Reja: Yozuv daftar asosida hosil qilinadigan imloviy bilimlar. Imloviy o'yinlar. 3. Diktant turlari. Tayanch iboralar: Grafik malaka, harf elemyementlari, harf nusxalari, so'zlar nusxasi, yozma shakl, bosma shakl, tovushlar tarkibi, harf va tovush, harfiy diktanti, so'z diktanti, bo'g'in diktanti, gap diktanti, ochiq va yopiq bo'g'in. Yozuv daftari asosida uyushtiradigan yozuv daftarida o'quvchilar asosan grafik malakalarni egallaydilar. Yozuv ko'nimalarini shakllantirish ham bevosita nutq hamda tafakkur faoliyati bilan bog'liq. Shu tufayli yozuv daftari yozuv o'rgatish jarayonining davrlashtirishiga mos holda tuziladi. O'quvchilar tayyorlov davriningbirinchi bosqichida yozuv chiziqlarini farqlash ( asosiy yozuv chizig'i: ( =); yordamchi yozuv chizig'i: (--) , harf elyementlarini yozish, elyementlar oralig'ini chamalash orqali ular orasida bir xilda masofa qoldirish, hoshiyalar ustidan chizishni mashq qilish orqali qo'lni yozuvga tayyorlash ishlarini bajaradilar. Ikkinchi bosqichda unli harflarning kichik va bosh shakllarini yozishni o'rganadilar. Asosiy davrda undosh harflarning kichik va bosh shakllarini , o'rganilgan unli va undoshlar bilan bo'g'in, so'z, gap yozishni mashq qiladilar. Bu davrda harflarning o'quvchi xotirasida to'g'ri foydalanish, tovushlarning so'z ma'nosini farqlashdagi vazifasini anglashlariga erishish, shular bilan bog'liq holda nutqni boyitish, fikrlash faoliyatini rivojlantirishko'zda tutiladi. Daftarda ta'lim beruvchi, o;rganuvchi - tekshiruvchi, tekshiruvchi xarakterdagi mashqlar berilgan. U bilan ishlashda lug'at ishiga doir, talaffuzmashqlari, og'zaki suhbat, hikoyalash, tuzilgan hikoyadan gapni, gapdan so'zni ajratish, so'zni bo'g'inlargga bo'lish, so'z yoki bo'g'indagi yozilishi o'rganiladigan harfni ajratish, bo'g'inlarni biriktirish, tuzilgan so'zlarni o'qish va yozish kabi ish turlari bajariladi. Yozuv daftarida o'quvchilar ,,Alifbe'' kitobida o'qigan tovush tarkibini bir butun holda gavdalantira oladigan til birligini yozadilar. Daftarning yuqori qismida predmet yoki mazmunli rasmlar berilgan. Ayrim predmet rasmlari nomlarini ifodalovchi so'z nusxalari katakchalarga ajratib berilgan, ayrimlarida ajratilmagan, ulardagi tovush soni tahlil yo'li bilan aniqlagach, bolalarning o'zlari katakchalarga va bo'g'inlarga mustaqil ajratadilar. Ba'zi o'rinlarda rasm asoida tuzilgan gapning nusxasini o'quvchilarning o'zlari chizadilar. Nusxa asosida gapning yozilishini izohlaydilar. Predmet rasmi berilgan o'rinda shu predmet nomi - so'z bo'g'in- tovush jihatdan tahlil qilinadi, so'zdagi, tovushlar soni suhbat aniqlanadi va tasmachada belgilanadi. Masalan, 14 - sahifadagi rasm va tasmacha ustiga quyidagicha tahlil o'tkaziladi. Ramdagi predmet nomini ayting. Shu so'zni men talaffuz qilaman, siz unda nechta bo'in borligini aniqlysiz ( non -bir bo'inli so'z) Non so'zini aytib, so'z boshidagi va oxiridagi bir xil undoshni ayting (n) Noon qaysi tovushni chuzib aytdim? (o unli tovushni) Demak, so'zda nechta tovush bor? ( 3 ta tovush bor) Tasmachani nechta katakchada ajratish kerak? (3 ta katakchaga ajratish kerak) Undosh va unli tovushning o'rnini bo'yang Mazmunli rasm rasm asosida nusxasiga mos gap tuziladi. Buning uchun o'quvchi shu nusxada mos svol beradi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.55 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.55 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:43 ]
Arxiv ichida: doc