4-sinfda Geometriya elementlarini o'qitish usullari

4-sinfda Geometriya elementlarini o'qitish usullari

O'quvchilarga / Pedagogika
4-sinfda Geometriya elementlarini o'qitish usullari - rasmi

Material tavsifi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVЕRSITЕTI PEDAGOGIKA FAKULTETI 4-Sinfda geometriya elementlarini o'qitish usullari mavzusida bakalavr darajasini olish uchun yozgan Bitiruv malakaviy ishi MUNDARIJA: KIRISH……3 I BOB. BOSHLANG'ICH SINFLARDA GEOMETRIYA ELEMENTLARINI O'QITISHNING NAZARIY ASOSLARI. 1.1. Boshlang'ich sinflarda geometriya elementlarini shakllantirishning ahamiyati 10 1.2. O'quvchilarni geometriya elementlari bilan tanishtirish va ularni o'qitish metodlari…….…17 1.3 Boshlang'ich sinflarda geometriya elementlarini o'qitishning hozirgi holati……28 II BOB. BOSHLANG'ICH SINFLARDA GEOMETRIYA ELEMENTLARINI KO'RGAZMALILIK ASOSIDA O'QITISH. 2.1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini chizish va yasashga doir masalalar bilan tanishtirish 31 2.2. Geometriya elementlarini o'qitishda ko'rgazmalilikdan foydalanish45 2.3. O'tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalari tahlili va tavsiyalar……52 UMUMIY XULOSALAR……58 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI……60 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim-tarbiya ahamiyatining yildan-yilga o'sib borishi, axborot-kommunikatsion texnologiyalar jadallik bilan rivojlanayotgan, globallashuv, dunyo intellektual maydonida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda, demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasidagi maqsadlarga erishishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bilimli va intellektual avlodni tarbiyalash muhim omil bo'lmoqda. Davlatlararo qattiq raqobat mavjud bо'lgan davrda har bir mamlakat barcha sohada raqobatbardosh bо'lishga harakat qiladi. Davlatning iqtisodiy, texnik rivojlanishiga qator omillar ta'sir kо'rsatishi tabiiy. Bular: mamlakatda mavjud bо'lgan tabiiy resurslar, uning geografik joylashuvi, ta'lim tizimi, tarixi va boshqa kо'p omillardir. Lekin mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalana oladigan, davlat iqtisodiyotini boshqaradigan, yangidan-yangi texnikani yarata oladigan, mavjud ilg'or texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, ishlab chiqarishni yо'lga qо'ya oladigan omil bu albatta, inson omilidir. Shunday ekan, aynan inson omili, boshqacha qilib aytganda, inson resursi mamlakat rivojlanishida eng muhim rol о'ynaydi. Demak, О'zbekistonning kelajakda buyuk davlat bо'lishida ham inson omilining о'rni beqiyosdir. Shuning uchun ham bugungi kunda ta'lim tizimi oldiga katta vazifalar qо'yilmoqda. O'zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyasi ta'lim sohasida nafaqat yangi imkoniyatlarni ochdi, balki o'quvchi yoshlarga ta'lim va tarbiya berishda yuqori sifatga erishishni ta'minlashni taqozo etadi. Bu natijalarga erishish uchun o'z vaqtida O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi Qonuni hamda Kardlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandir. Ta'lim to'g'risidagi Qonunning 7-moddasida belgilab berilganidek, Davlat ta'lim standartlari umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta'lim standartlarini bajarish O'zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida matematika o'qitishning sifatini oshirish bilan birga o'quvchilarning tafakkuri va shaxsiy sifatlarini, matematik savodxonligini shakllantirish hamda ijodiy qobiliyatlarini o'stirish masalalari belgilab berilgan. Dastur matematik tushunchalarning hayotiy materiallar asosida o'zlashtirilishi lozim bo'lgan tushuncha va qoidalar amaliyotga xizmat qilishini, hayotiy materiallar asosida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 636.93 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 636.93 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga