Abu Ali Ibn Sinoning odob-axloq mezonlari haqidagi nasihatlari

Abu Ali Ibn Sinoning odob-axloq mezonlari haqidagi nasihatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Abu Ali Ibn Sinoning odob-axloq mezonlari haqidagi nasihatlari - rasmi

Material tavsifi

Abu Ali Ibn Sinoning Odob-axloq mezonlari haqidagi nasihatlari Reja: 1. Ibn Sinoning ilm va axloq masalasiga oid asarlari va undagi muhim mezonlar. 2. Ibn sino ma'rifatparvar olim va shoir sifatida yosh avlodga qoldirgan merosi Ibn Sino fanning turli sohalariga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratdi, lekin bizning davrimizgacha ulardan 242 tasi etib kelgan. Ibn Sino ta'lim-tarbiya va axloqqa oid bir necha asarlar yaratgan: Tadbir al-manozil (Turar joyni boshqarish choralari), Risola fi ilm al-axloq (Axloqqa oid risola), Risola fi al-ahd (Burch haqida risola), Risola fi tazkiyat an-nafs (Nafsni pokiza tutish to'g'risida risola), (Siyosat al-badan), (Badanni boshqarish), (Kitob al-ansof (Adolat haqida kitob). Al-urjuza fit-tibb (Tibbiy urjuza) Mazkur asarlarning bugunga qadar barkamol avlodlarimizni ta'lim va tarbiyasida, ularni zamon talablariga javob bera oladigan dono, bilimli va kuchli bo'lishlarida ahamiyati beqiyos. Ibn Sino o'zining Axloq haqidagi risola sida axloqiy xislatlardan or-nomus, shan, qadr-qimmat, qanoat, saxiylik, g'ayratlilik, sabr-toqat, halimlik, sirni saqlay bilishlik, ilm-ma'rifatli bo'lish, ochiqlik, vijdonlilik, do'stlik, sadoqatlilik, kamtarlik, saxiylik, adolatlilik kabi shaxs ma'naviyati kategoriyalariga ta'rif beradi: G'ayratlilik olimning fikricha, g'azabiy quvvatga mansub bo'lib, bunda inson har qanday og'riq va alamlarga befarq qaraydi. Hikmat tamiziy quvvatga mansub bo'lib, insonni xato va yanglishishlardan asraydi. Qanoat, yani mo'tadillikka ta'rif berib, Ibn Sino uni tana uchun normadan ortiq ozuqani istemol qilishdan saqlanish yoki xulq normalariga to'g'ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik deb tushuntiradi. Sabr insondagi shunday quvvatdirki, u orqali inson boshiga tushgan yomonlikdan xoli bo'ladi. Yumshoqlik g'azabning yuz berishidan o'zini tutishdir. Kimki o'zini g'azabdan tuta olmasa, u oqibatda jinoyat sodir bo'ladigan fel-atvorga giriftor bo'ladi. G'azabdan o'zini tutishni Ibn Sino insonning olijanobligidir, deb juda to'g'ri takidlaydi. Vijdonlilik tez fahmlash, his orqali berilgan biror narsaning haqiqiy manosiga tez etishdir va turli xil yomon ishlardan o'zini tiyib turishdir. Rahmdillilik omadsizlikka uchragan yoki boshqa og'ir kulfat tushgan insonlarga hamdard bo'lish. Donishmandning axloq mavzusiga bag'ishlangan asarlaridan yana biri Siyosat al-badan (Badanni boshqarish)dir. Bunda Ibn Sino ichkilikning zarari haqida, uning qonun-qoidalariga ham to'xtalib, sharobni keragidan ortiqcha ichilsa, inson badanida zaharga aylanishini takidlaydi. Dasturxonda to'kin bo'lsa ham qanchalik, Ichaverma, hirs qo'yib to bo'kkanchalik. Ibn Sino o'zining Uyun al-hikma (Hikmat buloqlari) asarida ham ta'lim va axloqqa oid o'z fikr-mulohazalarini bildiradi. Unda aytilishicha, axloq fani odamning chinakam baxtli bo'lishi uchun unga doimo yo'l-yo'riq ko'rsatib beradigan fandir. Bu fan kishining xulqi, fel-atvori ustidan rahbarlik qiladi. Bu fan shunday odamlarni tayyorlab berishi kerakki, ular faqatgina o'zi uchun yashamasdan, balki boshqalar va jamoat hamda uning manfaati uchun yashashga intilishi kerak. Insonlar bir-biri bilan do'st-inoq bo'lib yashashi, ularda insonparvarlik ruhi rivojlanishi lozim. Insonlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 67.68 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:44 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 67.68 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga