Abdulla Avloniy va Mahmudxo'ja Behbudiylarning maktab va maorifni rivojlantirishdagi xizmatlari Reja: Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari. Abdulla Avloniyning darslik kitoblari va ularning mazmuni. Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida ta'lim-tarbiya tizimi. Mahmudxo'ja Behbudiy pedagogik merosining tarbiyaviy ahamiyati. Mahmudxo'ja Behbudiy maktab va maorifni rivojlantirishdagi xizmatlari. Tayanch so'z va iboralar: Maktab, maorif, pedagogik qarash, darslik,alifbe, ta'lim, tarbiya, gazeta, jurnal, hikoya, sher, ma'rifatparvar, odob, axloq, xulq, yaxshi xulq, yomon xulq, sadoqat, oliyjanoblik, iffat, hayo, do'tlik, mehribonlik, sabr-qanoat 1. Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari Abdulla Avloniy (1878-1934) Toshkentda hunarmand oilasida dunyoga keldi. Maktabda, so'ngra Abdumalikboy madrasasida o'qidi. Yoshligidan sherlar yozdi. 1904 yili Mirobodda yangi usuldagi maktab ochdi. 1907 yili uning muharrirligida «Shahrat» gazetasi chiqa boshladi. 1909 yili «Jamiyati xayriya» tashkil qilib, bolalar o'qishi uchun sarmoyadorlik orqali maktablarga tarqatdi. Mavloniy maktabining dovrug'i keng tarqaldi, chor hukumati talabi bilan o'lka ma'muriyati maktabni 1908 yil yopdi. Shundan so'ng, 1909 yili Avloniy Degrez mahallasida maktab ochdi. Darsliklar yozishga kirishdi. 1909-1917 yillarda uning «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy guluston yohud axloq», «Maktab gulustoni», «Adabiyot yohud milliy sherlar» to'plamlari nashr etildi. 1917 yildan so'ng ham turli o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarida pedagogik faoliyat bilan shug'ullandi. «Mehnat qahramoni» unvoni, «O'zbekiston xalq maorifi zarbdori» nomiga sazovor bo'ldi. Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to'rt bo'limga ajratadi: 1. «Tarbiyaning zamoni». 2. «Badan tarbiyasi». 3. «Fikr tarbiyasi». 4. «Axloq tarbiyasi» va bu haqida hamda uning ahamiyati to'g'risida fikr yuritadi. «Tarbiyaning zamoni» bo'limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini takidlaydi. «Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo haloqat, yo saodat - yo faloqat masalasidur» deb uqtiradi Avloniy. Tarbiya xususiy ish emas, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasiga ko'p jihatdan bog'liq, deb hisoblaydi, adib. Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umirining oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan - uy, bog'cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan. Abdulla Avloniy tarbiyaning doirasini keng manoda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo'ymaydi, u birinchi navbatda bolaning sog'ligi haqida g'amxo'rlik qilish lozimligini uqtiradi. Abdulla Avloniyning fikricha, sog'lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma'rifatga ega bo'lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. «Badanning salomat va quvvatli bo'lmog'i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o'qumoq, o'qutmoq, o'rganmoq va o'rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdur». Abdulla Avloniy ta'lim va tarbiya uzviy bog'liq ekanini ham takidlaydi: «Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo'lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.98 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.98 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:44 ]
Arxiv ichida: doc