1917-1991 yillarda O'zbekistonda ta'lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji. Mustaqil O'zbekiston ta'lim tizimi Reja: Turkiston o'lkasida ta'lim siyosati (1917-1924). 1924-1945 yillarda ta'lim va pedagogika fani. 1945-1991 yillarda O'zbekistonda ta'lim tizimi va pedagogika fani rivoji Mustaqil O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo'nalishlari. Turkiston o'lkasida ta'lim siyosati (1917-1924). Tayanch iboralar: milliy demokratiya vakillari, ziyolilar faoliyati, ishchi fakulteti, ilmiy-nazariy va amaliy tafakkur, tarbiya usullarini zamonaviylashtirish, 1917 yil to'ntarishidan keyin Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-mafkuraviy va xalq maorifi sohalarida keskin o'zgarish yuz berdi. Turkiston o'lkasida milliy demokratiya vakillari, mashhur ma'rifatparvar ziyolilar tomonidan yangi usuldagi maktablarning keng tarmog'ini yaratish, maktab maorif borasida zudlik bilan islohotlari amalga oshirish yuzasidan bir qancha takliflar ilgari surildi. Bu davrda milliy ziyolilar faoliyati keng tus oldi, jumladan: jadidchi ziyolilar Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, G'ozi Yunus, Xurshid va boshqa ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar va yangi usuldagi maktablarning keng tarmoqlarini yaratish sohasida faoliyat ko'rsatdilar. 1917 yil fevralidan oktyabr orasida Turkistonning yirik shaharlarida turli tillarda dars beriladigan xususiy maktablar ochildi. Turkiston o'lkasining markazi - Toshkentda 1917 yil 9-14 may kunlari o'qituvchilarning 1 o'lka qurultoyi bo'lib, bunda «Turkiston o'qituvchilar ittifoqi» tashkil etildi. 1918 yilning 23 martida RSFSR maorif xalq komissarligi Turkiston o'lkasi xalq komissarligi kengashi o'lka xalq ta'limi kengashini tashkil etishi haqida buyruq chiqardi. Mazkur kengash Turkiston hududida xalq ta'limiga rahbarlik qilishi lozim edi. Joylarda ularning viloyat, shahar, uezd kengashining huzurida xalq ta'limi kengashlari tashkil topdi. 1918 yilning yozida Samarqandda musulmon o'qituvchilari uchun pedagogik kurslar ochildi. O'sha yilning kuzida Toshkentda - Toshkent u'ezdining tub yerli aholisi uchun maktab o'qituvchilari kurslari ochildi. 1918 yil 9 aprelda Munavvar Qori uyida to'plangan jadidlar Turkiston xalq dorilfununining musulmon bo'limini tashkil etish maqsadida 9 kishidan iborat tashkilot komissiyasini tuzadi. Ular 22 kun ichida musulmon bo'limi dasturlarini ishlab chiqadilar. O'sha yilning 3 mayida dorilfununning musulmon bo'limi rahbariyatiga saylov bo'lib, unda Munavvar Qori rais frektor), Iso To'xtaboev birinchi muovin, Burhon habib ikkinchi muovin, Abdusamad Qori Ziyobov xazinador, Muxtor Bakir sarkotib bo'lib saylandi. 13 may (yakshanba) kuni Toshkentning eski shahar qismida Vikula Morozovning sobiq dukoni binosi (hozirgi o'zbek yosh tomoshabinlar teatri)da musulmon aholi uchun «Xalq dorilfununi» ochiladi. Bu bo'lim tez orada o'ziga xos yirik bilim maskaniga aylanadi. Universitet tarkibida ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy matematika, tarix, filologiya, qishloq xo'jaligi va texnika fakul'tetlari bor edi. 1919 yil fevralda universitet qoshida ishchi fakulteti ham faoliyat ko'rsata boshladi. 1918 yil noyabrda Toshkentda maxsus sharqshunoslik ixtisosligidagi oliy ta'limning to'ng'ichi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
57.3 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
57.3 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:43 ]
Arxiv ichida: docx