Uyqu psixogigiyenasi Reja: Uyquning miqdori va sifati, davomiyligi ahamiyati. Bosh miya po'stloq qismi hujayralarining faolligi. Parodoksal uyqu. Uyquning miqdori va sifati, davomiyligi ahamiyati Insonning ish qobiliyati uchun uyquning miqdori, sifati va doimiyligi muhim ahamiyatga ega. Kam uxlash yoki uxlay olmaslik xotiraning yomonlashuviga, yomon kayfiyat va boshqa psixik buzilishlarga olib keladi, diqqatni to'play olmaslikda namoyon bo'ladi. Aksincha, doimiy yaxshi uxlash psixikaning ish qobiliyatini oshiradi. I.P.Pavlov uyquni nerv sistemasi qutqaruvchisi, Shekspir ruh balzami, Aristotel hayot xizmatkori deb bejiz aytishmagan. Uyqusizlik yoki uzoq vaqt yaxshi uxlamaslik salbiy o'zgarishlarga, masalan, yurak-qon-tomir kasalliklariga, hatto o'limga ham olib kelishi mumkin. Uyqu bu bosh miya po'stloq hujayralarining faol tormozlanish jarayonidir. Miyaning malum markazlari uyquning o'z vaqtida kelishiga javob beradi, bosh miya po'stloq hujayralari charchashning odini oladi. Lekin po'stloq ostidagi ko'p hujayralar uyqu vaqtida ham ishlashni davom ettiradi. Ularning bazilari po'stloqdagi tormozlanish holatini mustahkamlaydi, boshqalari esa organizmning hayoti uchun muhim jarayonlar - yurak faoliyati, nafas olish, moddalar almashinuvi kabilarning ishini ta'minlaydi. Uyqu jarayoni chuqur uyqu va tush ko'radigan uyqu bilan doimiy almashishda kechadi. Chuqur uyquni qisqa to'lqinlar uyqusi ham deb atashadi, chuki elektroentsefalogramada (EEG) po'stloqning bioelektrik faolligi qisqa to'lqinlarda namoyon bo'ladi. Tush ko'riladigan uyquda EEGda yuqori chastotali to'lqinlar paydo bo'ladi. Bunday uyqu tez to'lqinlar uyqusi deb ataladi, bu bosqichda inson qattiq uxlasa-da, tetiklik vaqtdagi to'lqinlarga o'xshaydi. Tush ko'rayotgan vaqtda inson ko'zi tez-tez harakatlanadi. Parodoksal uyqu (tush ko'radigan) umumiy uyqu davomiyligining 20-30%ini tashkil etadi. Parodoksal uyquning birinchi bosqichi uxlagandan so'ng 40-90 daqiqadan so'ng boshlanadi, taxminan bir xil intervalda 4-6 marta takrorlanadi. Parodokal uyquning davomiyligi 5-20 daqiqa. Uyquning sifatini baholashda tush ko'riladigan uyquga katta ahamiyat beriladi. Chaqaloqlarda ortodoksal (tush ko'rmaydigan) va parodoksal uyqu nisbati 8:8 ga teng. Qariyalarda uyquning umumiy davomiyligi kamayganda bu nisbat 5:1 ga teng bo'ladi. Yavanovich tadqiqotlaridan malum bo'lishicha, 5 kun uxlamagan insonlarga, uxlash imkoniyati berilganda, ularda parodoksal uyqu 2 marta ortgan. Tajriba ishtirokchilarini tush ko'radigan bosqichdan mahrum qilingandagi psixik jarayonlarning buzilishi kuzatilgan. Shunday qilib, tush ko'riladigan uyqu - eng yaxshi uyqudir. Buni boshqa tadqiqotchilarning natijalari ham tasdiqladi. Masalan, rus fiziologlari Baxur va Semenov tadqiqotlaridan malum bo'lishicha, uyqu dorilar va alkogol tush ko'riladigan uyqu bosqichlarini qisqartiradi va uyqu sifatini pasaytiradi. Bu vositalar miya tetikligi tizimiga ta'sir qilsa-da, ular tush ko'riladigan uyquning boshlanishiga halaqit beradi. Kechasi uyqu dorilar ichgan insonlar ertasiga ertalab o'zlarini charchoq, uxlamagandek, his qiladilar. Barcha uyqu dorilar uxlashga yordam beradigan narkotiklar hisoblanadi. Pragada o'tkazilgan tadqiqotlardan malum bo'lishicha, kechqurun uyqu dori ichgan insonlarda xotira va diqqatni bir joyga to'plash uchdan bir qismga pasayadi. Uyquga ketishdan oldin, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.49 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.49 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:21 ]
Arxiv ichida: doc