1-sinfga kelayotgan bolalar bilan olib boriladigan ishlar

1-sinfga kelayotgan bolalar bilan olib boriladigan ishlar

O'quvchilarga / Pedagogika
1-sinfga kelayotgan bolalar bilan olib boriladigan ishlar - rasmi

Material tavsifi

1. Maktablardagi psixologlarning ishi. 2. 1-sinfga kelgan bolalardagi muammolar. 3. Bolalar bilan olib boriladigan ishlar. 4. Psixologning profilaktik ishlari. 5. Xulosa. Adabiyotlar ro'yxati. 1-sinfga kelayotgan bolalar bilan olib boriladigan ishlar 1-sinfga kelayotgan bolalar bilan olib boriladigan ishlar. Psixolog ishini nimadan boshlashi kerak? Bugungi kunda ko'pchilik umumiy o'rta ta'lim maktablari o'zining psixologlariga ega. Biroq shunga qaramay direktor va o'qituvchilar ko'pincha psixologning qo'lidan nima kelishi mumkinligini yaxshi tasavvur etolmaydilar. Ularga psixolog hamma muammolarini bir zumda hal qilib beradigandek tuyuladi. Ammo psixologning maktabda ish boshlaganidan keyin maktabda tashqi jihatdan hech narsa o'zgarmaganini ko'rishgach, ularda «Maktab psixologining o'zi nima keragi bor?» degan tipdagi savollar tug'iladi. Psixologik xizmatning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog umumiy o'rta ta'lim maktabida quyidagi vazifalarni bajarishi talab etiladi: 1. Bolalarning har-bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual jihatdan to'laqonli rivojlanishini ta'minlash, ularda o'z-o'zini tarbiyalash va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish: 2. Har bir bolaga indivudual yondashuvni va uning psixologik- pedagogik o'rganilishini ta'minlash: 3. Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida yuz berishi mumkin bo'lgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish. Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu psixolog o'qituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas. Psixolog maktabda engib o'tishi kerak bo'lgan birinchi to'siq - bu maktabning pedagogik jamoasiga qo'shila olishdir. Bordi-yu, psixolog bu murakkab organizmga qo'shilib keta olmasa, o'z ishida muvaffaqiyatga erishishi dargumondir. 6-7-yoshdan bolalar maktabga bora boshlashadi. Maktabga kelish arafasida bolaning so'z boyligi o'z fikrini bayon eta oladigan darajada ortadi. Maktabga borish bilan bog'liq bo'lgan muammolar kuyidagilardan iborat. 1.Yangi o'quv tartibi bilan bog'liq bo'lgan muammolar. Bunday muammolar asosan bog'chaga bormagan bolalar uchun xosdir. 2.Bolaning sinf jamoasiga moslashuvidagi muammo. Bu holat bolalar jamoalarida etarli darajada ishtirok yetmaganlarda uchraydi. 3.o'qituvchi bilan o'quvchi munosabatlarida yuzaga keladigan muammolar. 4.Bolaning oilaviy sharoiti o'zlashtirishi bilan bog'liq bo'lgan muammolar. o'qishning dastlabki oylarida mak- tab psixologining 1-sinf o'quvchilari bilan olib boradigan asosiy ishlari a)maktabga moslashishga kiynalayotgan bolalarni aniqlash; b)bu bolalarga psixologik yordam ko'r- satish. Maktabga kelgan bolalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishning muhim sharti ular bilan ishlash chog'ida qo'llanayotgan metod va tarbiya shakllarining bolalar psixofiziologik xususiyatlariga mos bo'lishidir. ta'lim - tarbiya jarayoni asosan didaktik o'yinlar, turli xil amaliy va tasviriy faoliyat shakllarida o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir. . Bolalar bilan an'anaviy maktab darsi shaklida zinhor - bazinhor ishlab bo'lmaydi. Bolalar maktabda ta'lim olishlari uchun ta'lim jarayoni ularning tabiiy rivojlanishi bilan uyg'un bo'lishi kerak. Psixolog mashg'ulotidan maqsad bilim va ko'nikma bilan qurollantirish emas, rivojlantirish ekanini unutmasligi kerak. Psixologning vazifasi fakatgina muammolarni o'rganib bartaraf etish emas balki keyinchalik bunday muammolarga duch kelmaslik uchun da- vomli dastur ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 371.36 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:43 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 371.36 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga