1-sinf o'qish kitobining tuzilishi O'qish darslari atrof-muhit, insoniy munosabatlar, Vatanning o'tmishi va hozirgi kundagi hayoti, unda insonlarning o'rni haqidagi o'quvchilar bilimlarini kengaytiradi, dunyoqarashlarining shakllanishiga, ma'naviy- axloqiy tarbiyasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Natijada o'quvchilarda ijobiy- axloqiy sifatlar shakllana boshlaydi, vatanparvarlik, vatanga muhabbat, insonparvarlik hislari rivojlanadi. Shuning bilan birga kitobda mustaqil o'qish uchun ham materiallar berilgan. Darslikning har bir bo'limi ma'lum maqsad asosida tuzilgan. Har bir bo'lim so'ngida mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar, turli boshqotirma va rebuslar berilganki, bular o'quvchilarda erkin fikrlashni, izlanish qobiliyatini rivojlantirish bilan birga, ularda o'qish motivlarini rivojlanishiga xizmat qiladi. Birinchi bo'lim - O'zbekiston - mening vatanim o'quvchilarni vatan tushunchasi bilan tanishtirib, uning qiyosi yo'qligiga ishontiradi, uni asrab avaylashga, u bilan faxrlanish o'rgatadi. Shuningdek, vatanning o'tmishi va hozirgi kuni haqidagi materiallar ham o'quvchilarda vatnparvarlik, vatanga muhabbat hislarini rivojlantirishga ham ta'sir ko'rsatadi. Ikkinchi bo'lim - Biz - buyuklar avlodi deb nomlangan. Bu bo'limda o'quvchilar o'zbek xalqining buyuk xalq ekanligini, uning donishmand farzandlarini butun dunyo bilishini o'rganib, ularda vatanparvarlik, insonparvarlik sifatlari tarbiyalanadi. Bu bo'limda ular millatimiz faxri bo'lgan Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek, Abu Ali ibn Sino, Bobur kabi allomalar haqidagi ma'lumotlar bilan tanishadilar. Ularning hayoti haqidagi rivoyatlarni o'rganadilar. Uchinchi bo'lim- Ko'klam- yashardi olam deb nomlangan. Bu bo'limda o'quvchilar bahor fasli, unda o'tadigan bayramlar, bahorda bajariladigan ishlar haqidagi ma'lumotlar bilan tanishadilar, fasllar haqida, bayramlar, urf- odatlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lishadi. To'rtinchi bo'lim - Ilm - aql chirog'i deb nomlangan bo'lib, o'quvchilar bu bo'limda ilmga, o'qishga, kitobga mehrli bo'lish haqida bilim va ko'nikmalar hosil qilishadi. O'quvchilar bu bo'limni o'rganish orqali ilmning inson hayotidagi ahamiyatini bilib oladilar. Bilimli bo'lish uchun ko'proq o'qish, o'rganish lozimligini anglaydilar. Beshinchi bo'lim - Xalq o'giti - baxt kaliti deb nomlanib, xalq og'zaki ijodini o'rganishga bag'ishlangan, bunda 1-sinf o'quvchilarining yoshi, o'zlashtirish xususiyatlariga mos materiallar tanlangan. Asosiy maqsad o'quvchilarda umuminsoniy sifatlarni, qadriyatlarni tarbiyalashga qaratilgan. Oltinchi bo'lim - Odob - insonga husn. Bu bo'limda insonning eng go'zal fazilatlaridan biri - odoblilik haqida gap boradi. Bu bo'limni o'rganish orqali o'quvchilar kundalik hayotidagi insoniy munosabatlarni, undagi axloq normalarini, umuminsoniy sifatlarni bilib o'zlashtirib oladilar. Yettinchi bo'lim - Mehnatning tagi rohat. Bunda o'quvchilar mehnat insonga baxt keltirishini, insonlar hayotida baxtli yashash uchun biror kasbni egallashlari zarurligi haqidagi mavzularni o'rganadilar. Ularda mehnatga hurmat, mehntsevarlik, kasb egallashga qiziqish tarbiyalanadi. O'qituvchi badiiy matn ustida ishlaganda mavjud savol va topshiriqlardan foydalanadi. U matnni avval ifodali qilib o'qib beradi. Keyin matn mazmuni ustida suhbat uyishtiradi. Bunda o'qituvchi savollar va tasviriy vositalardan foydalanadi. O'quvchilarning o'zlariga ovoz chiqarmay o'qish, mazmunini tushunish topshiriladi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.14 MB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:43
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.14 MB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:43 ]
Arxiv ichida: pptx