Turli yosh bosqichlarida nutq ustirishning vazifalari

Turli yosh bosqichlarida nutq ustirishning vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Turli yosh bosqichlarida nutq ustirishning vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Turli yosh bosqichlarida nutq o'stirishning vazifalari Reja: 1.Kichik yoshdagi bolalar nutqini o'stirish vazifalari. 2.Kichik yoshdagi bolalar nutqini o'stirishning metodik masalalari. 3.O'rta yoshdagi bolalar nutqini o'stirish vazifalari. 4.O'rta yoshdagi bolalar nutqini o'stirishning metodik masalalari. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o'stirish vazifalari. Uch-besh yoshli bolalarda kattalarning mehriga, ularning tushunishiga va u bilan muloqot qilishiga ehtiyoj saqlanib qoladi. Kattalarga nisbatan ishonchga asoslangan muloqot va uning emotsional ahvolini (quvonch, zavq-shavq, qayg'u, xotirjamlik, jahldorlik va h.k.) his qilishga, kayfiyat o'zgarganligi sabablarini tushunishga qodirlik rivojlanadi. Kattalar bilan muloqotning yangi shakli - qiziqarli mavzularda muloqot qilish vujudga keladi va rivojlanadi. U dastlab kattalar bilan birgalikdagi bilish faoliyatiga (masalan, o'yin, predmetlar va o'yinchoqlar bilan tajriba o'tkazish, qog'ozdan va tabiiy materialdan narsa yasash va boshq.) qo'shilib ketgan, so'ngra, bola hayotining beshinchi yili oxiriga kelib muayyan vaziyat bilan bog'liq bo'lmagan bilish mavzularidagi «nazariy» muloqot ko'rinishiga ega bo'ladi. Bolalarning katta yoshli odam bilan muloqotga bo'lgan ehtiyojining qondirilmasligi ular o'rtasida emotsional jihatdan begonalashuvga olib keladi. U turli ko'rinishda namoyon bo'ladi: bazi bolalar indamas, hurkak, arzimagan narsaga ham yig'lab yuboruvchi bo'lib qoladilar; boshqalari esa - negativizm, tajovuzni namoyon qilishadi. Bola hayotining to'rtinchi yilida tengdoshi uning uchun eng avvalo, birgalikdagi amaliy faoliyat (rasm chizish, narsa yasash, tuzish va h.k.) ishtirokchisi, o'yindagi sherik sifatida qolaveradi. Bola tengdoshiga eng oddiy talablar, iltimoslar bilan murojaat qiladi va tengdoshining harakatiga baho beradi. Besh yoshli bolalar tengdoshlarining hadeb u yoki bu narsani so'rab, jonga tegishini salbiy baholaydi. Besh yoshga kelib, tengdoshlari bilan muloqotga va ular bilan bolalar jamiyatini vujudga keltiradigan birgalikdagi o'yinlarga bo'lgan ehtiyoj keskin ortadi. Bola hayotining beshinchi yiliga kelib, u o'z tengdoshlari o'rtasida o'z o'rnini anglay boshlaydi. Kommunikativ qo'nikma rivojlanadi: bola salomlashadi va xayrlashadi, do'stini ismini aytib chaqiradi, to'rt-besh yoshlarga kelib - sherigini u o'ynayotgan rol nomi bilan chaqiradi («hoy, shofyor, arqon g'ildirakning tagiga tushib ketdi»). Kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish bolaga o'zining «men»ini anglash imkonini Uch yashar bola nutqini rivojlantirishga oid vazifalar: bolaning imkon doirasi va undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol muloqotga kirishishi, kattalarning savol va takliflariga javob berishi, o'z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko'rsatib fikr bildirishga intilishini qo'llabquvvatlang; tengdoshlari ishlariga qiziqishi, o'z taassurotlarini ular bilan o'rtoqlashishni istashi, o'yin harakatlari, ro'y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag'batlantiring; bolangizning lug'at zahirasini kishilar, o'simliklar, oziqovqatlar, kiyim-boshlar, mebellar, uy hayvonlari, o'yinchoqlar, narsabuyum qismlari (ko'ylak engi, cho'ntaklari va yoqasi; mashina eshigi va g'ildiragi kabilar) nomlari bilan boyitib boring. Gapda so'zlarni birbiriga to'g'ri bog'lashni (masalan, «Uyda ketdi» emas, «uyga ketdi», «Kecha boraman» emas, «Bugun boraman») ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 280.76 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 280.76 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga