I-II Sinflarda tabiatshunoslik o'qitishning metodik xususiyatlari Reja: Bolalarni atrof-olam bilan tanishtirishning ta'lim-tarbiyaviy vazifalari. 1-sinfda tabiatshunoslik o'quv materiallarini o'rganish metodikasi. Atrofimizdagi olam darsligi bilan ishlash metodikasi. 2-sinf tabiatshunoslik o'quv materiallarini o'rganish yo'llari. 3-sinfda tabiatshunoslik o'qitish metodikasi. 4-sinfda tabiatshunoslik o'qitishning metodik xususiyatlari. Asosiy tushunchalar. 1-2 sinf o'quvchilarini atrofimizdagi olam jism va hodisalari bilan tanishtirish yo'llari; atrofimizdagi olam o'quv predmeti materiallarini qanday yo'l bilan bolalar ongiga singdirilishi; 2-sinfda atrofimizdagi olam o'quv predmeti mazmuni qanday mavzularni o'z ichiga olishini; ushbu materiallar qanday metod va vositalar bilan o'quvchilarga yetkazilishi; 3-sinflar tabiatshunoslik o'quv materiallarining mazmuni nimaga qaratilganligi; 4-sinf o'quv materiallarining mazmuni bilan tanishish; 3-4-sinflarda tabiatshunoslik predmetining o'qitilishida o'ziga xos metod va vositalarni tanlash haqida talabalarga bilimlar hosil qilish. Ma'lumki, 1986 yildan boshlab, 1-sinf o'quvchilari Atrofimizdagi olam darsligini o'rgana boshladilar. Bu savod o'rgatishning alifbe davrlaridayoq o'qituvchi o'quvchilar e'tiborini o'z joyidagi tabiat obyektlarini o'lkashunoslik yo'nalishida kuzatishlariga qaratadi. 2-yarim yilda kuzatishlar o'qish va nutqni rivojlantirish bilan parallel holda olib boriladi. To'g'ri tashkil etilgan kuzatishlar o'quvchilarda tabiat to'g'risida to'g'ri tasavvurlarni va unga muhabbat bilan qarash ruhini shakllantiradi. 1-sinfda shakllantiriladigan asosiy tushunchalar - «tabiat», «jonli va jonsiz tabiat», «erta gullaydigan o'simliklar», «parrandalar», «qushlar», «baliqlar», «hashoratlar» tushunchalaridir. Bu tushunchalar mazmun jihatidan murakkabdir, shunga ko'ra 1-sinf o'quvchisida tabiatdagi kuzatishlar asosida ular to'g'risida faqat oddiy tasavvurlarni shakllantirish kifoyadir. Masalan, bolalar hashoratlar to'g'risida, ularning tanasi, bosh, ko'krak va qorin qismlar haqida, ularning uch juftdan oyoqlari borligi to'g'risida tasavvur olishi kerak. Materialni oson o'zlashtirib olishlari uchun o'quvchilar uncha katta bo'lmagan guruhlarga bo'linib, ular bilan dastur bo'yicha muntazam kuzatishlar o'tkazilishi zarur. Kuzatishlar bilan bog'liq bo'lgan birinchi mashg'ulotni maktab o'quv-tajriba maydonida o'tkazilishi mumkin. Mashg'ulot maqsadi tabiat ustidan tashkiliy kuzatishlarni boshlash, atrof-tabiat obyektlari to'g'risida oddiy tushunchalar berishdir. Birinchi mashg'ulotni qiziqarli hikoya bilan boshlash lozim, undan bolalar tabiat nima ekanligi to'g'risida dastlabki tasavvurni olishlari, odamning tabiatda yashashligi, unda hayot uchun zarur bo'lgan barcha sharoitlar borligi, ko'p ming yillar davomida odam tabiat ne'matlari hisobiga yashab kelganligi va faqat yaqindagina tabiatda bo'lmagan narsalar (paravoz, paraxod, kosmik yo'ldosh, raketa va hoka'zolar) ni ishlab chiqara boshlaganliklarini bilib oladilar. Inson tabiatni qanday o'rgangan? U safarlar vaqtida hamda kundalik hayotda ko'p kuzatgan, o'ziga kerakli narsani yasashga, foydali o'simlikni o'stirishga o'ringan, tajribalar o'tkazgan. O'qituvchi o'quvchilarga odam tabiatni qanday o'rganganligi, uning to'g'risidagi bilimlardan qanday foydalanganligiga misollar keltirishni taklif qiladi. Bolalarga tabiatda boradigan o'zgarishlar, xususan, ob-havoning o'zgarishi to'g'risida hikoya qilish, ular e'tiborini osmonning holatiga, quyoshning qanday yoritishiga, bulutlarning bor-yo'qligiga, shamol esishiga qaratmog'i, shundan keyin ob-havo holatini umumlashtirmog'i lozim. So'ngra hayvonot dunyosiga o'tiladi. Bolalarga chumoli inini ko'rsatib, qanaqa jonivorni ko'rayotganliklarini, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.06 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.06 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:42 ]
Arxiv ichida: doc