Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini o'tkazish texnologiyalari

Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini o'tkazish texnologiyalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini o'tkazish texnologiyalari - rasmi

Material tavsifi

Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini o'tkazish texnologiyalari (1-amaliy mashg'ulot) Maktabgacha ta'lim muassasalarida tasviriy faoliyat bilan tanishtirish mashg'ulotlarini o'tkazishning o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni tasviriy faoliyat bilan tanishtirish orqali mehnatsevarlik, mustaqillik ko'nikmalarini shakllantirishda turli shakl, usul va vositalardan foydalanish. Har bir bolani hayotda, davlatimizning moddiy va ma'naviy rivojlanishida faol ishtirok etadigan qilib tayyorlash uchun unga faqat bilim berib tarbiyalashgina kamlik qiladi, uning shaxsiy qobiliyatini rivojlantirish, yangilik yaratishni o'rgatish, go'zallik qonuni bo'yicha yashash va ijod qilishni shakllantirish lozim. Hayot go'zalligini ko'rishga intilish insonni olijanob qilib tarbiyalaydi, uning kundalik ishini estetik rohat-farog'at manbaiga aylantiradi. Bolalar ko'nglida go'zallik va yuksak g'oyalar hissini uyg'otishga da'vat etishda tasviriy faoliyatning o'rni g'oyat kattadir. Bolajon tayanch dasturida katta yoshdagi bolalarda mehnatsevarlik, mustaqillik, mehnati natijasidan qoniqish sifatlarini shakllantirish, hunarmandchilikka qiziqtirish, xalq amaliy san'ati turlari bilan tanishtirish ta'kidlab o'tilgan. Tasviriy faoliyati bo'yicha ishni ma'lum bir vaqtga rejalashtirishda, shu davrda faoliyatning boshqa turlari bo'yicha ham amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarni ham nazarda tutmoq lozim. Tasviriy faoliyati bo'yicha mashg'ulotlarni rejalashtirishda, albatta tasviriy faoliyat mashg'ulotlari o'rtasida o'zaro bog'liqlikni ham hisobga olmoq zarurdir. Tasviriy faoliyatining har bir turi o'ziga hos vazifalarni hal etadi, ammo qanday bo'lsada, ularni bir yo'nalish, maqsad bo'yicha (tevarak-atrof hayotni xilma-xil o'ziga hos ko'rinishlarida tasviriy) birlashadilar. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tasviriy faoliyat bilan tanishtirish orqali bolalarda mehnatsevarlik, ko'nikmalarini shakllantirishda turli shakl, usul va vositalar yordamidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, ko'rgazmali metod orqali rasmlar, kasblar bilan tanishtiriladi. Og'zaki metodlarga tarbiyachining bolalar bilan va bolalarning o'zaro suhbatlari kiradi. Amaliy metodda bolalar o'zlashtirilgan bilimlarini turli o'yinlar orqali mustahkamlaydilar. Bu usullar orqali mashg'ulotlarni rang-barang hamda qiziqarli tashkil etiladi. Shuningdek, mehnat bilan tanishtirish orqali bolalarda mehnatsevarlik ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyatning uzluksiz, izchil, maqsadga muvofiq tashkil etilishi ham tarbiyalanuvchilarning mashg'ulotlar jarayonida faol ishtirok etishlarini ta'minlaydi. Мaktabgacha ta'lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalar bilim va ko'nikmalarini shakllantirish quyidagi shartlarga ko'ra amalga oshiriladi: mashg'ulotlarni tashkil etishda maqsadni aniq belgilash (aniq maqsad asosida mashg'ulotlarning tashkil etilishi o'z navbatida vazifalarning to'g'ri belgilanishi, mashg'ulot jarayonining umumiy holatini oldindan bashoratlay olish natijalarning taxminiy bo'lsa-da, belgilab olinishi uchun sharoit yaratadi); mashg'ulotlarni puxta reja yoki loyiha asosida tashkil etish (ushbu holat aniq maqsad negizida xususiy maqsadlarni aniqlash, mashg'ulot jarayonining umumiy davri hamda bosqichlarida amalga oshirilishi talab etiluvchi vazifalarning mavjud vaziyatga muvofiqligini nazorat qilib borish, mashg'ulot jarayonida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish chora tadbirlarini ko'rish, har bir bosqichning yagona tizim mazmuniga muvofiq kelishiga erishish borasida imkoniyat yaratadi); mashg'ulotlar rejasini ishlab chiqishda tarbiyalanuvchilarning xohish-istaklari, qiziqishlari va ehtiyojlarini inobatga olish (nazarda tutilayotgan holat maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 193.21 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:16 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 193.21 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga