1917-1990 yillarda ta'lim-tarbiya, maorif va pedagogik fikr

1917-1990 yillarda ta'lim-tarbiya, maorif va pedagogik fikr

O'quvchilarga / Pedagogika
1917-1990 yillarda ta'lim-tarbiya, maorif va pedagogik fikr - rasmi

Material tavsifi

1917-1990-yillarda ta'lim-tarbiya, ma'orif va pedagogik fikr O'zbekistonda 1917-1924-yillarda maktab va maorif. Turkistonda milliy davlat chegaralanishi o'tkazilganidan so'ng xalq ta'limi va pedagogik fikr (1924-1941). Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda O'zbekistonda xalq maorifi va pedagogika. Siddiq Rajabov. XX asrning 70-80- yillarida O'zbekistonda xalq ta'limi. Reja: 1917-yil to'ntarishidan keyin Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy ma'naviy-mafkuraviy va xalq maorifi sohalarida keskin o'zgarish yuz berdi. Bu davrda milliy ziyolilar faoliyati keng tus oldi, jumladan: jadidchi ziyolilar Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar qori, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, G'ozi yunus, Xurshid va boshqa ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar va yangi usul maktablarining keng tarmoqlarini yaratish sohasida faoliyat ko'rsatdilar. 1917-yil fevralda Turkistonning yirik shaharlarida turli tillarda dars beradigan xususiy maktablar ochiladi. 1918-yil Samarqandda musulmon o'qituvchilari uchun pedagogik kurslar ochildi. 1918-yil 9-aprel oyida Munavvar qori uyida to'plangan jadidlar Turkiston xalq dorilfununining musulmon bo'limini tashkil etish maqsadida 9 kishidan iborat tashkilot komissiyasini tuzadi. Ular 22 kun ichida musulmon bo'limi dasturlarini ishlab chiqadilar va bu dorilfununga Munavvar qori rais (rektor) qilib saylanadi. 1918-yil noyabrda Toshkentda Turkiston Sharq instituti tashkil qilinadi. Institut nizomida uning asosiy vazifalari qilib Turkiston mahalliy aholisi va qo'shni mamlakatlar tilini yaxshi biladigan sharxshunos olimlar tayyorlashdir deb belgilab qo'yilgan. 1920-yil Turkiston davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti) tashkil qilingan. Uzoq tarixga ega bo'lgan o'zbek xalqi ijtimoiy- siyosiy to'siqlarga qaramay Markaziy Osiyodagi boshqa xalqlar kabi, ilg'or fikr egalarini, buyuk olimlarni yetkazdi, insoniyatga ilm-fan ma'naviyat sohasida o'lmas durdona asarlar, fikrlar qoldirdi. 1924-yil amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida mintaqa xaritasi qaytadan tuzuladi. Sovet hokimiyati yillarida kommunistik partiya rahbarligida Respublikada adolatsiz milliy siyosat amalga oshirildi. Bu paytda maktablarda o'quv tarbiya ishlari mazmuni tuzumning maqsadi asosida o'zgardi. Din va Qur'oni Karimga umuman e'tibor berilmadi. Tarix darslarida voqealar buzib talqin etildi. Adabiyot darslariga esa ko'proq rus yozuvchilarining asarlari bilan tanishtirishga katta ahamiyat berildi va rus pedagoglari darsliklaridan foydalanildi. Natijada o'zbek pedagogikasi markscha-lenincha nazariya doirasida shakllangan soxta fanga aylanib ketdi. 1930-yil 14-avgustda SSR ittifoqi markaziy ijroiya komiteti va xalq komisarlari soveti tomonidan qaror qabul qilindi. Bu qaror umumiy boshlang'ich ta'limni joriy etish va savodsizlikni qisqartirishga yordam berdi. 30-yillarning oxirlariga kelib, umumiy yetti yillik ta'limni amalga oshirishga kirishildi. Biroq bu borada jiddiy xatoliklarga yo'l qo'yildi. Maktab yoshidagi bolalarning bir qismi maktabga tortilmadi. Mahalliy millat bilalari orasida o'qishni tashlab ketish hollari ko'paydi. Ko'pgina maktablarda muallimlarning bilim darajasi yeterli bo'lmaganligi tufayli o'qish saviyasi talabga javob bermas edi. SSR MQ va XKKning 1929-yil 7-avgust qaroriga asosan arab alifbosi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 181.37 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:43 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 181.37 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga