Tovushlar talaffuzini shakllantirish mustahkamlashga qaratilgan o'yinlar

Tovushlar talaffuzini shakllantirish mustahkamlashga qaratilgan o'yinlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Tovushlar talaffuzini shakllantirish mustahkamlashga qaratilgan o'yinlar - rasmi

Material tavsifi

Tovushlar talaffuzini shakllantirish mustahkamlashga qaratilgan o'yinlar Reja: Sirg'aluvchi tovushlarni nutqqa qo'yish, mustahkamlash va farqlashga qaratilgan o'yinlar. Shovqinli tovushlarni nutqqa qo'yish, mustahkamlash va farqlashga qaratilgan o'yinlar. Sonor tovushlarni nutqqa qo'yish, mustahkamlash va farqlashga qaratilgan o'yinlar. Til orqa tovushlarni nutqqa qo'yish, mustahkamlash va farqlashga qaratilgan o'yinlar. Sirg'aluvchi tovushlarni nutqqa qo'yish, mustahkamlashga qaratilgan o'yinlar Malumki, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etishda uning sabablariga alohida etibor beriladi. Chunki, artikulyatsion motorika harakatchanligining yetishmasligi va fonematik idrokning rivojlanmaganligi tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni keltirib chiqarishga sabab bo'ladi. Fonematik idrokni shakllantirish va rivojlantirish ishlari esa tovushni nutqqa qo'yish va mustahkamlash ishlari bilan parallel ravishda olib boriladi. Tovushlar talaffuzining buzilishi aoosan artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo'lgan tovushlarda kuzatiladi. Shunday tovushlar qatoriga sirg'aluvchi tovushlar kiradi. Bu tovushlardagi kamchiliklarni bartaraf etish ishlarini bolalar uchun qiziqarli bo'lgan o'yin faoliyati bilan bog'lab o'tish orqali, korreksiyalash ishning samaradorligini oshiradi. Nasos o'yini O'yinning maqsadi: Bolalarga S tovushini to'g'ri talaffuz etishga o'rgatish. O'yinning borishi: Bolalar stulchalarda o'tirishadi. Logoped bolalarga shunday deydi: - Hozir biz velosipedda sayr qilishga chiqamiz. Velosipedda sayr qilishdan avval uning kamerasiga havo damlanganmi yoki yo'qmi shuni tekshirishimiz lozim. Velosiped uzoq vaqtgacha minilmaganligi sababli kamerasi bir oz bo'shab qolibdi. Unga havo yuborish kerak. Nasos bilan kameraga havo yuboramiz. Nasosdan chiqayotgan havo S - S -S, deb ovoz chiqaradi. Bolalar avval birma-bir, o'ngra birgalikda nasos harakatiga taqlid qilib, kameraga dam uradilar. Kameraga dam berish vaqtida S - S - S tovushini cho'zibroq talaffuz etadilar. Bolalar S tovushini to'g'ri talaffuz etishlari uchun lab va tilning to'g'ri holatda bo'lishi va havo oqimining til o'rtasidan chiqishiga ztibor berib borish zarur. Do'kon o'yini O'yinning maqsadi: S tovushini so'zlarda to'g'ri talaffuz etish. O'yinning borishi: Logoped tomonidan bolalarga o'yin qoidalari tushuntiriladi. Bolalar tasavvur qilinglar mana bu stol-do'kon, stol ustidagi rasmlar, o'yinchoqlar do'konida sotiladigan narsalar. Logoped bolalarga qarata murojaat etadi. Bolalar hozir sizlar bilan shu o'yinni birgalikda o'ynaymiz. Hozir har biringizni do'konga, yani oldimga birma-bir chaqiraman va kelgan bola do'kondan o'ziga yoqqan narsani xarid qilib olishi kerak va do'kondan xarid qilgan o'yinchoq va narsalarning nomini chiroyli, baland ovoz bilan nomlab beradi. -soat-sovun-sandiq -asal-arslon- -gilos-avtobus- O'yin davomida asosan S tovushi qatnashgan so'zlarni urg'u berib jarangdor ovoz bilan talaffuz qilishga etibor beriladi. Gullar va asalarilar o'yini O'yinning maqsadi: Z tovushini nutqqa kiritish. O'yinning borishi: O'yin boshlanishidan oldin kim asal arilar bo'lishi, kim esa gullar bo'lishi aniqlanib olinadi (masalan o'g'il bolalar asal arilar, qiz bolalar esa gullar). Keyin hammalari xona bo'ylab yoki maydonchada yuguradilar. Logoped ishorasidan so'ng (chapak chalish yoki biror bir predmetga urishi) qiz bolalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.49 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.49 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga