A. Shakuriyning ta'lim tarbiyani rivojlantirishda tutgan o'rni

A. Shakuriyning ta'lim tarbiyani rivojlantirishda tutgan o'rni

O'quvchilarga / Pedagogika
A. Shakuriyning ta'lim tarbiyani rivojlantirishda tutgan o'rni - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: A. Shakuriyning ta'lim tarbiyani rivojlantirishda tutgan o'rni Reja Kirish I-bob. Abduqodir Shakuriyning hayoti va ijodi 1.1.Shakuriyning hayot yo'li 1.2.Ta'lim faoliyati II-bob.Ta'lim va maorif sohasidagi islohotlar 2.1. Shakuriy jadidchilik harakati faoli 2.2. Shakuriyning pedagogik islohotlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish O'zbekistonda so'nggi paytlarda jadidlar mavzusi tez-tez tilga olina boshladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham gapirdi. Bu kimgadir yoqadimi yoki yo'qmi, xalqimiz jadid bobolarimiz ko'rsatib bergan yo'ldan og'ishmay borishi kerak. Chunki ularning g'oya va dasturlari Yangi O'zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uyg'un va hamohangdir, - dedi prezident so'nggi chiqishlaridan birida. Mirziyoyev bu fikrlarini 22-dekabrda Respublika Ma´naviyat va ma´rifat kengashining kengaytirilgan majlisida bildirdi. Prezident o'z chiqishida aniq topshiriqlar belgiladi, jumladan, jadidlar g'oyasini o'rganish va rivojlantirish ko'zda tutilgan Prezident qarorini qabul qilish, Jadid nomli gazeta chop etish. Prezident qarori hali qabul qilinganicha yo´q, ammo Shavkat Mirziyoyevning mushtariylarga bildirgan tilaklari joylangan Jadid gazetasining ilk soni chop etildi. Prezident qarori hali qabul qilinganicha yo´q, ammo Shavkat Mirziyoyevning muShtariylarga bildirgan tilaklari joylangan Jadid gazetasining ilk soni chop etildi.[1] Jadid gazetasi ezgu an'analarni davom ettirib, ulug' ajdodlarimizning Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi bilan muShtarak bo'lgan g'oya va dasturlarini atrof¬licha yoritiSh, bu qutlug' merosni el-yurtimiz, birinchi navbatda, yoshlarimining qalbi va ongiga yetkazishda, jamoat¬chilik fikrini shakllantiriShda o'ziga xos erkin minbar bo'ladi, deb isxonaman, deb tilak bildiradi Mirziyoyev gazeta mushtariylariga. Mamlakatdagi bir qator faollar gazeta lotin yozuvida emas, kirillcha chiqqanidan norozi bo'ldi. Shoir Iqbol Mirzo boSh muharrirlikka tayinlangan Jadid gazetasi mamlakatdagi eng ko'hna naShrlardan bo'lgan O´zbekiston adabiyoti va san'ati gazetasi negizida tashkil qilingan. Bu ayrim ziyolilarda allaqachon e'tirozlar uyg'otgan, Jadid gazetasi jadidlar g'oyasini taqdim qiluvchi ijtimoiy siyosiy minbarga emas, adabiy- ma'rifiy nashrga aylantiriliShi taxmin qilinmoqda. I-bob. Abduqodir Shakuriyning hayoti va ijodi 1.1. Shakuriyning hayot yo'li Abduqodir Shakuriy - tojikistonlik ma'rifatparvar va samarqandlik o'qituvchi , yangi usul maktablari uchun qator darsliklar muallifi, jurnalist, samarqandlik jadidchilikning mashhur namoyandalaridan biri. 1875 yilda Samarqand chekkasidagi Rajabamin qishlog'ida bog'bon va dindor oilasida tug'ilgan. Uning otasi imom bo'lganligi haqida ma'lumotlar bor . Uning onasi otin bo'lib, qizlar uchun uy islom maktabida dars bergan. U boshlang'ich ma'lumotni mahalliy eski usul maktabida olgan, so'ngra Samarqandga ko'chib o'tgan va Orifjonboy madrasasiga o'qishga kiradi. Yoshligida u o'qituvchilik qila boshladi va o'zining yangi metodik maktabini ochishni orzu qildi. U adabiyot, she'riyat va tarixni yaxShi ko'rardi. O'zining ona tili tojik (fors) tilidan tashqari o'zbek va arab tillarini ham bilgan . Keyinchalik rus va turk tillarini ham o'zlashtirgan . U Rossiya jadidlarining gazetalarini, xususan, Ismoil Gasprinskiyning materiallarini o'qigan. Yoshligida u jadidchilik g'oyalari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.88 MB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:43 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.88 MB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga