2004-2009 yillarda Maktab ta'limini rivojlantirish

2004-2009 yillarda Maktab ta'limini rivojlantirish

O'quvchilarga / Pedagogika
2004-2009 yillarda Maktab ta'limini rivojlantirish - rasmi

Material tavsifi

2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi hamda umumta'lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari Reja: O'zbekistonda umumta'lim maktablarining ta'lim tizimida ortda qolish sabablari. 2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining qabul qilinishi va maktab ta'limini isloh qilish chora-tadbirlari. Maktab ta'limi jamg'armasi va uning vazifalari. Kelajak avlod haqida qayg'urish, sog'lom, barkamol avlodni tarbiyalab etishtirishga intilish xalqimimzga xos xususiyatdandir. Ertangi yorqin kunlarimiz vorislari oiladan tashqari yana qaerda shakllanadi. Albatta maktabda. Zero, bu muqaddas dargoh azaldan kelajak avlodni har tomonlama kamol toptiruvchi ilm va tarbiya maskani bo'lib kelgan. Shu bois mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda ta'lim tizimiga jamiyatning muhim bo'g'ini sifatida jiddiy etibor berilmoqda. Prezidentimiz rahbarligida ta'lim sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish maqsadida kasb-hunar ta'lim tizimini yangi tipdagi o'rta hunar o'quv muassasalari tarmog'i shakllandi. Zamonaviy o'quv laboratoriyalari, uskunalar bilan jihozlangan 533 ta kasb-hunar kolleji va 54 ta akademik litsey barpo etildi. Kollejlar va litseylarni qurish hamda jihozlash bo'yicha mamlakatimiz industriyasi yaratildi. Yangi ta'lim standartlari va o'quv dasturlari ishlab chiqildi. Shunday bo'lishiga qaramay «ta'lim to'g'risida»gi Qonun va Karrlar tayyorlash milliy dasturi talablarini bajarish asnosida maktablarning moddiy texnika imkoniyatlarini oshirish, ularni zamonaviy binolar, o'quv laboratoriya uskunalari, komppyuter va adabiyotlar bilan ta'minlash dolzarbligicha qolmoqda. Zero, Prezident I. Karimov takidlaganidek, maktabni bitirgan farzandlarimiz ertaga oliy o'quv yurtlariga, litsey va kollejlarga puxta bilim va tayyorgarlik bilan kelishlari lozim. Vazirlar Maxkamasining 2003 yil yakunlariga bag'ishlangan yig'ilishda I. A. Karimov bu masalaga to'xtalib umumta'lim maktablarining bugungi holati, moddiy texnika bazasi qoniqarsiz holatda ekanligini aytgandi. 1. Tahlillar shuni ko'rsatmokdaki, ta'lim tiziminiig eng muhim boshlang'ich bosqichi-maktab ta'limi ortda kolmokda, uzluksiz ta'lim zanjiridagi eng zaif halqa bo'lib qolmoqda. Buning asosiy sababi maktablar moddiy bazasining zaifligi bo'lib, bularning 40 % ga yaqini tipovoy bo'lmagan moslashtirilgan binolarda joylashgan, jami 9727 ta maktabda 684 tasi avariya holatidadir. Ko'pgina maktablar markazlashtirilgan isitish sistemasiga ega emas,ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta'minlanmagan. O'quvchilarning 28 %dan ko'prog'i 2-3 smenada o'qitiladi. Maktablarning o'quv labaratoriya uskunalari bilan jihozlanish darajasi 29%, zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta'minlanishi darajasi esa 15% yaqinni tashkil qiladi. Maktablarning faqat yarmigina sport zallariga ega, ularning sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlanishi 23%dan oshmaydi. Ayniqsa qishloq joylaridagi maktablarning moddiy bazasi qoniqarsiz ahvolda. O'qituvchilar mehnatini rag'batlantirishi borasida tarkib topgan tizim maktab ta'limida hamon zaif bo'g'in bo'lib qolmoqda, bunda pedagogika istedodi, kasb mahorati ularning mehnatiga xaq to'lash chog'ida xali ham belgilovchi mezonga aylanmayapti. I. A. Karimov maktab ta'limi to'g'risida istiqbolli maxsus dastur tayyorlash va uni amalga oshirish zarurligi va bu uchun davlat byudjetidan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.16 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.16 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga