Yozma nutqdagi kamchiliklar Reja: 1. Disleksiya, uning tasnifi 2. Disgrafiya yozuv jarayonining psixofiziologik qurilishi 3. O'qish va yozuvida kamchiligi bo'lgan bolalarni tekshirish 4. Yozma nutq kamchiliklarini bartaraf etishda olib boriladigan logopedik ishlar metodikasi Disleksiya, uning tasnifi Nutq - fikr bayon qilish vositasi bo'lib, og'zaki va yozma shaklda ifodalanadi. Tafakkur nutq yordamida ro'y berib, shu tufayli kishilar birbirlari bilan aloqa bog'laydilar. Og'zaki nutq pauza, urg'u, intonatsiya va tovushlar orqali tinglovchiga borib Etsa, yozma nutq, harf va so'zlarning malum qonuniyat asosida o'zaro birikuvi, tinish belgilari, har xil ajatishlar, gaplarni grammatik jihatdan aniq va tovushlar bayon qilish orqali Etib boradi. Og'zaki nutqning yozma nutqdan yana bir farqi shuki, og'zaki nutqni eshitamiz, yozma nutqni ko'ramiz va o'qiymiz. Yozma nutq murakkab jarayon bo'lib, u ko'p vaqt mehnat talab qiladi. Sintaksis jihatdan qaraganda yozma nutq eng to'liq va mukammal nutqdir. Bu nutq ixtiyoriy fikrimizni ifodalab berishning eng yaxshi vositasidir. Yozma nutq og'zaki nutq asosida rivojlanadi. Og'zaki nutq hayotda kishilar bilan munosabatda bo'lish, ularga taqlid qilish yo'li bilan rivojlanib, boladan maxsus o'qish va o'rganishni talab etmaydi. Yozma nutq esa harflar va belgilar yordami bilan tovushlar, so'zlar, gaplarni ko'z bilan idrok qilishga, qo'l bilan yozishga mo'ljallangan nutqdir. Hozirgi zamon adabiyotlarida o'qish buzilishlari aleksiya va disleksiya terminlari bilan yuritiladi. Aleksiya termini o'qish jarayonining yo'qligini, disleksiya termini esa o'qish jarayonini qisman buzilishini bildiradi. O'qish buzilishlari bolalar orasida keng tarqalgan. Mualliflarnin bergan ma'lumotiga ko'ra Yevropamamlakatlarida aqli normal bolalar orasida disleksiya 10% tashkil etar ekan. R. Bekker ma'lumotiga ko'ra esa, ommaviy maktab boshlang'ich sinf bolalarida o'qish buzilishlari 3% og'ir nutq kamchiligiga ega bo'lgan bolalar maktabida esa 22 % ni tashkil etar ekan. R.I. LalaYeva ma'lumotiga ko'ra, yordamchi maktablarining o'quvchilarida o'qish buzilishlari 62 % tashkil etadi. A.N. Korneva ma'lumoti bo'yicha 7-8 yoshli o'quvchilar orasida 4,8% disleksiya kuzatilgan. Og'ir nutq kamchiligiga ega bo'lgan bolalar va psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar maktabi o'quvchilarining 20-50% da disleksiya aniqlangan. Disleksiya o'g'il bolalarda qiz bolalarga nisabatan 4,5 baravar ko'p uchrar ekan. Disleksiya - bu markaziy psixik funksiyaning shakllanmaganligi va qatiy xarakterdagi xatolarning qaytarilishi bilan bog'liq bo'lgan o'qish jarayoning qisman buzilishi. Disleksiyaning alohida o'zi mustaqil nutq nuqsoni sifatida kamdankam uchraydi. Disleksiya belgilari quyidagichadir: Harflarni esda saqlay olmaslik, ularni bir-biri bilan almashtirib o'qish; harflarni bo'g'inlarga biriktira olmaslik; Harf va bo'g'inlarni qayta - qayta takrorlash, tushirib ketish, o'rnini almashtirish natijasida manoni tushunmay, noto'g'ri sekin o'qish; So'z qismlarini, bo'g'inlarni, qo'shimchalarni boshqa harf, bo'g'in yoki so'zlar bilan almashtirish; Tinish belgilari, pauzalarga rioya qilmaslik; so'z o'rtasida to'xtab, pauzalar qilib, birinchi so'zning ikkinchi qismini ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.21 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:32
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.21 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:32 ]
Arxiv ichida: docx