuqsonlami aks ettiruvchi daftar tutishi, unga kam- chiliklarini belgilab borishi, so'ngra ularni bartaraf etish bo'yicha reja tuzib, ishni tashkil etishi kerak. Har bir tarbiyachi-pedagog nutqiga qo'yilgan talablarni juda yaxshi bilgan holda o'z nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etib borishi kerak. Tarbiyachi nutqiga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardir: 1. Nutq tovush tomonining to'g'riligi. Agar tarbiyachining nutqi aniq bo'lsa, jumlalarni, so'zlarni va har bir tovushni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.55 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:14
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.55 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:14 ]
Arxiv ichida: docx