Reja: 1. Mehnat ta'limi fanini maqsad va vazifalari. 2. Mehnat ta'limi fanini xususiyatlari 3. Mehnat ta'limini amalga oshirish uchun hal qilinishi lozim bo'lgan vazifalar 4. O'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalarni baholash 5. O'quvchilarning mehnat ta'limidan tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan DTS talablari 1-4 sinflardan mehnat ta'limi darslarini taxminiy rejalashtirish O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida umumta'lim maktablarida o'qitiladigan barcha fanlarning DTS lari va o'quv dasturlari ishlab chiqildi va u bosqichma-bosqich joriy etib borilmoqda. Umumiy o'rta ta'limning DTS (199 yil 16 avgust) o'quvchilar umumta'lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo'yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi. Mehnat ta'limi bo'yicha DTS da umumiy o'rta ta'lim maktablarida mehnat ta'limi va kasb tanlashga yo'naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni bitirgan o'quvchilarning mehnat ta'limi fanidan tayyorgarlik darajasini me'yorlari ifodalanadi. Mehnat ta'limi o'qituvchi rahbarligida o'quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo'lib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarini hamda malum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko'nikma va malakalarni egallashlariga ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo'lida mehnat faoliyatida ko'nikishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlarni va tafakkurlarni rivojlantirishga qaratilgan o'quv fanidir. Umumiy o'rta ta'lim maktabida mehnat fanini o'qitishning maqsadi: O'quvchilarning aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari bilan tanishtirish. Kasblar bilan tanishtirish Dastlabki mehnat ko'nikmalari va malakalarini shakllantirish Mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish Mehnat va kasblarni qadrlash ularni ahamiyatini tushunishga o'rgatish Kasb tanlashga tayyorlash orqali ularning kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish 5-sinf uchun uzviy bog'lanish zaminini yaratishdan iborat. Bular ta'limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar hisoblanadi. ta'limiy maqsad- o'quvchilarning barkamol shaxslar bo'lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, kasblar asoslari texnologiyasini o'rgatish, ularni kasb tanlash bilan uyg'unlashtirish orqali ularning kasbga tayyorgarligiga zamin yaratishdan iborat. Tarbiyaviy maqsad- O'quvchilarning mehnat ko'nikmalarini egallashlari jarayonida mehnat va kasbga munosabatlarida yuqori aqloqni sifatlarini mehnatsevarlik, vatanparvarlik va tadbirkorlikni rivojlantirib borishdan iborat. Rivojlantiruvchi maqsad- mehnat ta'limi mashg'ulotlari jarayonida o'quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy badiiy estetik tarbiya va ta'lim berish orqali ularning barkamol shaxslar bo'lib etishishlariga yordam berishdan iborat. Nazorat maqsad- O'quvchilarning dasturda belgilangan bilim, ko'nikmalarni DTS ga binoan o'zlashtirish holatini nazorat qilishdan iborat. Mehnat ta'limi fani boshqa o'quv fanlaridan o'zining bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Ushbu fanni o'qitishda amaliy mazmun ustivorligi Ishlab chiqarish bilan uzviy va chambarchas bog'liqligi Mujassam fan ekanligi (fanlar bilan aloqadorligi) O'qitishda o'g'il va qiz bolalar mehnatini o'ziga xosligi Shahar va qishloq maktablarining moddiy texnika jihatdan ta'minlanish darajasiga bog'liqligi Shahar va qishloq maktablarining kasbiy mahoratini shakllanishi bilim, ko'nikma va malakalarining o'ziga xosligi 1-4 sinflardan mehnat ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.45 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.45 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:42 ]
Arxiv ichida: doc