MUNDARIJA Kirish I BOB. Badiiy asarni ifodali o'qish va uning nazariy asoslari 1-fasl. Ifodali o'qishda she'riy o'lchovlarning o'rni va ohangdorlikni oshiruvchi vositalar 2-fasl. 3- sinf O'qish kitobidagi she'riy asarlarning mavzu ko'lami va mazmundorligi II BOB. 3- va 4-sinf O'qish kitobidagi she'riy asarlarning badiiy tasviriy ifodaviyligi va leksik-semantik tahlili 1-fasl. 3- sinf O'qish kitobidagi she'riy asarlarda qo'llanilgan badiiy tasviriy vositalar va poetik figuralar 2-fasl. 4-sinf O'qish kitobi dagi she'riy matnlarning leksik-semantik tahlili Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, xususan, milliy istiqlol g'oyalarining hayotimizda toboro chuqur ildiz otib borishi ta'lim tizimidagi islohotlarning ham mazmunini boyitmoqda. Yoshlarning har tomonlama kamol topishi, o'qishga havas qo'yishi esa maktabga ilk bor qadam qo'yib o'zlashtiradigan bilimlari, ko'nikma va malakalari darajasiga borib taqaladi. Bolalar kelajagimiz poydevori. Shu boisdan ham Prezidentimiz I.A. Karimov Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo'lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo'lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro'- e'tibori, avvalombor, farzandlarimizning unib-o'sib, ulg'ayib, qanday inson bo'lib, hayotga kirib borishiga bog'liqdir. Biz bunday o'tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak, deb ta'kidlagan edi. Shu bois, bolalarning puxta bilim olishlari, teran fikrlashlari uchun, eng avvalo, ta'lim beruvchining mahoratiga va bolalarning ta'lim olishiga jiddiy e'tibor qaratmog'i lozim. Ta'lim-tarbiya tizimida uning har bir bo'g'ini muayyan maqsadga yo'naltirilgani kabi boshlang'ich ta'lim, xususan, o'qish darslarida o'quvchilarni erkin fikrlashga o'rgatishi va mustaqil mutolaaga rag'bat uyg'otishiga ko'ra alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar adabiyoti so'z san'ati va tarbiya vositasidir. Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos kitobxonlar qalbida o'y -fikrlar uyg'otadigan yorqin obrazlarga boy, yuksak g'oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan bo'lishi zarur. Eng muhimi mavzular tushunarli, soda va qiziqarli tilda ifodalanishi kerak. Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e'tiqodli kishilar sifatida va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir. Faqat qudratli chinakam badiiy asarlargina bolarga kuchli ta'sir ko'rsatib, ana shu yuksak talaablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik nuqtai nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar adabiyoti bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g'oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, obrazli, ravon, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi. Bunday asarlar, ayniqsa, yosh kitobxonni mustaqil fikrlashga, asar g'oyasini to'g'ri anglashga yordam beradi. Boshlang'ich ta'limning O'qish kitobida berilgan she'riy va nasriy asarlarning poetik xususiyatlari, g'oya ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.67 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.67 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:43 ]
Arxiv ichida: doc