Tasviriy faoliyatga o'rgatishning turlari metod va usullari Reja: Ko'rgazmali metod va o'rgatish usullari. Naturadan foydalanish. Rasmlardan foydalanish. Bolalar ishlarini tahlil qilish. Og'zaki metod va o'rgatish usullari. Suhbat o'rgatish metodi. Amaliy metodlar. Badiiy adabiyotning obrazlaridan foydalanish. Ko'rgazmali metod va o'rgatish usullari O'rgatish metodlari - pedagogikada qabul qilingan ta'rifga ko'ra qo'yilgan masalani yechish uchun tanlangan yagona yo'l sifatida ta'riflanadi. U mashg'ulotdagi bolaning va tarbiyachining butun faoliyatini o'rgatish usullari-ayrim yordamchi vosita bo'lib, mashg'ulotdagi faoliyatning xususiyatini aniqlamaydi, u ta'limda tor ma'nodagi ahamiyatga ega. Ayrim metodlar mashg'ulot ishining umumiy yo'nalishini aniqlamay, balki usul sifatida namoyon bo'ladi. Masalan: mashg'ulot boshida she'r (hikoya) o'qish beriladigan vazifaga bolalarning qiziqishini uyg'otish uchun o'qilsa, boshqa mashg'ulotlarda esa, she'r o'qish tarbiyachi uchun xizmat qiladi, ya'ni mashg'ulot boshini tashkil qilish uchun qo'llaniladi. Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning mustaqil ishlari katta o'rin egallaydi, faqat bu mustaqil ishlarga bolalarning murakkab muammoli masalalarni yechishi kirmaydi, chunki bunday murakkab masalalar uzoq vaqtni talab qiladi. Qolgan metodlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun murakkablik qiladi, chunki ularning deyarli barchasi muammoli masalalarni yechish bilan bog'liqdir. Maktabgacha ta'lim muassasasi uchun o'ziga xos bo'lgan asosiy guruhni o'yin usullari tashkil etadi va bu o'yinlardan turli metodlar ichida foydalanish mumkin. Ko'rgazmali metod va o'rgatish usullari. Kuzatish metodi tasviriy faoliyatga o'rgatish tizimining umumiy asosini tashkil qiladi. Chunki, u atrof-muhitni o'rganishda, bilish hamda uni aks ettirishda muhim omil sifatida xizmat qiladi. Bolalarda qanchalik kuzatish, atrof-olam ko'rinishi bilan aloqa o'rnatish, umumiylik va yakkalikni ajratish malakasi rivojlangan bo'lsa, shuncha bolalar ijodiy qobiliyatining rivojlanishi bog'liq bo'ladi. Lekin kuzatishning o'zi ko'rganni tasvirlab berishga to'la imkon bermaydi. Bolalarni tasvirlashning muhim usullariga, turli tasvirlash materiallaridan foydalanish yo'llariga o'rgatish zarur. Ko'rgazmali metod va o'rgatish usullariga naturadan, rasm reproduksiyalaridan, namunadan, boshqa ko'rgazmali qo'llanmalardan foydalanish, alohida predmetlarni ko'rib chiqish, tarbiyachi tomonidan tasvirlash usullarini ko'rsatib berish, bolalarning bajargan ishlarini mashg'ulot yakunida ko'rsatish, ularni baholash kiradi. Naturadan foydalanish. Tasviriy san'atda naturadan foydalanish deganda, kuzatish asosida predmet yoki ko'rinishni tasvirlash tushuniladi. Naturadan foydalanib ishlanganda chizayotgan kishining ko'ziga nisbatan naturaning qay holatda turganini hisobga olgan holda ma'lum bir nuqtai nazardan turib, predmet ko'rinishi tasvirlanadi. Bu naturadan olib tasvirlash xususiyati mashg'ulot mobaynida o'zgacha idrokning rivojlanishiga ko'mak beradi. Bunda asosiysi bolaning idroki bo'lib, tekislikda tasvirlangan predmet (rasm, applikatsiya) faqat bir tomondan idrok qilinadi; loydan buyum yasaganda va qurish-yasashda bolalarda naturani o'girib qurish hamda hajm-shaklni turli xil burilishda tahlil qilish imkoni bo'lishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda naturadan foydalanishning ayrim xususiyatlarini ko'rib chiqamiz. Natura xotira ishini yengillashtiradi, negaki tasvirlash jarayoni idrok bilan birlashadi, predmetning shaklini, tuzilishini, rangini to'g'ri tushunib, yetkazib bera olishga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
461.8 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:16
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
461.8 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:16 ]
Arxiv ichida: docx