Abdulla Avloniy ijodida tarbiya masalasi 1.Abdulla Avloniyning ta'lim sohasidagi qarashlari. 2.Abdulla Avloniy ijodi haqida. 3.Adabiyotlarda Abdulla Avloniy xizmati. Rejasi: Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida tavallud topgan. Ijodkor o'zbek xalqining san'ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta'limi ishlarini yo'lga qo'yishda kata xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste'dodli pedgogdir. Abdulla Avloniyning ta'lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o'zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog'langanligi adibning boy pedagogik merosi ta'lim-tarbiya masalalarini rivojlantirish, uni o'quvchilar qalbida shakllantirishda axloqiy va ma'naviy barkamol tarbiyalashda milliy maktab va qimmatbaho manba bo'lib xizmat qilganini o'rganib chiqish davr talabiga aylanmoqda. B C Abdulla Avloniy ijodiy merosi bilan ilk darsliklarning mukammal yaratuvchisi sifatida ham gavdalanganligi,asarlaridagi ta'lim va tarbiyaga doir tushunchalarning, g'oyaviy-badiiy mushohadalarning tadqiq qilinganligi, qolaversa,mavzuning dolzarbligi ma'rifatparvar adib, serqirra ijodkor Abdulla Avloniyning ijodida bugungi kunning eng muhim masalasi-ta'lim va tarbiyaga doir fikrlarning dalili hikoyalar, she'riy lavhalar misolida yoxud majoziy xarakterga ega hikoyatlar asosida ochib berilishi asnosida ko'zga tashlanadi. Abdulla Avloniy aytganidek,bu masala biz uchun, haqiqatdan ham ,yo hayot-yo mamot,yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir. Shu ma'noda Abdulla Avloniyning ta'lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o'zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog'langanligi uni o'quvchilar qalbida shakllantirish- da axloqiy va ma'naviy barkamol yoshlarni tarbiyalashda milliy maktab va qimmatbaho manba bo'lib xizmat qilganini o'rganib chiqish davr talabiga aylanmoqda. BUSINESS Avloniy asarlari bilan yaqindan tanishar ekanmiz,yana bir bor shunga iqror bo'lamizki,uning asarlarida ifoda etilgan ta'limiy,tarbiyaviy g'oyaviy, falsafiy pedagogik hikmatlar o'zining hayotiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi. Avloniyning ta'lim-tarbiyaga oid asarlari ichida Turkiy guliston yoxud axloq asari katta ahamiyatga molik axloqiy va ta'limiy tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonliklardan qaytaruvchi ilm-axloq haqida fikr haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, u bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib: Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo'lib o'sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq, yerdan turib yulduzlarga qo'l uzatmak kabidir-deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkibi to'g'risida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolalarning atrofidagi kishilar ahamiyatga ega. Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan - uy, bog'cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan iborat bo'ladi.Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma'noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo'ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog'ligi haqida g'amxo'rlik qilish lozimligini uqtiradi. Rivojlаnishning yuksak pog'onasi tomon odimlagan har bir mamlakat, avvalo, yoshlаrning ta'lim-tarbiyasiga jiddiy e'tibor qaratadi. Sababi, farzand tarbiyasi shаxsiy masala emas, u jamiyat, davlat ahamiyatiga ega bo'lgan buyuk ijtimoiy ishdir. U shu dаrajada buyuk ishki, Vatan istiqboli ham, millat taqdiri ham ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.48 MB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:43
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.48 MB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:43 ]
Arxiv ichida: pptx