Abdurahmon Jomiyning ta'limiy axloqiy qarashlarida tarbiya mazmuni, shakl va uslublari Abdurahmon Jomiyning ta'limiy-axloqiy qarashlari «Bahoriston» asari hamda «Haft avrang» («Yetti taxt») asarining tarkibidan o'rin olgan «Tuhfatul ahror» va «Silsilatuz zahab» («Oltin tizmalar») dostonlarida aks etadi. Allomaning Bahoriston asari Muslihiddin Sadiy tomonidan yaratilgan «Guliston» asari yaratilgan uslubda yozilgan bo'lib, unda Abdurahmon Jomiy haqiqiy kamolotga erishgan inson va uning ma'naviy-axloqiy qiyofasi borasida to'xtalib o'tadi. Abdurahmon Jomiy ham boshqa allomalar kabi inson kamolotining birinchi mezoni uning bilimlilik darajasi deya takidlaydi. «Haft avrang» asarining birinchi dostoni bo'lgan «Tuhfatul-ahror»da ham Abdurahmon Jomiy ilmning inson hayotidagi ahamiyati ko'rsatib berar ekan, ilm har qanday muammolarni yechishda insonga yordam berishini ko'rsatib o'tadi. Alloma o'zining mashhur «Silsilatuz zahab» («Oltin tizmalar») dostonining «Sevimli aziz farzandga nasihat» nomli bobida, har bir yoshning bilim olishi zaruriyat ekanligini takidlaydi. Zero, inson umri juda qisqa bo'lib, u umrni behuda o'tkazmasligi, shuningdek, muayyan darajada bilimlarni egallagandan so'ng unga amal qilish lozim, amaliyotda qo'llanilmaydigan ilm ham behudadir degan fikrlarni ilgari suradi. Xususan: Ilm yo'liga qadam qo'y, chunki shu yo'l farovon, Ammo umringning yo'li, g'oyatda qisqa - bir on. Har bir kishiga bo'lmas qayta yashash muyassar, Egalla sen bilimni, mangu turar muqarrar. Bilim egalladingmi, unga doim amal qil, Ilming amalsiz bo'lsa, sen oni bir zahar bil. Faraz qildik bilarsan, ul ilmi kimyoni, Zar qilmasang misingni, qolmas ishing nishoni. Abdurahmon Jomiy ilmning ahamiyati borasida to'xtalib o'tar ekan, kitobning mavjud bilimlarni egallashdagi o'rni hamda kitobning fazilatlarini ochib beradi. Chunonchi: Kitobga yuz o'girgin, ey jigarim farzandim, Kitobga ulfat bo'lgin, quloqqa ol bu pandim, Tanholikda munising, bilsang agar kitobdir, Donolikning tongiga, shula sochar kitobdir. Bepul, beminnat senga, ustoz bo'lib o'qitar, Bilim bag'ishlab senga, chigallaringni echar, Kitobdur yaxshi hamdam, teri yopingan olim, Ish siridan goh so'zlab, ammo goho turar jim. Uning ichi g'unchadek, varaqlardan liq to'la, Har varag'i go'yoki, durdonadir bir yo'la. Mazkur o'rinda keltirilganidek, alloma kitobni «teri yopingan olim»ga qiyoslaydi. Abdurahmon Jomiy bilimlarni yoshlikdan egallash maqsadga muvofiq ekanligini takidlaydi. Ayni o'rinda johillikni qoralab, dono bilan nodon kishilarni bir-birlariga qarama-qarshi qo'yadi: Hammadan avval farzand, bilimdan bahramand bo'l, Nodonlik yurtidan chiq, bilim tomon olgil yo'l. Har bir kishiga bu so'z, oyna kabi ayondir, Dono tirik hamisha, nodon o'liksimondir. Abdurahmon Jomiy donolikni olqishlar ekan, avvalo, mamlakatni boshqaruvchi hukmdorlar ilmli bo'lishi zarurligini, agar rahbar nodon, johil bo'lsa, el boshiga juda ko'p nadomat, kulfat va zulm yog'ilishi mumkinligiga alohida urg'u berib o'tadi: Nodonga rahbarlik qilsa gar dono, Ilmidan ishlar ham bo'ladi alo. Dono suhbatidan bosh tortsa nodon, Davrondan yaxshilik ko'rmas hech qachon. Shoh agar bo'lmasa bilimdon, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.16 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.16 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:44 ]
Arxiv ichida: doc