Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI FILOLOGIYA FAKULTETI o'zbek adabiyoti kafedrasi A.Navoiyning Saddi Iskandariy dostonini o'qitish mavzusidagi ma'ruza T A Q D I M O T I N.Allambergenova Alisher Navoiy (1441-1501) Saddi Iskandariy - ezgulikning mustahkam qo'rg'oni Saddi Iskandariy dostoni dunyodagi eng mashhur siymolardan biri jahongir Iskandarga bag'ishlangan bо'lib, Xamsa ning yakunlovchi dostonidir. Navoiy o'z Xamsa sining yakunlovchi dostonini Saddi Iskandariy deb atadi. U diqqatini Iskandarning jahongirligiga emas, insonparvarligiga qaratadi. Saddi Iskandariy Xamsadagi eng yirik dostondir. U 89 bоb vа 7215 baytdan tashkil topgan. Asar voqealari Iskandarning tug'ilishidan boshlanadi. Iskandarning tug'ilishi Bo'lajak Iskandarning otasi Faylaqus tangridan farzand so'raydi va bu yo'lda ko'plab hayru ehsonlar qiladi. Bir kuni Faylaqus ovdan qaytarkan, shaharga kiraverishdagi vayronada yangi ko'zi yоrigаn ayolga duch keladi. Chaqaloq o'g'il bola bo'lib, uni tug'gan оnаsi esa o'sha zahoti olamdan o'tgan edi. Shoh o'likni dafn ettiradi, bolani o'g'il qilib oladi. Unga Iskandar deb nom qo'yib, uning tarbiyasi bilan o'zi shug'ullanadi. O'limi oldidan esa uni valiahd qilib tayinlaydi. Dostonning keyingi bobida himmat haqida gap ketadi. Iskandar tarixi Shoir Iskandar tarixini yozmoqchi emas, Iskandar bilan bog'liq voqealarning ma'nosini ochmoqchi. Shuning uchun voqealar izoh vа talqinlar, hikoyatlar, savol-javob vа lirik chekinishlar bilan almashinib keladi. Iskandar taxtga chiqar ekan, o'z atrofiga olimlarni to'playdi, ularning maslahati bilan ish ko'radi. U taxtni egallashga qiziqmaydi. Otasi unga taxtni topshirganida qattiq tashvishda qoladi. Oxiri xalqni yig'ib, maslahat soladi. Xalq uning shoh bo'lishini qattiq talab qilib turib olgandan keyingina Arastu unga toj kiygizadi. Iskandarning shartlari Iskandar еl oldiga shart qo'yadi. Shartga muofiq kimning arzdodi bo'lsa, shohni o'zi bilan teng ko'rib, ahvolini uning o'ziga aytishini so'raydi. Shundan so'nggina davlat ishlariga kirishadi. Avvalo, mazlumning haqini haqlab, zolimning qo'lini kalta qiladi, adolat bilan ish ko'rib davlat ishlarini yo'lga qo'yadi. Fuqaro ehtiyojini hisobga olib, uni ikki yillik soliqdan ozod etadi. Dostonda oldin adolatning ta'rifi beriladi. Вu ta'rif hadislar vositasida tushuntiriladi. Masalan, bir soatlik adolat farishtalarning, dunyodagi barcha insonlarning toat-ibodatidan afzal degan hadis keltiriladi. Iskandar va Arastu So'ng Hindistonni olganda elga qilgan birgina adolati bilan jannatga tushgan Mahmud G'aznaviy haqidagi hikoyat ilоyа qilinadi. Hikmat bobidan esa Iskandarning Arastu bilan adolat haqidagi savol-javobi o'rin olgan. Arastu fikricha, shoh odil bo'lsa, olam unga tobe bo'ladi. Chunki adolat qaror topgan mamlakat obod, obod mamlakatning xalqi esa badavlat bo'ladi. Boylik askarga kuch beradi, bunday qo'shin esa hamisha g'olib ekanini takidlaydi. Iskandarning Doro bilan to'qnashuvi Iskandarning Doro bilan to'qnashuviga bag'ishlangan tasvirlar ham dostonning qiziqarli vа mazmundor sahifalaridandir. Navoiy ushbu dostonda shoh Doroning mag'lubiyatini va Iskandarning adolatli yo'l tutganini quyidagicha tasvirlaydi: Rum ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
376.42 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:43
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
376.42 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:43 ]
Arxiv ichida: pptx