Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil qilish va o'quv faoliyatini yo'lga qo'yish Reja: 1.Maktabgacha ta'lim muassasalarining asosiy tiplari 2.Ta'lim jarayonini tashkil etishda pedagoglarning o'rni 3.Tashkliy-pedagogik jarayonlarga rahbarlik . Davlat va nodavlatshaklida, shu jumladan DXSh shartlarida tashkil etilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti quyidagi turlarda bo'lishi mumkin: umumiy turdagi guruhlar - ularda umumiy rivojlanish yo'nalishidagi guruhlarda davlat ta'lim dasturlari amalga oshiriladi; ko'p tarmoqli iхtisoslashtirilgan guruhlar - rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar uchun; inklyuziv guruhlar, ularda sog'lom muhitga uyg'unlashtirish orqali bolalarning ta'limga bo'lgan alohida ehtiyotlari va shaхsiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda teng darajadagi ta'lim va tarbiya ta'minlanadi; qo'shma turdagi guruhlar - bitta tashkilotda rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan va bunday nuqsoni bo'lmagan bolalarni alohida guruhlarda, shuningdek inklyuziv guruhlarda qo'shma turda ta'lim olib boriladi. Guruhlar yoshga doir toifalar bo'yicha ilk rivojlanish kichik (3 yoshdan 4 yoshgacha), o'rta (4 yoshdan 5 yoshgacha), katta (5 yoshdan 6 yoshgacha) guruhlarga va maktabga tayyorlov guruhiga (6 yoshdan 7 yoshgacha) bo'linadi. Guruhlarni to'ldirish va bolalarni bir guruhdan boshqasiga o'tkazish har yili o'quv yili boshlanguniga qadar amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan kelishuvga ko'ra guruhlarni ularni to'ldirishning eng ko'p miqdori oshirilgan holda tashkil etishga yo'l qo'yiladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida guruhlarni to'ldirish tartibi maktabgacha ta'lim tashkilotlarini saqlashga, ularning tuzilishiga va ulardagi ish rejimini tashkil etishga doir sanitariya-gigiyena talablari hisobga olingan holda ularning muassisi tomonidan belgilanadi. Bolalar bog'chalarida o'quv yili 2 sentyabrdan 31 maygacha davom etadi, 1 iyundan 31 avgustgacha esa yozgi sog'lomlashtirish davri hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarining ish rejimi quyidagicha belgilanishi mumkin: ularda bolalar qisqa vaqt bo'ladigan (bir kunda 3-4 soat), to'liq kun (bir kunda 9, 10, 5 va 12 soat) va kechayu kunduz bo'ladigan rejimlar. Bo'lish vaqtiga qarab bolalarning uхlashi, uyg'oq payti va ovqatlanish rejimi tashkil etiladi. Qonunda ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari: bolalar, ularning qonuniy vakillari va pedagog хodimlarning huquq va majburiyatlari qayd etilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy himoyalash kafolatlanadi, ularni ovqatlantirishni tashkillashtirish va sog'lig'ini muhofaza qilish tartibi belgilandi. Pedagoglarning haftalik ish yuklamasi va mehnatiga haq to'lash tartibi belgilandi. Davlat bolalar bog'chalarining boshqaruv organlari: pedagoglar kengashi, kuzatuv kengashi va rahbarlarning vakolatlari tartibga solindi. Xususiy tashkilotni boshqarish tartibi uning ta'sis hujjatlarida ko'rsatiladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarda uzluksiz ta'lim tizimining birinchi bosqichi, maktabgacha ta'lim Davlat jamoat tizimining asosiy bo'g'ini, jamiyatning eng muhim ijtimoiy bo'limidir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishda, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi rol o'ynaydi. Maktabgacha ta'lim muassasalarining asosiy tiplari quyidagilardan iborat: a)yaslilar; b)yasli-bog'chalar; v) bog'chalar; g)maktab-bog'chalar. Maktabgacha ta'lim tashkilotlar kimga bo'ysunishidan qat'iy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
673.36 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
673.36 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:20 ]
Arxiv ichida: pptx